3) havo oqimining tezligi nisbatan kichik (0,2—0,4 m/s), agar havo tezligi katta bo’lsa,
mayda zarrchalarning chochkishi qiyinlashadi va ularning havo oqimi bilan ketib qolishi
ko’payadi.
Pnevmatik quritkichlar.
Donador (lekin qovushib qolmaydigan) va kristall
materiallarni
quritish uchun pnevmatik quritkichlar ishlatiladi. Quritish jarayoni uzunligi 25 m gacha bo’lgan
vertikal quvurda olib boriladi. Materialning zarrachalari isitilgan havo (yoki tutunli gaz) oqimi
bilan birga harakat qiladi. Bunda havo oqimining tezligi qattiq zarrachaning
harakat tezligidan
katta bo’ladi (10—30 m/s). Bunday quritkichlarda jarayon juda qisqa vaqt (1— 3 s) davom etadi,
shu sababli material tarkibidagi erkin namlikning bir qismigina ajralib chiqadi. Pnevmatik
quritkichda (31.7-rasm) material bunkerdan tachminlagich orqali
vertikal quvur-quritkichga
tushadi. Havo oqimi ventilyator yordamida kalorifer orqali vertikal quvurga yuboriladi. Quvurda
havo oqimi material zarrachalarini o’zi bilan birga olib ketadi. Havo qurigan material bilan birga
yig`uvchi amortizatorga kiradi, keyin siklonga o’tadi. Siklonda qurigan material havo oqimidan
ajraladi, sochngra tochkish moslamasi yordamida tashqariga chiqariladi. Ishlatilgan
havo filtrda
tozalangandan sochng atmosferaga chiqariladi. Shunday qilib, quritish jarayoni pnevmotransport
rejimida olib boriladi.