1 - bug` g`ilofli haydash kubi; 2 - kondensator-sovitkich; 3 - separator. Bu usuldan 100
0
C dan yuqori haroratlarda qaynaydigan moddalarning aralashmalarini
ajratish yoki ularni tozalash uchun foydalanish mumkin. Suv bug`i bilan ishlaydigan haydash
qurilmasining sxemasi 26.4-rasmda ko’rsatilgan. Bu qurilmaning haydash kubi qobig`iga
susaytirilgan bug` beriladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga quyiladi, sochngra barbotyor
orqali suv bug`i yuboriladi. Aralashmaning bug`lanishidan hosil bo’lgan bug`lar kondensator-
sovitkichga beriladi. Hosil bo’lgan kondensat ko’rsatgich fonar orqali separatorga tushadi.
Separatorning pastki qismidan gidravlik zatvor orqali suv chiqarib yuboriladi, yuqorigi qismidan
esa suvda erimaydigan yengil komponent chiqariladi va maxsus idishga tushadi. Suv bug`i bilan
haydash nomuvozanat holatda olib boriladi. Bu jarayonda kuchli suv bug`i ikki xil (issiqlik
tashuvchi va qaynash haroratini pasaytiruvchi agent) vazifani bajaradi. Jarayonni davriy yoki
o’zluksiz usul bilan olib borish mumkin.
Ayrim sharoitlarda suv bug`i o’rniga inert gazlar (masalan, azot, uglerod ikki oksid va
boshqalar)dan foydalaniladi. Inert gazlar qo’llanilganda aralashmaning qaynash haroratini ancha
pasaytirish mumkin. Biroq haydash kubidan uchib chiqayotgan bug` tarkibida inert gazlarning
bo’lishi kondensator-sovitkichda issiqlik berish koeffitsientining keskin pasayib ketishiga olib
keladi. Natijada issiqlik almashinish yuzasi kattalashib ketadi. Bundan tashqari, bug`-gaz
aralashmasining kondensatsiyalanishi tuman hosil bo’lishiga olib keladi. Bunday holda esa
aralashmaning ajralishi qiyinlashadi va tayyor mahsulotning bir qismi inert gaz bilan uchib
ketadi.
MAVZU:REKTIFIKATSIYA JARAYONI REJA: 1. Rektifikatsiya jarayonining mohiyati.
2. Rektifikatsiya jarayonining moddiy balansi.
3. Kolonna yuqorigi qismining moddiy balansi.