|
Rektifikatsiya jarayonining mohiyatiBog'liq Mavzu modda almashinish asoslariRektifikatsiya jarayonining mohiyati.
Bir jinsli suyuq aralashmalarni komponentlarga
to’la ajratish faqat rektifikatsiya usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Rektifikatsiya
jarayonining mohiyatini
t-x-y
diagramma orqali tushuntirish mumkin. Konsentratsiyasi
x
1
bo’lgan dastlabki aralashma qaynash harorati t
1
gacha isitilganda, suyuqlik bilan muvozanatda
bo’lgan bug`ning holati aniqlanadi
(b
nuqta). Bu bug` kondensatsiya qilinganida konsentratsiyasi
x
2
ga teng bo’lgan suyuqlik hosil bo’ladi
(x
2
> x
1
).
Demak, suyuqlik yengil uchuvchan
komponent bilan birmuncha tochyingan bo’ladi. Bu suyuqlik ham qaynash harorati t
2
gacha
isitilganda bug` hosil bo’ladi
{b
nuqta), bug` kondensatsiyalanganda
x
3
tarkibli suyuqlik olinadi
(x
3
> x
2
).
Shu yo’sinda birin-ketin bir necha marta suyuqlikni bug`latish va bug`ni
kondensatsiyalash jarayonlarini o’tkazish orqali tayyor mahsulot — distillyat olish mumkin.
Distillyat asosan yengil uchuvchan komponentdan tashqil topgan bo’ladi.
Diagrammadagi yuqorigi egri chiziq bug` fazasining tarkibini belgilaydi, pastki egri chiziq
esa qaynash haroratlarini ifodalaydi. Bu diagramma yordamida birin-ketin bir necha marta
kondensatsiyalash va bug`latish jarayonlarini o’tkazish orqali tarkibi asosan qiyin uchuvchan
komponentdan tashqil topgan qoldiq suyuqlik olish mumkin. Ko’p marta bug`latish jarayonini
ko’p pog’onali qurilmalarda olib borish mumkin.
27.1-rasm. Binar aralashmalarni rektifikatsiya usuli bilan ajratishning diagrammada
tasvirlanishi.
Biroq
bunday
qurilmalar
qator
kamchiliklarga
ega:
o’lchami katta, yuqori
konsentratsiyasili moddalar (distillyat yoki qoldiq) ning chiqishi kam, atrof-muhitga ko’p
miqdorda issiqlik yo’qoladi.
Suyuq aralashmalarni birmuncha ixcham bo’lgan rektifikatsiya kolonnalarida to’la holda
komponentlarga ajratish ancha tejamlidir. Rektifikatsiya jarayoni davriy va o’zluksiz ravishda,
bosimning turli qiymatlarida (atmosfera bosimi ostida, vakuumda, atmosfera bosimdan yuqori
bosimda) olib boriladi. Yuqori haroratlarda qaynaydigan moddalarning aralashmalarini
ajratishda vakuum ishlatish maqsadga muvofiqdir. Normal haroratlarda gaz holatida bo’lgan
aralashmalar ajratilganda atmosfera bosimidan yuqori bo’lgan bosim ostida ishlaydigan
qurilmalardan foydalaniladi.
|
| |