Quritishning tezligi va davrlari




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/53
Sana17.05.2024
Hajmi1,41 Mb.
#239805
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
Bog'liq
Mavzu modda almashinish asoslari

Quritishning tezligi va davrlari.
Quritish qurilmalarini hisoblash va loyihalash uchun 
quritish tezligini bilish zarur. Quritish tezligi 
u
cheksiz qisqa vaqt 


davomida material 
namligining kamayishi orqali aniqlanadi: 
Quritish tezligi tajriba yo’li bilan laboratoriya uskunalarida topiladi. 
Tajriba natijalaridan ma’lum bo’ldiki, quritish jarayoni ikki davrga ajratiladi. Birinchi 
davrda quritish tezligi o’zgarmas bo’lsa, ikkinchi davrda esa quritish tezligi doim kamayib 
boradi. 
Ikkinchi davrda ancha murakkab jarayon sodir bo’ladi. Bu davrda birinchi davrda quritish 
tezligi asosan tashqi diffo’ziyaga bog`liq bo’ladi. Bu davrda qurituvchi agentning tezligi va 
uning ko’rsatkichlari (nisbiy namlik, harorat) hisoblash ishlarida katta ahamiyatga ega. 
Materialning ichida namlikning diffo’ziya orqali siljish tezligi katta qiymatga ega bo’ladi, biroq 
bu holat namlikning material yuzasidan berilish tezligini belgilaydi. 
Bog`langan namlik ajrala boshlaydi. Quritish tezligi asosan material ichidagi namlikning 
tarqalish tezligiga bog`liq. Shu sababli ikkinchi davrda quritish tezligiga material tarkibi bilan 
bog`liq bo’lgan kattaliklar (quritilayotgan materialning shakli va o’lchamlari, materialning 
namligi, materialning namlik o’tkazuvchanligi) ta`sir ko’rsatadi. Quritish tezligiga havo 
oqimining tezligi va uning kattaliklari ham bir oz ta`sir qilishi mumkin.
 
 
MAVZU:QURITISH QURILMALARI. 
REJA: 
1.
 
Quritkichlarning tuzilishi va asosiy ishchi uskunalari. 
2.
 
Barabanli, lentali, mavxum qaynash qatlamli, suyuq maxsulotni sochib beradigan
pnevmatik quritkichlarni ishlash prinsipi. 
3.
 
Kuritgichlarni xisoblash tartiblari 
Sanoatda har xil quritkichlar ishlatiladi. Quritkichlar bir-biridan turli belgilari bilan farq 
qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko’ra quritkichlar konvektiv, kontaktli va boshqa 
turdagi quritgichlarga bo’linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug` ishlatilishi 
mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga ko’ra atmosfera bosimidagi va vakuumli 
quritkichlar bo’ladi. Jarayonni tashqil qilish bo’yicha davriy va o’zluksiz ishlaydigan quritkichlar 
mavjud. Konvektiv quritkichlarda material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan tochg`ri, 
qarama-qarshi yoki perpendikulyar harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bo’lgan material 
donasimon, changga ochxshash, pastasimon yoki suyuq holda bo’ladi. Qurituvchi agentning 
bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy sirkulyatsiya ishlatiladi. Donasimon materiallar 
ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavhum qaynash, fontan hosil bo’lish kabi holatlarda 
bo’ladi. Qurituvchi agent bug`, issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki 
yordamida isitiladi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan 
qurituvchi agentni quritkichdan chiqarib yuborish, undan takror foydalanish, uni quritish 
kameralari oralig`ida qizdirish va quritish kameralariga bo’lib berish, qurituvchi agentni quritish 


kamerasida qochshimcha ravishda qizdirish, o’zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish 
(issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va hokazo. 
Konstruktiv to’zilishga ko’ra quritkichlar har xil bo’ladi. Sanoatda shkafli, kamerali, 
koridorli (tunelli), shaxtali, barabanli, quvurli, shnekli, silindrsimon, turbinali, kaskadli
karuselli, konveyerli, pnevmatik, sochib beruvchi va shu kabi bir qator quritkichlar ishlatiladi. 
Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritkichlar keng tarqalgan. Bunday 
quritkichlarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi agentning tochg`ridan-tochg`ri 
kontakti orqali boradi. Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida kamerali, tunnelli, 
lentali, sirtmoqli, barabanli, mavhum qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa 
konvektiv quritkichlar ishlatiladi. Konvektiv quritkichlar ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan 
barcha quritish qurilmalarining taxminan 80% ni tashqil etadi. Kimyo sanoatida ishlatilayotgan 
konvektiv quritkichlarning 40% ini barabanli quritkichlar tashqil etadi. Biroq barabanli 
quritkichlarda faqat sochiluvchan materiallarni suvsizlantirish mumkin. 
Sanoatda ko’proq ishlatiladigan quritgichlar qatoriga yana quyidagilar kiradi: mavhum 
qaynash va fontan hosil qiluvchi quritkichlar (solishtirma ulushi 25%); sochib beruvchi 
quritkichlar (taxminan 10%); pnevmotransport rejimida ishlaydigan quritkichlar (taxminan 7%); 
materialni qatlamda quritishga mo’ljallangan polkali, tunnelli, lentali quritkichlar (10% dan 
ko’proq). 
Kontaktli quritkichlarning sanoatda eng ko’p tarqalgan turlariga polkali vakuum-quritish 
shkaflari, barabanli va valsovkali quritkichlar kiradi. Hozirgi kunda kimyo sanoatida 
ishlatiladigan maxsus (termoradiasiyali, dielektrik va sublimasiyali) quritkichlarning nisbiy 
ulushi taxminan 1% ni tashqil etadi. 

Download 1,41 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish