• Tarelkali absorberlar.
  • -rasm. Nasadkalarning turlari




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/53
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #239805
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
    Bog'liq
    Mavzu modda almashinish asoslari

    25.6-rasm. Nasadkalarning turlari: 
    a — Rashig halqali nasadka; 1 — alohida olingan halqa; 2 — tochkib qochyilgan halqalar; 3 
    — terib qochyilgan halqalar; b — fasonli nasadka; 1 — Pal halqalari; 2 — halqa; 3 — 
    kressimon tochsiqli halqalar; 4 — keramik bloklar; 5 — simdan o’ralgan nasadkalar; 6 — 
    ichki spiralli halqalar; 7 — propellerli nasadka; 8 — yogO`chdan tayyorlangan xordali 
    nasadka. 
    Bunday qurilmalardan modda o’tkazishdagi diffo’zion qarshilikning qiymati suyuq yoki 
    gaz fazada katta bo’lgan paytda ham foydalanish mumkin. 
    Bunday qurilmalar kamchiliklardan ham xoli emas. Nasadkali kolonnalarda gazlarning 
    yutilishida ajralib chiqadigan issiqlikni yo’qotish qiyin, bundan tashqari suyuqliklarning 
    sochilish miqdori kam bo’lganda nasadkalar yomon ho’llanadi. Bu qurilmalarda hosil bo’ladigan 
    issiqlikni kamaytirish, nasadkalarni yaxshi ho’llash uchun absorbentlarni nasos orqali 
    resirkulyatsiya qilish (ya’ni absorbertning ma’lum qismini qaytadan kolonnaga berish) usuli 
    qo’llaniladi. Bu vaqtda absorbsiya qurilmasining tuzilishi murakkablashadi va resirkulyatsiya 
    uchun quvur ishlatilishi natijasida uning qiymati ortib ketadi. Nasadkali kolonnalarda ifloslangan 
    yoki loyqalangan suyuqliklarni ishlatib bo’lmaydi. 
    Tarelkali absorberlar.
    Bunday absorberlar vertikal kolonnadan iborat bo’lib, ichki 
    qismiga uning balandligi bo’ylab bir xil oraliqda bir nechta gorizontal tochsiqlar, ya’ni tarelkalar 
    o’rnatiladi. Tarelkalar orqali gaz va suyuqlik bir-biri bilan o’zaro tochqnashib, ularning harakati 
    boshqariladi. Gazlarning suyuqlikdan ochtishi va natijada tomchi hamda ko’piklarning hosil 
    bo’lishi barbotaj deyiladi. 
    Sanoatda konstruktiv tuzilishi turlicha bo’lgan tarelkalar ishlatiladi. Suyuqlikning bir 
    tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyilishiga qarab tarelkali absorberlar: quyilish qurilmali va 
    quyilish qurilmasiz bo’ladi. 
    Quyilish qurilmali tarelkali kolonnalarda suyuqlik bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga 
    quyiluvchi quvur yoki maxsus qurilma orqali o’tadi. Bunda quvurning pastki qismi tarelkadagi 
    stakanga tushirilgan bo’lib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi, ya’ni bir tarelkadan ikkinchi 
    tarelkaga faqat suyuqlikni o’tkazib, gazni o’tkazmaydi. 25.7-rasmda quyilish qurilmasi bor 
    tarelkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan. Bunda suyuqlik kolonnaning yuqorigi qismidagi 
    tarelkaga berilib, bu suyuqlik ushbu tarelkadan boshqa tarelkalarga maxsus qurilma orqali o’tadi 
    va kolonnaning pastki qismidan chiqib ketadi. Gaz esa kolonnaning pastki qismidagi tarelkaning 


    teshikchalaridan pufakchalar holida taqsimlanib, tarelkalardagi suyuqlik qatlamida ko’pik hosil 
    qilib yuqoriga harakat qiladi. Tarelkada hosil bo’lgan gaz ko’piklari modda va issiqlik 
    almashinish jarayonining asosiy zonasini tashqil qiladi. Tozalangan gaz esa kolonnaning 
    yuqorigi qismidan chiqadi. Quyilish quvurlari shunday joylashtirilganki, bunda qochshni 
    tarelkadagi suyuqlik qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi. 
     
     

    Download 1,41 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish