• Uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari va shakllari
  • Reja: Uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari va shakllari




    Download 86,08 Kb.
    bet1/8
    Sana14.12.2023
    Hajmi86,08 Kb.
    #118901
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    uy xo\'jaligi


    Uy xo‘jaliklari daromadlarini oshirish yo‘llari
    REJA:

    1. Uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari va shakllari

    2. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida

    3. Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishida mutaassiblikning roli

    4. Uy xo`jaligining xillari




    1. Uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari va shakllari

    Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari summalari ularning daromadlari deyiladi. Bunday daromadlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turli manbalardan tashkil topadi.
    Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jami daro-madlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
    • uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari;


    • uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.


    Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o’z-o’zini ta’minlashga mo’ljallangan uy xo’jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo’ladi. Ularning tarki-biga quyidagilar kirishi mumkin:


    • tomorqadan olingan mahsulotlar;


    • uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo’jaligi korxonalaridan olingan natural to’lovlar.


    Rasmiy (shakliy) belgisiga ko’ra (mablag’lar tushumining natural shakli bo’yicha) uy xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi sotsial transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural ko’rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai-nazardan, bu mablag’lar uy xo‘jalik-larining o’z-o’zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi natural daromadlar bo’la olmaydi va ular pul mablag’-larining defitsitligi sharoitida kompensatsion instru-mentlar sifatida xizmat qiladi.


    Umuman olganda, uy xo‘jaliklarining jami daromad-larida natural daromadlarning salmog’i uncha katta bo’lmagan qismni tashkil etadi. Shunday bo’lishiga qaramas-dan, uning salmog’i alohida olingan uy xo‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzal- liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda
    o’zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan qayd etish joizki, aholining kambag’al qatlamlari va qishloq aholisida natural daromadlarning salmog’i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo’ladi. Bir vaqtning o’zida uy xo’jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar davrida, tizimli transformatsiyalanish jarayon-larida va h.k.) noqulay shart-sharoitlariga o’ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo’lib hisoblanadi.
    Turli manbalar hisobidan uy xo‘jaliklarining ixti-yoriga kelib tushuvchi pul mablag’larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan sharoitda aynan pul daromadlari uy xo‘jaliklarining hayotiyligini ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari pul daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisob-lanadiki, ular quyidagi ko’rsatkichlar yordamida hisob-lanadi:
    • nominal daromadlar;


    • ega bo’lingan daromadlar;


    • real daromadlar.


    Uy xo’jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy daromadlari majmuining puldagi ifodasi nominal daromadlar deyiladi. Bu ko’rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog’liq bo’lmagan holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xo‘jaliklari nominal daromadlarining YaIMdagi salmog’i har bir mamlakat iqti- sodiyotining rivojlanish darajasi va ichki xususiyatlariga bog’liq bo’lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75% atrofida tebranadi. Bir vaqtning o’zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar o’rtasidagi farqni anglamoq ham lozim. Ular bir-birlaridan shu davrda hisoblangan, lekin to’lanmagan daromadlar, shuningdek, o’tgan davrlar uchun qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar summasiga farq qiladi. Ish haqi bo’yicha to’lash muddati o’tib ketgan qarzdorlikning mavjud bo’lishi bozor iqtisodiyotiga yaqinda o’tgan mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir.


    Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng uy xo’jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasi uy xo’jaligining ega bo’lingan daromadi deyiladi. Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg’arish uchun mo’ljallangan. Yoppasiga hisoblanganda ega bo’lingan daromad aholining ixtiyoriga borib tushuvchi YaIMning tegishli qismiga mos keladi. Uy xo‘jaliklari ega bo’lingan daromadlarining o’sishi aholining moliyaviy imkoniyat-larini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag’batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakatlarda uy xo‘jaliklari ega bo’lingan daromadlarining YaIMdagi salmog’i 70%ni tashkil etayapti.
    Baholar darajasiga nisbatan o’zgartirilgan (korrekti-rovka qilingan) ega bo’lingan daromad uy xo‘jaliklarining real ega bo’lingan daromadi deyiladi. Bu ko’rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o’zida aks ettiradi. Uning o’zgarishi esa, ma’lum davrdagi ega bo’lingan daromadlar va iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo’lgan pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o’sish sur’atlarining nisbatiga bog’liq bo’ladi. Agar baholarning o’sish sur’ati nominal ega bo’lingan daro-madlarning o’sish tezligidan past bo’lsa, uy xo‘jaliklarining real ega bo’lingan daromadlari o’sadi. Baholarning yuqori sur’atlarda o’sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu holat, o’z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faol- ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
    Uy xo‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • mehnat haqi;
    • ijtimoiy to’lanmalar;


    • tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar;


    • mol-mulkdan keluvchi daromadlar.


    Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi:


    • bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab ish haqlari bo’yicha ish haqining hisoblangan summalari;


    • rag’batlantiruvchi ustama va qo’shimchalar;



    • ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsion to’lanmalar;
    • mukofotlar va bir martalik rag’batlantiruvchi to’lan-malar;


    • har yillik va qo’shimcha mehnat ta’tillariga haq to’lash-lar;


    • safar xarajatlari;


    • berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati;


    • va boshqalar.


    Uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy o’rinni egallaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga o’tilishi bilan uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog’i biroz pasaydi. Bu mehnat munosabatlari va


    moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo’lgan sifat o’zgarishlari bilan bog’liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o’rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) paydo bo’ldi.
    Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga solishning etarli darajada samarali bo’lmagan davlat siyosati, xufyona iqtisodiyot hajmining o’sishi mehnatga haq to’lashning yashirin, rasmiy ravishda hisobga olinmagan shakllarining paydo bo’lishiga olib keldi138. Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neft-gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va qishloq xo’ja-ligidagi uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) bo’yicha ish haqining tabaqalanishi139 o’tkir muammoga aylan-gan.
    Mehnatga haq to’lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o’rnatiladi va uni davlat mehnatga haq to’lashning minimal miqdori (MHTMM) deb qayd etadi. MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag’batlantiruvchi to’lan-malar kiritilmaydi. Byudjet manbalari hisobidan moliya-lashtiriladigan tashkilotlar uchun MHTMM tegishli byudjet-lar hisobidan, boshqa sub’yektlar uchun esa ularning o’z manbalari hisobidan ta’minlanadi.
    Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to’lash hozirgi paytda isloh qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig’ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga haq to’lashning xodimlar malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan kuchsiz bog’langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to’lash jarayoni ustidan to’liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo’qligi va boshqalar) bog’liqdir.
    Ish haqining yashirin shakllariga quyidagilar kirishi mumkin: a) to’lov hujjatlarini rasmiylashtirmasdan turib pul tushumlaridan to’lanmalar; b) sug’urta tizimi va banklarning depozit hisobvaraqlaridan beriladigan pul yordamlari, kreditlar va to’lanmalar; v) xodimlarga ko’chmas mulk, uzoq muddatlarda foydalanilishi mumkin bo’lgan predmetlarni sotib olish yo’li bilan natural shaklda beriladigan to’lanmalar; g) va boshqalar. Rasmiy statistikada mehnatga haq to’lashning xufyona shakllarining miqdori bilvosita, balans metodi yordamida aholining pul xarajatlari va jamg’armalari hamda rasmiy hisobga olingan daromadlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin.

    139 Buning aynan shunday ekanligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi holatga e’tibor berishning o’zi etarli: mamlakatimizda ayni davrda moliya-bank sohasidagi o’rtacha oylik ish haqi boshqa sohalardagi o’rtacha ish haqiga nisbatan yuqoriroq. Shunday bo’lishiga qaramasdan, hatto shu sohaning o’zida mehnatga haq to’lash bo’yicha keskin tebranish bo’layotganligini aniqlashimiz mumkin. Xususan, davlat mulkiga tegishli bo’lgan moliyaviy muassasalarda ish haqining darajasi aralash va hamkorlikdagi mulkchilik shaklida bo’lgan xuddi shunday muassasalardagi ish haqidan ancha pastdir.
    Ijtimoiy to’lanmalar (sotsial transfertlar) o’zining ahamiyatiga ko’ra uy xo‘jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi o’rinni egallaydi. Ularni turli belgilar va asoslar bo’yicha tasniflash (klassi-fikatsiya qilish) mumkin. Xususan, tasniflash me’zonlari sifatida quyidagilarni qayd etib o’tish maqsadga muvofiqdir:
    • iqtisodiy mazmuniga ko’ra;


    • ijtimoiy to’lanmalarning shakli bo’yicha;


    • moliyalashtirish manbalariga ko’ra.


    Iqtisodiy mazmuniga ko’ra ijtimoiy to’lanmalarning quyidagi ko’rinishlari mavjud:


    • mehnat pensiyalari bilan bog’liq bo’lgan to’lanmalar - mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar;


    • ijtimoiy xarakterdagi to’lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga, bola parvarishi bo’yicha, homiladorlik va tug’ish bo’yicha);


    • individual foydalanish xizmatlari bilan bog’liq bo’lgan to’lanmalar – sog’liqni saqlash, maorif, boshqa notijorat tashkilotlar xizmatlarini to’lash;


    • cheklangan harakatga ega bo’lgan to’lanmalar – ishsizlik bo’yicha nafaqalar, stipendiyalar.


    O‘zlarining shakli bo’yicha ijtimoiy to’lanmalar quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin:


    • pensiyalar – mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar;


    • nafaqalar – kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik nafaqasi, ishsizlik bo’yicha nafaqa va boshqalar;


    • stipendiyalar – oliy, o’rta-maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar o’quvchilariga, tayanch doktorant va doktorantlarga stipendiyalar;


    • imtiyozli to’lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar – uy-joy- kommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriy-kurort davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to’lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va boshqalar;


    • sug’urta qoplamalari – ko’zda tutilmagan sabablar bo’yicha sug’urta hodisasi ro’y bergandagi to’lanmalar;


    • moddiy yordam – ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko’chib o’tganlarga bir martalik to’lanmalar va boshqalar.


