Elektr texnologik qurilmalar

Download 367,23 Kb.
bet1/2
Sana16.01.2024
Hajmi367,23 Kb.
#138699
  1   2
Bog'liq
EPQ

Elektr texnologik qurilmalar

Ma’ruzachi: Qurbonazarov S.E.

Elektr payvandlash qurilmalari

Reja:

  • Payvandlash va uning turlari
  • Payvandlash birikmalari va choklari turlari

Materiallarni o‘zaro atomar yoki molekulyar bog’lanishi hisobiga ajralmaydigan qilib biriktirilishiga payvandlash deyiladi. Amalda bu maqsad uchun payvandlanuvchi metallarni payvandlash joylari eritilib, kichik vanna hosil etiladi va uni havoda sovishida kristallanib chok olinadi yoki payvandlash joylari yuqori plastik holga kelguncha qizdirilib, bosim ostida o’zaro yaqinlashtiriladi. Bunda yuzalaridagi oksid pardalar parchalanib, iflosliklar ajralib, yuza g’adir – budurliklari ezilib, atomlararo tortishish kuchlari hisobiga bog’lanib chok olinadi. Bu usullarda har xil qalinlikdagi metallar va ularning qotishmalarini, nometall materiallar yerda, suv ostida va koinotda payvandlanadi. CHunki bu usul ajralmaydigan birikmalar olishdagi boshqa usullar (kavsharlash, mixni porchinlab biriktirish)ga qaraganda puxta birikmalar olinishi, tejamliligi, ish unumining yuqoriligi va boshqa afzalliklariga ko’ra texnikaning barcha sohalarida keng qo‘llaniladi

Metallarni payvandlash usuli odamlarga juda qadimdan ma’lum bo’lib o’sha zamonlarda metallarni yer o’choqlarda qizdirilib, ularni birikish joylarini birini ustiga ikkinchisini qo’yib zarblab payvandlaganlar. Lekin bu usulning nazariy asoslari faqat XIX asr oxiri XX asr boshlaridagina yaratila boshlandi. Bu borada V. V. Petrovning xizmatlari g’oyat katta, u 1802 yilda elektr yoyining xususiyatini o’rganib, yoy issiqligida metallarni payvandlash mumkinligini aytdi. 1882 yilda N.N.Benardos elektr yoy yordamida ko’mir elektrod bilan metallarni payyandlashni (1–rasm,a), 1888 yilda esa N.G.Slavyanov elektr yoy yordamida metall elektrod bilan metallarni payvandlash usulini, metall vannani havo tarkibidagi chok sifatiga zararli N2, H2, gazlarni ta’siridan himoya qilish uchun flyus sifatida maydalangan shishadan foydalanishni, shuningdek, metallarni payvandlash vaqtida payvandlash joyi tomon elektrodni sarflanishiga ko’ra bir tekisda uzatib turuvchi mexanizmni ham ixtiro etdi (1–rasm,b)
1-rasm. Metallarni elektr yordamida payvandlash usullari sxemasi:
a - N.N.Bernardos usuli: 1 − ko’mir elektrod; 2 − chok bob sim;
b - N.G.Slavyanov usuli: 1 − metall elektrod.

Download 367,23 Kb.
  1   2

Download 367,23 Kb.