|
Qattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalashBog'liq Mavzu modda almashinish asoslariQattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalash.
Qattiq fazaning suyuqlikka (erituvchiga)
eritish jarayoni deb ataladi.
Qattiq g’ovaksimon materiallar tarkibidan bir yoki bir necha
komponentlarni tanlab ta`sir qiluvchi erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash
deyiladi. Agar eritish jarayonida qattiq faza to’la suyuq fazaga ochsha, ekstraksiyalash paytida
esa qattiq faza amaliy jihatdan o’zgarmay qoladi, faqat uning tarkibidagi tegishli komponent
suyuq fazaga o’tadi. Ekstraksiya jarayoni qattiq materiallar tarkibidagi muhim yoki zaharli
komponentlarni ajratib olish uchun qo’llaniladi.
Kristallanish.
Suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani kristallar holatida ajratish
jarayoni kristallanish deb yuritiladi.
Bu jarayon eritmalarni o’ta tochyintirish yoki o’ta sovitish
natijasida sodir bo’ladi. Kristallanish paytida modda suyuq fazadan qattiq fazaga o’tadi.
Kristallanish jarayonidan odatda o’ta toza moddalar olish maqsadida foydalaniladi.
Membranali jarayonlar.
Aralashma komponentlarini yarim o’tkazuvchan tochsiqlar
(membranalar) yordamida tanlab ajratib olish yoki ularni quyuqlashtirish membranali
jarayonlar deb yuritiladi.
Bunday jarayonda modda (yoki moddalar) bir fazadan ikkinchi fazaga
ularni ajratib turgan membrana orqali o’tadi. Membranali jarayonlar gaz yoki suyuq
aralashmalarni ajratish, oqova suvlar va gazsimon chiqindilarni tozalash uchun qo’llaniladi.
Moddalarni o’tkazish murakkab jarayon bo’lib, bir yoki bir necha komponentni bir fazadan
ikkinchi fazaga fazalarni ajratuvchi yuza orqali ochtishini belgilaydi. Moddalarni bir faza ichida
tarqalishi moddalarning berilishi deb yuritiladi. Moddalarning berilish tezligi koeffitsient orqali
ifodalanadi. Moddalarni bir fazadan ikkinchi fazaga o’tkazish jarayonining tezligi esa
koeffitsient bilan belgilanadi.
|
| |