    Moliyalashtirish manbalariga ko’ra ijtimoiy to’lanma-larning quyidagi ko’rinishlari bor:


    • barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to’lanmalar: respublika byudjetidan – urush ishtirokchilari va nogironlarini, jangovor harakatlar faxriylarini ijtimoiy jihatdan qo’llab- quvvatlash chora-lari; mintaqaviy va mahalliy byudjetlardan –


    mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini ijtimoiy jihatdan qo’llab- quvvatlash choralari, turli xildagi ustama va qo’shimchalar;


    • byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining byud-jetlaridan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to’lanma-lar: Pensiya fondining byudjeti hisobidan – mehnat, ijtimoiy pensiyalar, harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiyalar; Ijtimoiy sug’urta fondi mablag’lari hisobidan – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganligi uchun nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va h.k.


    • korxonalarning mablag’lari hisobidan moliyalashtiri-ladigan ijtimoiy to’lanmalar – pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqadiganlarga bir martalik nafaqalar va bosh-qalar;


    • kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan moliyalash- tiriladigan ijtimoiy to’lanmalar – oilaviy holatlarga ko’ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar.


    Yaxlit olinganda uy xo‘jaliklari daromadlarining sotsial to’lanmalar ko’rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, sti-pendiyalar, boshqa sotsial va sug’urta tushilmalarini o’zida birlashtiradi. Sotsial to’lanmalarni moddiy-buyumlashgan tarkibiga ko’ra uch ko’rinishga ajratish mumkin:


    • pul mablag’lari bilan yordamlashuv;


    • imtiyozlar;


    • natural ko’rinishdagi yordam.


    Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga keltirish eng kamida quyidagi uch vazifaning echilishini ko’zda tutadi:


    • imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o’zgartirish (natural imtiyozlarni pul kompensatsiyalari bilan almash-tirish) va byudjet resurslarining cheklanganligi uchun moliyalashtirilishining iloji bo’lmagan ko’plab imtiyozlarni bekor qilish;


    • ob’yektiv ravishda muhtoj bo’lgan, kasbiy me’zonlari va alohida xizmatlari belgilari bo’yicha manzilli qo’llab-quvvatlashga o’tish;


    • sotsial qo’llab-quvvatlash choralarining moliyalashtirish manbalarini qat’iy chegaralash.


    Yuqorida keltirilgan vazifalarning bajarilishi sotsial transfertlarni (to’lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga o’tishning samarali adaptatsion (mosla-shuvchan) shakllaridan foydalanishni talab qiladi.


    Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar uy xo‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbat-dagi muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Bunday daromad-larning tarkibiga xususiy biznesni
    yuritish va uy xo’jali-gida to’plangan mulkning (boylikning) kamayishi bilan bog’liq bo’lmagan holda vujudga keluvchi daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil qilinmagan shakllari doirasida vujudga keladi.
    Keyingi yillarda uy xo‘jaliklarining daromadlari tarkibida mulkdan olinadigan daromadlarning salmog’i oshib borayotir. Bunday daromadlar uy xo‘jaliklarining mulkida bo’lgan moliyaviy va nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat. Bunda moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag’larini bank omonat- lariga, qimmatli qog’ozlarga, xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarga joylashtirish natijasida vujudga keladi. Nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlardan olinadigan daromadlar uy xo‘jaliklariga tegishli bo’lgan uy-joy bino-lari va er uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bo’ladi.
    Shunday qilib, ko’rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari quyidagi ko’rinishlarda amal qiladi:
    • foizlar;


    • dividendlar;


    • rentalar.


    Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori, xususiy mulkchilik, shu jumladan, erga bo’lgan xusu-siy mulkchilikning rivojlanishi uy xo‘jaliklari daromad-larining umumiy summasida mulkdan olinadigan daromad-larning yanada o’sishiga olib kelishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.


    Uy xo‘jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunda daromadlarning tabaqa-lanishi juda ko’p ob’yektiv va sub’yektiv omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi. Ularning eng asosiylari quyidagi- lardir:


      • mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi);


      • oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, a’zolar soni, ijtimoiy maqomi, to’plangan boyligi;


      • inson kapitaliga qo’yilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy mahorati, ularning o’sish salohiyati).


    Farovonlikning umumiy darajasiga bog’liq bo’lmagan holda daromadlarning tabaqalanganligi barcha mamlakatlar uchun xos. Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishi-dagi notenglikni Jini koeffitsienti (daromadlarning kontsentratsiyalashuvi indeksi) yaqqol


    ko’rsatadi. Uning umumiy ko’tarilishi (yuqoriligi) jamiyatning chuqur ijtimoiy qatlamlarga bo’linganligidan darak beradi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda barqaror ijobiy tendentsiyalarning shakl-lanishi, daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish-ning samarali instrumentlari, kambag’allikni ogohlantirish mexanizmlari uy xo‘jaliklarida ega bo’lingan real pul daromadlarining o’sishiga, daromadlarning notengligi muammosini yumshatishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

    Download 86,08 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 86,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari va shakllari

    Download 86,08 Kb.