|
Mavzu: modda almashinish asoslariBog'liq Mavzu modda almashinish asoslari25.11-rasm, 25.12-rasm.
Suyuqlikni sochib, Venturi absorberi beruvchi absorberlar.
bu yerda: 1 — konfo’zor; 2 — diffo’zorning bochg`zi; 3 — diffo’zor; 4 — ajratish kamerasi.
Quvur orqali berilayotgan suyuqlik diffo’zorning ustki qismidan plyonka holida oqib,
diffo’zorda kolonnaning yuqorigi qismidan kirayotgan gaz oqimiga yoyilib ketadi. Diffo’zorda
gazning tezligi kamayib, gaz oqimining kinetik energiyasi bosim energiyasiga aylanadi. Gaz
oqimiga aralashgan suyuqlik tomchilari esa kolonnaning ajratkich qismida ajratib olinadi.
Absorbsiya qurilmalarining sxemalari
. Absorbsiya qurilmalari ishlash rejimiga ko’ra
davriy
va
o’zluksiz
bo’ladi. Kichik hajmli ishlab chiqarishlarda faqat davriy ishlaydigan
absorbsiya qurilmalari ishlatiladi. Zamonaviy sanoat korxonalarida ko’pincha o’zluksiz
ishlaydigan qurilmalardan foydalaniladi. Gaz va suyuq fazalarning yo’nalishiga ko’ra, qarama-
qarshi va tochg`ri yo’nalishli absorbsion qurilmalar mavjud. Absorbsiya qurilmalari ish
prinsipiga asosan bir va ko’p pog’onali, resirkulyatsiyali va regenerasiyali bo’ladi.
25.13-rasmda uchta absorber ketma-ket ulangan qarama-qarshi yo’nalishli qurilmaning
sxemasi ko’rsatilgan. Qurilma tarkibiga absorberlar 2 dan tashqari eritma yig`gichlar 1, eritmani
haydash uchun markazdan qochma nasoslar 4 va eritmani sovitish uchun issiqlik almashgichlar 3
kiradi. Yutuvchi suyuqlik gazning yo’nalishi bo’yicha oxirgi absorberga beriladi, yuqoridan
pastga oqib, qabul qiluvchi yig`gichga tushadi va nasos yordamida sovitgich orqali oldingi
absorberga yuboriladi. Shunday qilib, qarama-qarshi yo’nalishdagi gaz va suyuqlikning o’zaro
ta`siri yo’z beradi. Suyuqlikning to’la darajadagi tochyinishini amalga oshirish uchun hamda
eritmadan yutilgan komponentni toza holda ajratib olish maqsadida, resirkulyatsiyali absorbsiya-
desorbsiya qurilmasi ishlatiladi (25.14-rasm).
|
| |