• Asosiy tamoyillar va idrok etishning yaxlitligi.
  • 11-Ma’ruza Radial neyron to’rlar. Reja




    Download 21,49 Kb.
    bet1/3
    Sana11.02.2024
    Hajmi21,49 Kb.
    #154691
      1   2   3
    Bog'liq
    11-мавзу


    11-Ma’ruza
    Radial neyron to’rlar.
    Reja:

    1. Kirish.

    1. Asosiy tamoyillar va idrok etishning yaxlitligi.

    2. Belgilarni tanish. 



    Tayanch iboralar: tamoillar, idrok,son, mashina.
    Kirish
    «Kompyuterga matnni avtomatik kiritadigan» maxsus tizimlarning mavjudligini hatto boshlang’ich foydalanuvchilar ham bilishadi. Ko’rinishidan bu oddiy va mantiqiy. Skaner qilingan tasvirdan tizim xarflarni «taniydigan» qismlarni topadi va bu tasvirlarni haqiqiy harflar bilan, boshqacha aytganda ularni mashina kodi bilan almashtiradi. Matn tasviridan «haqiqiy» matnga o’tish shunday amalga oshiriladi. Bunga qanday erishiladi? 
    «Bit» kompaniyasi tomonidan «Fontanli almashtirish» deb nomlangan belgilarni tanishning maxsus texnologiyasi ishlab chiqarilgan. Bu texnologiya asosida yuqori bahoga ega bo’lgan savdo maxsuloti ishlab chiqarilgan. Bu Fine Reader optik tanish tizimidir. Hozirgi paytda uning uning uchinchi versiyasi ishlab chiqarilgan bo’lib, nafaqat matnlar bilan, balki shakllar va jadvallar bilan ham ishlash imkoniga ega. Ishlab chiqaruvchilar esa uning to’rtinchi versiyasi nafaqat bosma matnlarni, hatto qo’lyozma matnlarni ham taniy oladigan bo’lishini bashorat qilishmoqda.
    Asosiy tamoyillar va idrok etishning yaxlitligi.
    «Fontanli almashtirish» asosida yaxlitlilik tamoyili yotadi. Unga muvofiq ixtiyoriy idrok etiladigan ob’ekt yaxlit, ma’lum munosabatlarda o’zaro bog’langan qismlardan iborat holda qaraladi. Masalan bosma sahifa bo’limlardan tashkil topgan, bo’limlar sarlavhalar va kolonkalardan, kolonkalar abzatslardan tashkil topgan. Abzats satrlardan, satrlar so’zlardan, so’zlar haflardan tashkil topgan. Bunda matnning barcha sanab o’tilgan elementlari bir - biri bilan ma’lum fazoviy va til munosabatlar orqali bog’langan. Yaxlitlikni ajratish uchun uning qismlarini aniqlash kerak. Qismlarni o’z navbatida faqat yaxlitlikning tarkibida qarash mumkin. SHuning uchun idrok etishning yaxlit jarayoni faqat idrok etiladigan ob’ekt haqidagi gipotezalar doirasida yaxlit sodir bo’lishi mumkin. Idrok etiladigan ob’ekt haqidagi faraz o’rtaga tashlangandan keyin uning qismlari ajratiladi va interpretatsiya qilinadi. SHundan so’ng boshlang’ich gipotezaning to’g’riligini tekshirish uchun ulardan yaxlitlikni «yig’ish» ga harakat qilinadi. SHubhasiz, idrok etiladigan ob’ekt kattaroq yaxlitlik doirisida interpretatsiya qilinishi mumkin.
    Biror gapni o’qib inson harflarni taniydi, so’zlarni idrok etadi, ularni sintaktik konstruktsiyalarga bog’laydi va uning ma’nosini tushunadi. 
    Texnik tizimlarda matnni tanishdagi ixtiyoriy yechimga birdaniga kirishilmaydi, balki gipotezalarni ketma - ket tekshirish va oldinga surish hamda tadqiq qilinadigan ob’ekt haqidagi bilimlarni ham, umumiy kontekstdagi bilimlarni ham jalb qilish orqali kirishiladi. Idrok etiladigan ob’ekt sinflarining yaxlit tavsifi ikkita shartga javob beradi: birinchidan, berilgan sinfdagi barcha ob’ektlar bu tavsifni qanoatlantiradi, ikkinchidan boshqa sinfdagi hech qanday ob’ekt uni qanoatlantirmaydi. Masalan, «K» harfining tasvirlari sinfi shunday tavsiflanishi kerakki «K» harfining ixtiyoriy tasviri unga tushsin, boshqa barcha xarflarning tasvirlari esa unga tushmasin. Bunday tavsif aks etish xususiyatiga ega bo’ladi, ya’ni tavsiflanadigan ob’ektlarni qayta ishlab chiqishni ta’minlaydi: OCR tizimlari uchun xarfning etaloni xarfni vizual qayta ishlab chiqishga imkon beradi, nutqni tanish uchun so’zlar etaloni so’zlarni talaffuz etish imkonini beradi, sintaktik analizatordagi gapning strukturali tavsifi to’g’ri gapni sintez qilish imkonini beradi. Amaliy nuqtai nazardan aks etish katta rol o’ynaydi, modomiki tavsiflarning sifatini effektiv nazorat qilishga imkon beradi. 
    Yaxlit tavsiflashning ikki ko’rinishi mavjud: shablonli va strukturali. 
    Birinchi holda tavsiflash vektorli yoki rastrli ko’rinishdagi tasvirni o’zida aks ettiradi va almashtirishlar sinfi beriladi(masalan, takrorlash, masshtablashtirish va x.k.) 

    Download 21,49 Kb.
      1   2   3




    Download 21,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-Ma’ruza Radial neyron to’rlar. Reja

    Download 21,49 Kb.