|
ELEKTR YOYLI PAYVANDLASH QURILMALARI
|
bet | 2/2 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 367,23 Kb. | | #138699 |
Bog'liq EPQELEKTR YOYLI PAYVANDLASH QURILMALARI
O‘zgaruvchan tokda payvandlash yoyning– bu bir va uch fazali payvandlash transformatorlari, hamda bir va ko‘p postli payvandlash qurilmalari qo’llaniladi. Tashqi VAT va tok rostlash usuli bo‘yicha TM ikki xil bo‘ladi: Me’yorli magnit sochmali (rasseyanie) STN turli transformatorlar (transformator va drossel) va rivojlangan magnit sochmali transformatorlar (siljiydigan g‘altakli TD, TSK, TS, STR turli, magnitli shunt bilan TDF turli, o‘ramli pog‘anali rostlagich bilan). Talab qilingan payvandlash sifatini ta’minlagan holda, o‘zgaruvchan tokda ishlovchi payvandlash qurilmalari texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qator afzalliklarga ega.
Buning asosiy sabablari quyidagilar:
- Payvandlash tok manbasining narxi arzon.
- Qurilma soddaligi va yuqori darajadagi ishonchlilikka egaligi tufayli, unga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun zarur foydalanish sarflari kam bo‘ladi.
- Har bitta payvand qilinadigan mahsulotga ketadigan elektr energiyasi sarfi kam bo‘ladi.
Bu turdagi payvandlash qurilmalari manbasi bo‘lib payvandlash transformatorlari xizmat qiladi. Ular botiq tavsifga ega bo‘lishi kerak. Bu tavsifga ega bo‘lish uchun quyidagilar bilan ta’minlanishi kerak :
- Transformator me’yorli magnit yoyiluvchanlik va qo‘shimcha reaktiv g‘altak bilan tayyorlanishi kerak. Qo‘shimcha g‘altak alohida element sifatida yoki transformator magnit o‘tkazgichi ichida joylashtirilishi mumkin.
- Transformatorni kuchaygan magnit yoyiluvchanlik bilan tayyorlash.
Yuqori magnitli sochmali transformatorlar boshqalaridan asosiy farqlanishi, bularning umumiy magnit o‘tkazgichida uchta chulg‘am joylashgan: ya’ni birlamchi I va transformatorning ikkilamchi II va rostlovchi chulg‘am IIk, bu ikkilamchi chulg‘am bilan ketma-ket ulangan. Payvandlash tokini rostlash magnit o‘tkazgich va yakor S, havo oralig‘i ⸹ ni o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Bunday tizimli transformatorlar afzalligiga ularning to‘plamligi, mis va transformator po‘latining kam sarflanishi; katta miqdordagi toklarni rostlayotganda salt kuchlanish miqdori kam oshishi, bu esa yoyning ishonchli yonishini oshiradi. SHunday qilib yuklama toki oshishi bilan yoy oralig‘idagi kuchlanish birdan kamayadi va bu hol payvandlash apparati uchun zarur hisoblanadi. O‘zgarmas tok TMlar ikki guruhga bo‘linadi: payvandlash o‘zgartgichlar (PSO-300, PSO-500, ASDP-500G-3M, ASUM-400 turlar) va payvandlash to‘grilagichlar (VSS-300, VKS, BD, AP va boshqa turlar). Toklar shkalasi: 40, 50, 63, 80, 100, 125, 160, 200, 250, 315, 400, 500, 630, 800, 1000, 1250, 1600, 2000, 2500, 3150, 4000, 5000 A.
O‘zgarmas tok agregatlari (generatorlari) ko‘p postli va bir postlilarga bo‘linadi. 6-rasmda ko‘p postli har yoqlama payvandlash generatorining prinsipial sxemasi keltirilgan.
6 -rasm. Ko‘p postli ballast reostatli o‘zgartgich sxemasi. 1,3- qo‘zg‘atish chulg‘amlari; 2- reostat; 4- ballast qarshilik
7-rasm. Har yoqlama payvandlash generatorining prinsipial sxemasi: ShCh -shuntli chulg‘am; KCh -kompoundli chulg‘am; QQCh -qo‘shimcha qutblar chulg‘ami; KR -kuchlanishni rostlagich; BR - ballastli reostat.
|
| |