• 27.9-rasm. Davriy ishlaydigan rektifikatsiya qurilma sining sxemasi: 1-haydash kubi; 2- rektifikatsiya kolonnasi; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5—sovitkich; 6, 7-yig`gichlar.
  • MAVZU:REKTIFIKATSION QURILMALARI




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/53
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #239805
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
    Bog'liq
    Mavzu modda almashinish asoslari

     
    MAVZU:REKTIFIKATSION QURILMALARI. 
     
    Davriy ishlaydigan rektifikatsiya qurilmalari.
    Kichik ishlab chiqarishlarda davriy 
    ishlaydigan rektifikatsiya qurilmalari qo’llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi 
    (27.9-rasm). Kub ichiga isituvchi zmeevik joylashtirilgan bo’lib, aralashma qaynash 
    haroratigacha isitiladi. Hosil bo’lgan bug`lar rektifikatsiya kolonnasining oxirgi tarelkasining 
    pastki qismiga o’tadi. Bug` kolonna bo’ylab ko’tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan 
    tochyinib boradi. 
    Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi.
    Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqorigi tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat 
    qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida o’z tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug` 
    fazasiga beradi. Bug` va suyuq fazalarning bir necha bor o’zaro kontakti natijasida bug` fazasi 
    yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan tochyinib borsa, suyuqlik esa 
    pastga tomon harakat qilgan sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib 
    boradi. Kolonnaning yuqorigi qismidan bug`lar deflegmatorga o’tadi va u erda to’la yoki qisman 
    kondensatsiyaga uchraydi. Bug`lar to’la kondensatsiyalanganda hosil bo’lgan suyuqlik ajratkich 
    yordamida ikki qism (distillyat va flegma) ga ajratiladi. 


    27.9-rasm. Davriy ishlaydigan rektifikatsiya qurilma sining sxemasi: 1-haydash kubi; 2-
    rektifikatsiya kolonnasi; 3-deflegmator; 4-ajratgich; 5—sovitkich; 6, 7-yig`gichlar. 
    Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitkichda sovitilgandan sochng yig`ish idishiga yuboriladi. 
    Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibga erishgandagina jarayon tochxtatiladi, qoldiq 
    tushiriladi va sikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqning tegishli tarkibga ega bo’lishini uning qaynash 
    haroratiga qarab aniqlanadi. 

    Download 1,41 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish