• Fraksiyali haydash.
  • Mavzu: modda almashinish asoslari




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/53
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #239805
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
    Bog'liq
    Mavzu modda almashinish asoslari

     Oddiy haydash usullari

    Suyuq aralashmalarni bir marta qisman bug`latish yo’li bilan 
    ajratish jarayoni oddiy haydash deb ataladi.
    Oddiy haydash aralashma komponentlarining 
    uchuvchanliklari o’rtasidagi farq ancha katta bo’lgandagina ishlatiladi. Odatda suyuq 


    aralashmalarni birlamchi ajratish hamda murakkab aralashmalarni keraksiz qochshimchalardan 
    tozalash uchun oddiy haydash usulidan foydalaniladi. 
    Oddiy haydash quyidagi usullarga bo’linadi: 
    1) fraksiyali haydash; 
    2) deflegmasiya bilan haydash; 
    3) suv bug`i bilan haydash. 
    Fraksiyali haydash.
    Suyuqliklarni fraksiyali haydash davriy yoki o’zluksiz usullarda olib 
    boriladi. Haydash kubidagi suyuqlik asta-sekin bug`latiladi. Hosil bo’lgan bug`lar kondensatorga 
    yuboriladi. Agar haydash jarayoni davriy ravishda olib borilsa, u holda vaqt ochtishi bilan qoldiq 
    suyuqlikdagi va distillyatning tarkibidagi engil uchuvchan komponentning miqdori kamaya 
    boradi. Shu sababli har xil tarkibli distillyatning fraksiyalari ajratib olinadi. 
    Turli tarkibga ega 
    bo’lgan mahsulotlarni olishga mo’ljallangan suyuqliklarni ajratish usuli fraksiyali haydash deb 
    ataladi.
    26.2-rasmda fraksiyali haydash uchun davriy ishlaydigan qurilmaning sxemasi 
    ko’rsatilgan. Dastlabki aralashmaning ma’lum miqdori haydash kubiga solinadi. Haydash 
    kubining ichiga zmeevik joylashtirilgan bo’lib, u orqali suv bug`i o’tadi. Suyuqlik qaynash 
    haroratigacha isitiladi. Hosil bo’lgan bug`lar kondensator-sovitkichga yuboriladi. Distillyat 
    fraksiyalari tegishli idishlarga tushadi. Haydash jarayoni tamom bo’lgandan sochng, qoldiq 
    suyuqlik haydash kubidan tushirib olinadi. Sochngra sikl takrorlanib, ajralishi lozim bo’lgan 
    suyuqlik haydash kubiga yana beriladi.Oddiy haydash atmosfera bosimi yoki vakuum ostida olib 
    borilishi mumkin. Vakuumni qo’llash natijasida issiqlikka chidamsiz aralashmalarni ajratish 
    imkoni tug`iladi. Vakuum qo’llanilganda eritmalarning qaynash harorati pasayadi, shu sababli 
    haydash kubini isitishda past haroratli suv bug`laridan foydalanish mumkin. 

    Download 1,41 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish