• GAPNING MAZMUNIY TUZILISHI
  • Gapning mazmuniy tuzilishi




    Download 141.71 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana17.04.2024
    Hajmi141.71 Kb.
    #198328
      1   2
    Bog'liq
    Nurmonov O\'zbek tilining nazariy grammatikasi - копия
    Atomning bor modeli. Bor postulatlari, 1-ilova Reja-grafik, 1-mustaqil ish, Ariza, “Бобур Мирзо”, 2700 words 25x108 t.meMurphyMrENGLISH .doc 00, 12-mustaqil organika, Futbol musobaq, chilangarlik to\'garak, 2 5334564044097470675, Mavzu Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari-fayllar.org, CALLS ONLINE MULTISUBS ORDER ACTION (5), Doc1 tarmoq 14.11.202, 05 Tarmoq, 04 Telnet


    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS 
    TA'LIM VAZIRLIGI 
    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
    UNIVERSITETI 
    A.Nurmonov, N.Mahmudov 
    O'ZBEK TILINING NAZARIY GRAMMATIKASI 
    (o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabalari uchun 
    o'quv qo'llanmasi) 
    T O S H K E N T - 2 0 0 7 


    2
    GAPNING MAZMUNIY TUZILISHI 
    Har qanday lisoniy belgi shakl va ma'no birligidan iborat. Lekin 
    an'anaviy sintaktik nazariyalarda asosan gapning shakliy tuzilishi o'rganib 
    kelindi. Faqat ayrim o'rinlardagina (gapning kommunikativ maqsadiga 
    ko'ra turlarini belgilashda, ikkinchi darajali bo'laklarning ichki tasnifida, 
    masalan, holning o'rin, payt, maqsad va boshq. turlarga bo'linishida; 
    aniqlovchilarning sifatlovchi, karatuvchi," izohlovchilarga ajratilishida va 
    boshq.) semantikaga murojaat qilinadi. Gapning ma'no xususiyati va uning 
    tarkibi ham, gapning mazmuniy tiplari ham, sub'ekt va predikatlarning 
    mazmuniy tiplari ham, gapning shakliy va mazmuniy tuzilishlarining 
    o'zaro munosabatlari ham yaqin yillargacha maxsus o'rganish ob'ekti 
    bo'lmay keldi. 
    N.D.Arutyunovaning ta'biri bilan aytganda, 60-yillarning 
    o'rtalariga kelib, gap semantikasiga "shturm" boshlandi . Gap 
    semantikasiga qiziqishning uyg'onishiga lingvistik nazariya rivojiga ta'sir 
    ko'rsatgan bir qator omillar: lingvistikaning gap mazmuni - propozitsiyaga 
    alohida diqqat qiluvchi mantiq bilan munosabatining yangi pog'onaga 
    ko'tarilishi, til va nutqniig ma'no tomoniga umumiy burilishi, nutk 
    faoliyatining pragmatik komponentiga e'tiborning kuchayishi, gapga 
    o'zining maxsus ma'nosi bo'lgan til belgisi sifatida qarashning vujudga 
    kelishi hamda gaplarning mazmuniy ekvivalentligi tushunchasiga 
    tayanadigan sintaktik transformatsiya nazariyasining vujudga kelishi 
    singari omillar turtki bo'ldi. 


    3
    O.Espersen ham tilshunoslikda shaklni mazmundan ajratishga 
    harakat kilgan G.Suit va boshqa tilshunoslarni tanqid qilar ekan, shakl va 
    mazmun o'zaro uzviy bog'liq ekanligini, lisoniy hodisaning bu ikki 
    tomoniga e'tibor berish har qanday tilshunoslikning asosiy vazifasi 
    ekanligini uqtiradi. Uning fikricha, har bir tilshunos hodisani ikki 
    tomonlama - shakldan ma'noga yoki ma'nodan shaklga qarab tekshirishi 
    mumkin . Birinchisi semasiologik, ikkinchisi onomasiologik o'rganish 
    ob'ekti bo'ladi. 
    Hozirgi kunda semantika deyarli hamma tilshunoslar tomonidan 
    e'tirof etilsa ham, ammo sintaktik semantika maqomi masalasida bir xillik 
    yo'q. 
    N.Yu.Shvedovaning fikricha, sintaktik semantikaning asosiy vazifasi 
    shakliy-sintaktik modellarning xususiy ma'nolarini aniqlashdan iborat 
    bo'lishi kerak. Bunga ko'ra, gap tuzilishi sxemasining umumlashtirilgan 
    ma'nosi va ular o'rtasidagi munosabat gap sintaktik tuzilishining asosi 
    bo'lib xizmat qiladi. N.Yu.Shvedovaning konsepsiyasiga muvofiq, gapning 
    suniy 
    tuzilishi 
    deganda, 
    tipiklashtirilgan 
    ma'no 
    elementlarining 
    mavhumlashgan holda til sistemasida aks etgan mazmuni tushuniladi . U 
    gap mazmunini estralingvistik omillarsiz, sof til materiallariga tayangan 
    holda o'rganishga harakat qiladi. Tilning har qanday sath birliklari, 
    jumladan, gapning tuzilish sxemalari ham undagi kategoriya va konkret 
    ma'nolar munosabatlaridan hosil bo'lgan mazmuniy o'ziga xoslikka ega 
    bo'ladi. 


