|
-rasm. Oddiy haydash qurilmasining sxemasiBog'liq Mavzu modda almashinish asoslari26.2-rasm. Oddiy haydash qurilmasining sxemasi;
1 - haydash kubi; 2 - kondensator-sovitkich; 3 - ko’zatish fonari;
4, 5, 6 - distillyat yig`iladigan idishlar.
Deflegmatsiya bilan haydash.
Suyuqlik aralashmasining ajratish darajasini oshirish uchun
distillyatning tarkibi deflegmasiya yordamida boyitiladi (26.3-rasm). Haydash kubidan
chiqayotgan bug`lar deflegmatorga o’tadi, u erda bug`lar qisman kondensatsiyalanadi.
Deflegmatorda asosan bug`ning tarkibidagi qiyin uchuvchan komponent kondensatsiyalanadi va
hosil bo’lgan suyuqlik (flegma) haydash kubiga qaytib tushadi. engil uchuvchan komponent
bilan tochyingan bug`lar kondensator-sovitkichga o’tadi va u erda to’la kondensatsiyalanadi.
Haydash jarayonining tugashi kubda qolgan suyuqlikning qaynash harorati bo’yicha tekshiriladi.
Odatda qoldiq suyuqlik ma’lum tarkibga ega bo’lishi kerak. Tarkibida asosan qiyin uchuvchan
komponent ushlagan qoldiq suyuqlik haydash kubining pastki qismida joylashgan shtutser orqali
tegishli idishga tushiriladi.
Suv bug`i bilan haydash.
Aralashmaning qaynash haroratini pasaytirishga vakuum
ishlatishdan tashqari uning tarkibiga qochshimcha komponentlar (suv bug`i yoki inert gaz)
kiritish yo’li bilan ham erishish mumkin. Agar aralashmaning komponentlari suvda erimasa, u
holda haydash kubiga qoch shimcha komponent sifatida suv bug`i kiritiladi.
26.3-rasm. Deflegmatsiyali oddiy haydash qurilmasining sxemasi:
1 - haydash kubi; 2 - deflegmator; 3 - kondensator-sovitkich;
4 - yig`gichlar.
26.4-rasm. Suv bug`i bilan haydash qurilmasining sxemasi:
|
| |