• Absolyut namlik.
  • Nisbiy namlik.
  • Nam saqlash. 1 kg absolyut quruq havoga tochg`ri kelgan suv bug`larining miqdori havoning nam saqlashi deb yuritiladi. Bu kattalik x
  • Nam havoning asosiy xossalari




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/53
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #239805
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
    Bog'liq
    Mavzu modda almashinish asoslari

    Nam havoning asosiy xossalari 
    Nam havo quruq havo va suv bug`larining aralashmasidan iborat. Quritish jarayonida nam 
    havo namlik va issiqlik tashuvchi agent vazifasini bajaradi. Ayrim sharoitlarda tutunli gazlar 
    yoki ularning havo bilan aralashmasi ishlatiladi, biroq nam havo va tutunli gazlarning fizik 
    xossalari bir-biridan faqat son qiymati bo’yicha farq qiladi. Nam havoning asosiy xossalari 
    quyidagi tushunchalar bilan belgilanadi: absolyut namlik, nisbiy namlik, nam saqlash, entalpiya. 
    Absolyut namlik.
    Nam havoning hajm birligiga tochg`ri kelgan suv bug`larining miqdori 
    absolyut namlik deb ataladi va (kg/m
    3
    ) bilan belgilanadi.
    Agar nam havo sovitilib borilsa, 
    ma’lum haroratga etgach, namlik shudring sifatida ajrala boshlaydi. Namlik bunday holatda 
    ajralishga tochg`ri kelgan haroratga 
    shudring nuqtasi
    deb ataladi. Bunday sharoitda havo 
    tarkibida maksimal miqdorda suv bug`i bo’ladi. Havoning tochyinish paytidagi absolyut namligi
    orqali ifodalanadi. 
    Nisbiy namlik.
    Havo absolyut namligining tochyinish paytidagi absolyut namlikka nisbati 
    nisbiy namlik deb ataladi. 
    Havoning namligi (tochyinish darajasi) quyidagi ifoda bo’yicha 
    topiladi: 





    p
    p
    сб
    сб


    ,
    (30.1) 
    bu yerda,P
    сб

    tekshirilayotgan nam havodagi suv bug`larining parsial bosimi, Pa; P


    berilgan harorat va umumiy barometrik bosimda tochyingan suv bug`larining bosimi, Pa. 


    Nisbiy namlik havoning muhim xossasi hisoblanadi. Havo tarkibida namlik qancha kam 
    bo’lsa, bunday havo quritish jarayonida shuncha samarali ishlatiladi. Namlik bilan tochyingan 
    havodan qurituvchi agent sifatida foydalanish mumkin emas. 
    Nisbiy namlikni aniqlash uchun psixrometrdan foydalaniladi. Psixrometr ikkita 
    termometrdan iborat bo’lib, bitta termometrning sharchasi doim ho’llab turiladi va u ho’l 
    termometr deb yuritiladi. Ikkinchisi esa quruq termometr deb ataladi. Quruq va ho’l 
    termometrlar ko’rsatishlarining ayirmasi 
    х
    к
    t
    t
    t



    haroratlarning psixrometrik ayirmasi 
    deyiladi. Nisbiy namlik qancha kam bo’lsa, ho’l termometr sharchasi yuzasida suvning 
    bug`lanishi shuncha tez boradi, natijada sharcha tezlik bilan soviydi. Shu sababli havoning nisbiy 
    namligi kamayishi bilan haroratlarning psixrometrik ayirmasi ko’payadi. Bu ayirma 
    t

    asosida 
    va psixrometrik jadvallar yoki diagrammalar yordamida havoning nisbiy namligi topiladi. 
    Nam saqlash.
    1 kg absolyut quruq havoga tochg`ri kelgan suv bug`larining miqdori 
    havoning nam saqlashi deb yuritiladi.
    Bu kattalik
    x
    (kg/kg) yoki 
    d
    (g/kg) bilan belgilanadi. 
    Havoning nam saqlashi quyidagi nisbat orqali topiladi: 
    кх
    сб
    кх
    сб
    m
    m
    х



    (30.2) 
    bu erda, m


    сб

    nam havoning berilgan hajmidagi suv bug`lari massasi, kg; m
    кх

    nam 
    havoning berilgan hajmidagi absolyut quruq havoning massasi, kg;
    кх


    absolyut quruq 
    havoning zichligi, kg/m
    3


    Download 1,41 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish