|
11-Ma’ruza Radial neyron to’rlar. Reja
|
bet | 3/3 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 21,49 Kb. | | #154691 |
Bog'liq 11-мавзу3.2. Strukturali tizimlar. Bunday tizimlarda ob’ekt graf ko’rinishida tavsiflanadi. Grafning tugunlarini kiruvchi ob’ektning elementlari, yoylarini esa ular o’rtasidagi fazoviy munosabatlar tashkil qiladi. Bunday yondashuvni amalga oshiradigan tizim, odatda vektorli tasvirlar bilan ishlaydi. Belgini tashkil etuvchi chiziqlar strukturali elementlar hisoblanadi. Masalan «r» harfi uchun bu vertikal kesma va yoy.
Strukturali tizimlarning kamchiligiga ularning tasvir kamchiliklariga sezuvchanligining yuqoriligini kiritish mumkin. Bundan tashqari bu tizimlar uchun shablonli va belgili tizimlardan farqli ravishda xozirgacha samarali avtomatlashtirilgan o’qitish protseduralari yaratilmagan. SHuning uchun Fine Reader uchun strukturali tavsiflarni qo’lda yaratishga to’g’ri keldi.
3.3. Belgili tizimlar. Bu tizimlarda har bir belgining o’rtacha tasviri n-o’lchovli belgilar fazosidagi ob’ekt sifatida aks ettiriladi. Bu yerda kiruvchi tasvirni tanishda qiymati hisoblanadigan belgilar alifbosi tanlanadi. Hosil qilingan n-o’lchovli vektor etalon bilan taqqoslanadi va tasvir ularning ichidan ko’proq mos keladiganiga tegishli bo’ladi. Belgili tizimlar yaxlitlik tamoyiliga javob bermaydi. Ob’ektlar sinfini tavsiflashni yaxlitligining zarur, ammo yetarli bo’lmagan sharti shundan iboratki, berilgan sinfdagi barcha ob’ektlar tavsifni qanoatlantirishi kerak. Modomiki, belgilarni hisoblashda axborotning ma’lum qismi yo’qolar ekan, faqat berilgan sinfga qarashli ob’ektlarni kiritishga kafolat berish qiyin.
Strukturali - dog’li etalon.
«Fontanli almashtirish» shablonli va strukturali tizimlarning afzalliklarini o’zida birlashtiradi va bizning fikrimizcha, ularning har biriga alohida xos bo’lgan kamchiliklardan qutulishga imkon beradi. Bu texnologiyaning asosida strukturali - dog’li etalonni qo’llash yotadi. U tasvirni belgining strukturasini beradigan bir - biri bilan n-ar munosabatlar orqali bog’langan dog’lar to’plami ko’rinishida tasvirlashga imkon beradi. Bu munosabatlar(ya’ni dog’larning bir - biriga nisbatan joylashishi) belgilarni tashkil etadigan strukturali elementlarni yuzaga keltiradi. Masalan kesma dog’lar orasidagi n-ar munosabatlarning bir turi. Ellips - boshqasi, yoy - uchinchisi. Boshqa munosabatlar belgini tashkil etuvchi elementlarning fazoviy joylashishini beradi.
Etalonda quyidagilar beriladi:
1 Nom; 2 majburiy, taqiqlangan va majburiy bo’lmagan strukturali elementlar; 4 strukturali elementlarni belgini tavsiflaydigan to’rtburchak bilan bog’laydigan munosabat;
|
| |