komponentlari o’zaro bir-birida erimasa (yoki juda oz miqdorda erisa), bu holat 1-chiziq orqali
ifodalanadi. Bunda aralashma bug`larining bosimi toza komponentlar bug` bosimlarining
yig`indisiga teng bo’ladi. Bu turdagi aralashmalarga benzol va suvning yoki uglerod sulfidi va
suvning aralashmalari misol bo’ladi.
Binar aralashma komponentlari
bir-birida qisman erisa, bunday aralashma bug`larining
bosimi 2-chiziq bo’yicha o’zgaradi. Bunday tizimlarga suv-izobutil spirti, suv-izoamil spirti
aralashmalari kiradi. Komponentlari o’zaro to’la va istalgan nisbatlarda
bir-birida eriydigan
aralashmalar bug`larining bosimi 3-chiziq bo’yicha o’zgaradi. Bunday aralashma bug`lari bosim
yig`indisining o’zgarishi maksimum orqali o’tadi, bu holat maksimal haroratdagi suyuq fazaning
tegishli tarkibi bilan belgilanadi. Bu turdagi aralashmaga etil spirti-suv aralashmasi misol
bo’ladi.
Komponentlar bir-birida to’la erisa, aralashma bug`larining umumiy bosimi minimumga
ega bo’ladi (5-chiziq). Bunday aralashmalar
qatoriga suv-chumoli kislotasi, aseton-xloroform
aralashmalari kiradi. Bir komponent ikkinchi komponentda to’la erisayu, biroq bosim maksimum
yoki minimumga ega bo’lmasa, bunday holat 4-chiziq orqali ifodalanadi. Bunday eritmalar ideal
tizimlar deb yuritiladi (masalan: ammiak-suv; metil spirti-etil spirti).
Shunday qilib,
P=f(x)
chiziqning ko’rinishi tizim komponentlari molekulalarining o’zaro
ta`siri turlicha bo’lishi bilan bog`liq ekan.
Ideal eritmalarning xossalari Paul qonuni bilan ifodalanadi. Bu qonunga ko’ra,
suyuqlik
ustidagi bug`lar tarkibidagi komponentlarning parsial bosimi toza komponent bug`i bosimining
komponentning suyuqlikdagi molyar ulushiga ko’paytirilganiga teng:
a
a
a
x
P
p
(26.1)
bu yerda
a
p —
komponentning
parsial bosimi;
a
P
, — berilgan haroratdagi toza komponent
bug`larining bosimi;
a
x
, — komponentning suyuqlikdagi molyar ulushi.
Aralashma bug`i bosimining o’zgarishi tochg`ri chiziqdan chetga chiqsa, bunday
eritmalarning hosil bo’lishi ma’lum miqdordagi issiqlik effekti orqali boradi. Bu hol
komponentlar molekulalari o’rtasida o’zaro ta`sir kuchi borligidan dalolat beradi.
Agar bir xil bo’lmagan molekulalar o’rtasidagi tortishish kuchi bir xil bo’lgan molekulalar
o’rtasidagi tortishish kuchidan kam bo’lsa, aralashma bug`lari bosimning chizig`i ideal eritmalar
chizig`ining yuqorigi tomonida joylashadi (1,2 va 3 chiziqlar). Agar bir xil bo’lmagan
molekulalarning tortishish kuchi bir xil bo’lgan molekulalarning tortishish kuchidan katta bo’lsa,
u holda bosimning egri chizig`i ideal eritmalar tochg`ri chizig`ining pastidan o’tadi (5-chiziq).
Bir xil bo’lmagan molekulalarning o’zaro tortishish kuchi juda kichik bo’lsa, bunda suyuq
faza ikki qatlamga bo’linadi. Har bir komponent suyuq fazadan bug` fazasiga o’z molekulalarini
yuboradi. Umumiy bosim berilgan haroratdagi toza komponentlar bosimlarining yig`indisiga
teng (1 va 2 chiziqlar).
Haydash jarayonini hisoblash uchun muvozanatda bo’lgan suyuq va bug` fazalarining
tarkibini bilish zarur. Suyuqlik va bug` fazalaridan iborat bo’lgan
ikki komponentli
aralashmalarning erkinlik darajasi sonini bilish uchun fazalar qoidasidan foydalaniladi:
S=K-F+2=2-2+2=2
(26.2)
bu yerda,
S —
erkinlik darajasi soni;
F—
fazalar soni
(F=
2);
K —
komponentlar soni
(K=2).
Shunday qilib, tizimning holatini belgilovchi uchta kattalik (harorat, bosim,
konsentratsiyasi)dan istalgan ikkitasini tanlash mumkin. Agar misol tariqasida bosim va harorat
tanlansa, u holda tizimning tarkibi (ya’ni suyuqlik va bug` fazalaridagi komponentlarning
konsentratsiyasi) ma’lum bir qiymatga ega bo’ladi.