    4
    Ikkinchi yo'nalish tarafdorlari asosan gapning nominativ minimumi 
    uzvlarining leksik ma'nolariga asoslanadilar. Bunga muvofiq, gapning 
    mazmuniy tuzilishi tuzilish sxemalar chegarasida emas, balki undan 
    tashqarida ajratiladi. Tuzilish sxema va mazmuniy tuzilishlar bir-birini 
    kesishmaydigan 
    parallel 
    qatorlarga 
    teriladi. 
    Bunday 
    qarash 
    O.I.Moskal'skaya ishlarida namoyon bo'ldi . 
    Sintaktik semantika bo'yicha Ye.P.Paduchevaning ham izlanishlari 
    o'ziga xosdir. Uning fikricha, gap ma'nosi leksema ma'nolaridan, so'z 
    shakllarining grammatik ma'nolaridan va sintaktik qurilmalarning 
    ma'nolaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham leksik va morfologik 
    semantika bir butun gap semantikasining komponenti bo'lishi kerak . 
    V.G.Gak gapni to'liq til belgisi hisoblab , gap referenti vaziyatdir, ya'ni 
    "gapirish" momentida ob'ektiv borliqdagi so'zlovchi ongida mavjud 
    bo'lgan va gapning o'zini shakllantirish jarayonida til elementlarini 
    tanlashga ma'lum darajada sharoit yaratuvchi elementlar yig'indisidir, 
    deydi . 
    Vaziyat va uni ifodalovchi gap o'rtasidagi munosabat ikki yo'nalishda 
    - ifoda planidan ma'no planiga qarab va, aksincha, ma'no planidan ifoda 
    planiga qarab o'rganiladi. Birinchisi nutqiy faoliyatning tushunish aktini, 
    ikkinchisi esa ifodalash aktini namoyon qiladi. Bunga muvofiq, sintaktik 
    semantikada ham o'zaro bog'langan va ayni yo'nalishga ko'ra bir-biriga zid 
    bo'lgan ikki aspekt: semasiologiya va onomasiologiya ajratiladi . Birinchisi 
    ma'lum sintaktik birlik nimani aks ettirishini, ikkinchisi ma'lum vaziyat 
    qanday ifodalanganini o'rganadi. 


    5
    Birinchi yo'nalish gap ma'nosini ob'ektiv borliq bilan bog'langanligi 
    uchun, vaziyatni aiiqlashga va tahlil qilishga alohida ahamiyat beradi va 
    uni gapning denotativ yoki nominativ aspekti ham deyiladi. 
    Gapning denotativ aspektini ifodalash uchun ko'p hollarda 
    "propozitsiya" terminidan foydalaniladi. Bu termin tilshunoslikka mantiq 
    va falsafiy tadqiqotlar ta'sirida kirib keldi. U.Kuayn logik qurilishda 
    propozitsiya tushunchasining roli haqida to'xtalib, ma'lum gap va uning 
    boshqa tilga qilingan tarjimasi o'rtasidagi yoki bir til ichida turlicha 
    ifodalanishlar 
    o'rtasidagi 
    umumiylikni 
    aks 
    ettirishni 
    ko'rsatadi. 
    Propozitsiyaga qiziqishning o'sishi bilan uning talqinida ham xilma-xillik 
    orta boradi. 
    Klassik mantiq propozitsiya yoki mantiqiy hukm deyilganda 
    borliqning ma'lum predikatlari haqida tasdiq yoki inkor yo'li bilan axborot 
    beruvchi fikr shakli tushunilgan. "Propozitsiya" termini tilshunoslar 
    tomonidan dastlab xuddi shu ma'noda hukmning ifodalanish shakli bo'lgan 
    darak gaplarga, keyinchalik gapning hamma turlariga nisbatan qo'llaniladi. 
    Gap termini ham lotincha "hukm" terminidan kal'ka yo'li bilan rus tilidagi 
    "predlojeniye" orqali hosil bo'lgan. 
    Ramziy mantiq klassik mantiqdan farqli ravishda, o'zining 
    tushunchalarini, inson ongida aks etishini chetlab o'tgan holda bevosita 
    borliq kategoriyalari bilan munosabatini belgilashga intiladi . Propozitsiya 
    tushunchasining bu umumiy tendensiyasi natijasida keyinchalik u 
    tafakkurdan ob'ektiv reallikka, sub'ektiv omildan ob'ektiv omilga "burildi". 
    Natijada u tafakkur shakliga emas, balki uning mazmuniga, u orqali 


