• 25.9-rasm. Qalpoqchali tarelkaning ishlash prinsipi: 1 — tarelka; 2 — gaz patrubkasi; 3 — qalpoqchalar; 4 — quyilish quvurlari.
  • -rasm. Elaksimon tarelkali absorber




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/53
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #239805
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53
    Bog'liq
    Mavzu modda almashinish asoslari

    25.8-rasm. Elaksimon tarelkali absorber: 
    a — kolonnaning tuzilishi; b — tarelkaning ishlash prinsipi; 
    1 — qobiq; 2 — tarelka; 3 — quyilish quvuri; 4 — stakan. 
    Suyuq qatlamlardagi harakat davomida ba`zi mayda oqimchalarning bir qismi bo’linib 
    ketadi, gaz esa suyuqlikda pufakchalar holida taqsimlanadi. Qalpoqchali tarelkalardagi gaz 
    ko’piklari va pufakchalarning hosil bo’lish samaradorligi gaz harakatining tezligiga va 
    qalpoqchalarning suyuqlikka tushirilgan balandligining o’lchamiga bog`liq. 
    25.9-rasm. Qalpoqchali tarelkaning ishlash prinsipi: 1 — tarelka; 
    2 — gaz patrubkasi; 3 — qalpoqchalar; 4 — quyilish quvurlari. 
    Qalpoqchali tarelkalar gaz va suyuqlikning sarfi katta bo’lganda ham barqaror ishlaydi. 
    Kamchiliklari: tuzilishi murakkab, gidravlik qarshiligi katta, tozalash qiyin, narxi qimmat, 
    berilayotgan gaz miqdori kam bo’lganda yomon ishlaydi. 
    Plastinali tarelkalarda boshqa konstruksiyali tarelkalarga nisbatan suyuqlik dispers, ya’ni 
    tarqaluvchi fazada bo’lib, gaz esa yaxlit holda bo’ladi. Gaz Plastinali tarelkalarda fazalar bir 
    tomonlama yo’nalishda harakat qiladi Har bir pog’ona tochg`ri yo’nalishda ishlagani uchun gaz 
    va suyuqlikning sarfini birdan oshirish mumkin. Plastinali tarelkali kolonnada suyuqlik yuqorigi 
    tarelkadan gidravlik zatvorga tushib, quyish tochsiqlari orqali qiya shaklda joylashgan qator 
    plastinalardan tashqil topgan tarelkaga tushadi. Tarelkaga tushgan suyuqlik qiya plastinalardan 
    tashqil topgan plastinalarning birinchi teshigiga kirishi zahoti teshikdan katta tezlikda kelayotgan 
    gaz bilan tochqnashadi (uzun chiziq). 
    Plastinalarning qiyalik burchagi kichik bo’lgani (10-15°) uchun kirayotgan gaz tarelka 
    tekisligiga nisbatan bir oz parellel bo’ladi. Natijada suyuqlik siqiladi va gaz oqimida suyuqlik 
    mayda tomchilarga yoyilib, tarelka bo’yicha keyingi teshiklarga otiladi va suyuqlik bilan 
    gazning tochqnashishi yana takrorlanadi. Bunda suyuqlik katta tezlikda tarelka bo’ylab quyish 
    tochsiqlaridan chuqurchasiga bilan suyuqlik tomchi va ko’piklar sirtida tochqnashadi. 
    Tarelkadagi gaz-suyuqlik (dispers) fazalardagi gidrodinamik rejim tomchi va ko’pik holida 
    bo’ladi. Plastinali tarelkalarning gidravlik qarshiligi kam, uni tayyorlash uchun kam metall 
    sarflanadi, loyqalangan suyuqliklarda ham yaxshi ishlashi mumkin. Bu tarelkalarda kolonna 
    balandligi bo’ylab gaz bilan suyuqlikning aralashishi natijasida modda almashinishining 
    harakatlantiruvchi kuchi ko’p bo’ladi. Plastinali tarelkalarning kamchiliklari: tarelkaga issiqlik 
    berish va hosil bo’lgan issiqlikni olib ketish qiyin, suyuqlikning sarfi kam bo’lgani sababli, uning 
    ish samaradorligi kam. Shuning uchun hozirgi vaqtda sanoatning ko’p tarmoqlarida suyuqlik 
    bilan gazning yo’nalishi bir xil bo’lgan maxsus konstruksiyali tarelkalar kengroq qo’llanilmoqda. 


    Sanoatda nasadkali kolonnalarning eng ko’p ishlatilishidan qatchiy nazar, mutaxassis olimlar 
    tarelkali kontakt qurilmalarning samaradorligini oshirish borasida doimo izlanishlar olib 
    borishmoqda. Jumladan, “Glitch” firmasi tomonidan yuqori samarali Nay tarelkalari taklif etildi. 
    Bu tarelkalar tuzilishi va ishlash prinsipiga ko’ra g`alvirsimon yoki klapanli tarelkalarga 
    ochxshab ketadi. Nay tarelkasining sxemasi 25.10-rasmda ko’rsatilgan. Ushbu tarelkalar su-
    yuqlik va bug` fazalarining kontaktini yaxshilash maqsadida perfbrasiya qilingan plastinalar 
    bilan tachminlangan. Suyuqlikning har bir yuqorigi tarelkadan pastki tarelkaga oqib tushishi 
    uchun quyilish chochntaklari ko’zda tutilgan. Bulardan tashqari, quyilish chochntaklari zonasida 
    qochshimcha teshikchalar qilingan bo’lib, natijada bug`-suyuqlikning kontakt yuzasi 
    ko’paytirilgan. 

    Download 1,41 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   53




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish