• NAZARIY QISM
  • 2-Tajriba ishi. Yig‘indi quyosh radiatsiyasini piranometr yordamida o‘lchash. Ishning maqsadi




    Download 393.93 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana21.10.2023
    Hajmi393.93 Kb.
    #89318
      1   2
    Bog'liq
    2-Labor
    10-amaliy Komkyuterli loyixalash, mustaqil ta'lim, Toʻlov cheki Oʻtkir aka, C-dasturlash-tilida-fayllar-bilan-ishlash, Маркетинг коммуникацияси(2019-2020), Сирдарёбозорсавдо, flayer neft 2023-2024 oquv yili97, 940114-диплом 655.pdf122454, 2. Пул бозори, kjkjkkl, 9-mavzu VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta osiyod-fayllar.org, KTE.M I 2 MADINABONU, UMIDA OT


    2-Tajriba ishi.
    Yig‘indi quyosh radiatsiyasini piranometr yordamida o‘lchash. 
     
    Ishning maqsadi: piranometrning qo’llanish maqsadi va tuzilishi, uning 
    ishlash prinsipi bilan tanishish, quyosh nurlanishining intensivligini tajriba 
    yordamida o’lchashni va olingan ma'lumotlarni qayta ishlash usullarini o'rganish. 
    Kutilayotgan natija: a) Tajriba yo’li bilan piranometr ko’rsatkichlarini olish 
    o’rganiladi; b) tajribada olingan piranometr ko'rsatkichlarini (W*m²) qayta ishlash 
    o’rganiladi. 
    Kerakli jihozlar: piranometr qurilmasi, zamonaviy kompyuter 
    Talab etiladigan hisobotning tuzilishi: 
    1. Piranometrning maqsadi va dizayni. 
    2. Qurilmaning sxematik diagrammasi. 
    3. Qurilma va jihozlarning ishlash prinsipi tavsifi. 
    4. Tajriba natijalari bo’yicha jadval. 
    5. Xulosa 
    NAZARIY QISM 
    Quyoshning sochilma diskidan Yer sirtigacha etib kelgan quyosh nuri 
    energiyasi to'g'ri quyosh radiatsiyasi deb ataladi. Yer bilan quyosh orasidagi masofa 
    juda katta bo'lganligi sababli to'g'ri quyosh radiatsiyasini parallel nurlar dastasi kabi 
    qarash mumkin. Quyosh radiatsiyasi atmosfera va bulutlarda sochilgandan keyin 
    havo molekulalaridan, bulut va chang zarrachalaridan qaytib erdagi gorizontal sirtga 
    tushadigan qismi sochilgan quyosh radiatsiyasi deyiladi. Gorizontal sirtga bir vaqtda 
    tushuvchi to'g'ri quyosh radiatsiyasi va sochilgan quyosh radiatsiyasi birgalikda 
    yig'indi quyosh radiatsiyasini hosil qiladi. 
    Yer sirtidagi biror yuzga to'g'ri keladigan quyoshning nuriy energiyasining oz 
    yoki ko'pligini belgilashda quyosh radiatsiyasining intensivligi tushunchasidan 
    foydalaniladi. Quyosh nuriga tik joylashgan 1 sm
    2
    sirtga 1 min da tushuvchi 
    quyoshning nuriy energiyasi to'g'ri quyosh radiatsiyasining intensivligi deb ataladi. 
    Yer sathidan hisoblaganda balandlik ortgan sari to'g'ri quyosh radiatsiyasining 
    intensivligi ham orta boradi, chunki balandlik oshgan sari quyosh nurlarining quyosh 
    nurlarining atmosferadan o'tadigan yo'li qisqarib, atmosferaning quyosh 
    radiatsiyasini yutishdagi va sochishdagi roli kamaya boradi.
    Atmosferadan tashqaridagi istalgan nuqtada quyosh radiatsiyasining 
    intensivligi bir xil bo'ladi. Shuning uchun atmosferadan tashqarida quyosh 
    radiatsiyasining intensivligini quyosh doimiysi deb yuritiladi. Quyosh doimiysining 
    kataligi Quyosh nurlanish qobiliyatiga bog'liq. Xalqaro kelishuvga muvofiq quyosh 
    doimiysi kattaligi qilib 
    𝑆
    0
    = 1,98 
    𝑘𝑎𝑙
    𝑠𝑚2𝑚𝑖𝑛
    = 1386 𝑉𝑡/𝑚
    2
    qabul qilingan. Keyingi 
    yillarda o'tkazilgan tekshirishlar quyosh doimiysining yuqorida ko'rsatilgan 
    qiymatining kattaligi yetarlicha aniq emasligini ko'rsatmoqda. Tekshirishlar shuni 
    ko'rsatadiki, to'g'ri quyosh radiatsiyasining intensivligi joyning dengiz sathidan 
    balandligiga, atmosferaning tiniqligiga, bulutdorligiga, quyoshning gorizontdan 
    balandligiga bog'liq bo'ladi. 



    Download 393.93 Kb.
      1   2




    Download 393.93 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Tajriba ishi. Yig‘indi quyosh radiatsiyasini piranometr yordamida o‘lchash. Ishning maqsadi

    Download 393.93 Kb.
    Pdf ko'rish