    6
    ifodalanadigan ob'ektiv reallikka nisbatan qo'llanila boshlandi. Sub'ektiv 
    modallik kategoriyasidan ozod bo'lib, vaziyatni ifodalashga o'tdi. 
    Propozitsiya xuddi shu ma'nosi bilan tilshunoslikka kirib keldi. 
    Gapning nominativ nazariyasi dastlab G.Frege asarlarida aks etdi. 
    Uning fikricha, har qanday gap mazmun (smo`sl) va ma'no (znacheniye) 
    ga ega. Mazmun uning signifikati, konnotatsiyasi; ma'no esa denotati. 
    Anglashiladiki, gap mazmuni ma'noga nisbatan kengroqdir. Shunday qilib, 
    G.Frege har qanday gapda fikr (mazmun) sathidan referensiya sathiga 
    (ma'noga) qadam qo'yiladi, shu bilan ayrim ma'nolarning tasdiq yoki inkor 
    qilish akti sodir bo'ladi, deydi. Referent sath uchun u propozitsiya 
    terminini ishlatadi. 
    Propozitsiya tushunchasi B.Rassel asarlarida yanada konkretlashdi. 
    Uning fikriga ko'ra, propozitsiya real borliq (fakt) strukturasiga 
    o'xshashlikka ega bo'lgan aktual faktdir. Propozitsiya haqida Ch.Fillmor 
    shunday deydi: "Gapning asosiy strukturasida "propozitsiya" deb nomlash 
    mumkin bo'lgan strukturani, ya'ni gapning modal qismidan ajralgan fe'l 
    bilan otlar o'rtasida zamondan tashqaridagi munosabatlar majmuasini 
    kuzatamiz. Gapning modal qismi uning butun xarakteristikasini 
    belgilaydigan inkor, zamon, mayl va tus kabi xususiyatlarni o'z ichiga 
    oladi" . 
    Hozirgi kunda ko'pchilik tilshunoslar propozitsiya termini ostida 
    gapning ssmantikasida o'z ifodasini topgan ob'ektiv mazmunni 
    tushunadilar. O.I.Moskal'skaya gapning bu denotativ tomonini gapning 
    mazmuniy markazi deb hisoblaydi. 


    7
    Propozitsiya faqat gaplar orqali ifodalanishi shart emas. U so'z 
    birikmasi va so'zlar orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Karim 
    keldi-Karimning kelishi. Demak, ma'lum bir sintaktik struktura gap 
    bo'lishi uchun ma'lum propozitsiyani ifodalashdan tashqari, ya'ni boshqa 
    belgilarga-kommunikativ mustaqillik va modallik belgilariga ega bo'lishi 
    kerak bo'ladi. Shuning uchun ham har qanday gap ot pozitsiyasiga 
    transpozitsiya qilinganda, uning kommunikativ bo'linishi (tema - rematik 
    bo'linish) va ideal xususiyati yo'qoladi, ammo nominativ mazmuni eskicha 
    saqlanib qoladi. Yana solishtiring: 
    Bola kitobni o'qiyapti - bolaning kitob o'qishi 
    Uning kelishi xavfli - uning kelishining xavfliligi 
    Yuqoridagi 
    solishtirilayotgan 
    konstruksiyalarning 
    mazmuniy 
    yaqinlashtirilishiga ulardagi markaziy elementlarning umumiyligi asos 
    bo'ladi. Transpozitsiya jarayonida kommunikativ birlik sifatidagi gapning 
    markaziy elementi - kesimi nominativ birlikning markaziga aylanadi . 
    Propozitiv nominatsiya mohiyati uchun gapning kommunikativ tarkibi 
    ham e'tibordan tashqarida bo'lmaydi. Gapning kommunikativ tuzilishn 
    uning nominativ tuzilishiga ham ta'sir qiladi. Shunday ta'sir qiladiki, 
    gapning kommunikativ markazi, bir vaqtning o'zida, nominativ asos 
    vazifasini o'taydi. 
    Har qanday gap semantikasida propozitiv mazmundan tashqari
    so'zlashuvchining kommunikativ niyati va mumkin bo'lgan modallikdan 
    biri ishtirok etishi kerak bo'ldi. Boshqacha aytganda, propozitsiyadan real 


    8
    gap mazmuniga o'tish uchun propozitiv ramkadan tashqari, yana ikki 
    ramkani - modallik va kommunikativ ramkani qo'shish zarur bo'ladi. 
    Keyingi har ikki ramka har qanday gap mazmuniy tuzilishining zaruriy 
    uzvi hisoblanadi . Shunday qilib, har qanday gapning mazmuniy tuzilishi 
    murakkab, ko'p qirrali xarakterga ega bo'lib, unda eng kamida uch uzv: 1) 
    propozitiv, 2) modal, 3) kom-munikativ uzvlar ishtirok etadi. Gapning 
    mazmuniy tuzilishini tashkil etgan yuqoridagi uzvlardan eng asosiysi 
    ob'ektiv borliqdagi ayrim vaziyat yoki voqealarni aks ettiruvchi propozitiv 
    tuzilishdir. 

    Download 141.71 Kb.
      1   2




    Download 141.71 Kb.
    Pdf ko'rish