MAVZU: SUYUQLIKLARNI XAYDASH.DISTELYASIYA




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/53
Sana17.05.2024
Hajmi1,41 Mb.
#239805
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Bog'liq
Mavzu modda almashinish asoslari

 
MAVZU: SUYUQLIKLARNI XAYDASH.DISTELYASIYA. 
REJA: 
1.
Suyuqliklarni haydash jarayoni haqida umumiy tushunchalar 
2.
Oddiy haydash usullari 
3.
Fraksiyali haydash 
4.
Deflegmasiya bilan haydash 
5.
Suv bug`i bilan haydash 
Ikki yoki bir necha komponentlardan tashqil topgan bir jinsli suyuqlik aralashmalarini 
ajratishda haydash (distillyatsiya va rektifikatsiya) jarayoni keng ishlatiladi. 
Agar boshlang`ich aralashma uchuvchan va uchmaydigan komponentlardan iborat bo’lsa, 
bunda bug`latish orqali suyuqlikni tashqil etuvchi komponentlarga ajratish mumkin. Haydash 
yo’li bilan suyuqliklarni ajratish bir xil haroratda aralashma komponentlarining turlicha 
uchuvchanlikka ega bo’lishiga asoslangan. Shu sababli haydash paytida aralashma tarkibidagi 
komponentlar o’zlarining uchuvchanlik xususiyatiga proporsional ravishda bug` holatiga o’tadi. 
Haydash jarayonidan ajralib chiqqan bug` kondensatsiyaga uchraydi, hosil bo’lgan 
kondensat distillyat yoki rektifikat deb ataladi. Bug`lanmay qolgan va qiyin uchuvchan 
komponentdan tashqil topgan suyuqlik esa qoldiq deb yuritiladi.
Bug` fazasining yengil uchuvchan komponent bilan boyish darajasi asosan haydash usuliga 
bog`liq. Suyuqliklarni haydashning ikkita usuli bor: 
1) oddiy haydash (distillyatsiya); 
2) murakkab haydash (rektifikatsiya). 
Aralashma komponentlarining uchuvchanligi o’rtasidagi farq katta bo’lsa, oddiy haydash 
usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Oddiy haydash paytida suyuqlikning bir marta 


qisman bug`lanishi yo’z beradi. Odatda bu usul suyuq aralashmalami birlamchi ajratish hamda 
murakkab aralashmalarni qochshimchalardan tozalash uchun ishlatiladi. 
Suyuq aralashmani komponentlarga to’la ajratish uchun rektifikatsiya usulidan 
foydalaniladi.
Rektifikatsiya 
jarayoni 
aralashmani 
bug`latishda 
ajralgan 
bug` 
va 
bug`ning 
kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo’lgan suyuqlik o’rtasida ko’p marotabalik kontakt 
paytidagi modda almashinishga asoslangan. 
Suyuq aralashmalami rektifikatsiya yordamida ajratish kolonnali qurilmalarda olib 
boriladi, bunda bug` va suyuqlik fazalari o’rtasidagi o’zluksiz hamda ko’p marotabalik kontakt 
yo’z beradi. Natijada fazalar o’rtasida modda almashinish yo’z beradi. Suyuq fazadagi yengil 
uchuvchan komponent bug` tarkibiga, bug` fazasidagi qiyin uchuvchan komponent esa 
suyuqlikka o’tadi. Rektifikatsiya kolonnasining yuqorigi qismidan chiqayotgan bug asosan 
yengil uchuvchan komponentdan iborat bo’lib, u kondensatsiyaga uchragandan sochng ikki 
qismga ajraladi. Kondensatning birinchi qismi distillyat yoki rektifikat (yuqorigi mahsulot) deb 
ataladi. Kondensatning ikkinchi qismi esa kolonnaga qaytariladi va u flegma deb yuritiladi. 
Qurilmaga qaytarilgan suyuqlik (flegma) pastdan ko’tarilayotgan bug` bilan tochqnashadi. 
Kolonnaning pastki qismidan, asosan, qiyin uchuvchan komponentdan tashqil topgan qoldiq 
modda o’zluksiz ravishda chiqarib turiladi. 
Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologiyaning ko’pchilik sohalarida (organiq sintez, izotoplar, 
polimerlar, yarim o’tkazgichlar va shu kabi bir qator o’ta toza mahsulotlar ishlab chiqarishlarda) 
rektifikatsiya usuli keng qo’llanilmoqda.

Download 1,41 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU: SUYUQLIKLARNI XAYDASH.DISTELYASIYA

Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish