Mavzu: modda almashinish asoslari




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/53
Sana17.05.2024
Hajmi1,41 Mb.
#239805
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Bog'liq
Mavzu modda almashinish asoslari

34.4-rasm.
 
Ichi bochsh tolalardan tayyorlangan bir o’ramli qurilmaning sxemasi:
1 — qobiq; 2 — permeat yig`gichi; 3 — to’r; 4 — spiralsimon ip; 5 — tolalar o’rami

Ichi bochsh tolali qurilmalar. 34.4-rasmda membranasi ichi bochsh tolalardan tashqil 
topgan bir o’ramli qurilmaning sxemasi berilgan. Qurilmaning qobig`i ichiga bir o’ramli ichi 
bochsh tolalar 5 joylashtirilgan. Ichi bochsh tolalar spiralsimon ip yordamida bir o’ram shakliga 
keltirilgan. Bunday qurilmada ajralayotgan suyuqlikni nasos yordamida ichi bochsh tolalarning 
tashqi yuzasi bo’yicha ham, ushbu tolalarning ichki kapillyar kanallari bo’yicha ham o’zatish 
mumkin. Ichi bochsh tolali qurilmalar ixcham bo’lib, ularni tayyorlash uchun kam material 
sarflanadi. Biroq bunday qurilmalar bilan tarkibida muallaq holatdagi zarrachalarni ushlagan 
eritmalarni ajratish mumkin emas. 
 
MAVZU: QURITISH JARAYONI. 
REJA: 
1.
Quritish jarayonining nazariy asoslari 
2.
Nam havoning asosiy xossalari 
3.
Nam havoning holat diagrammasi 
4.
Quritishning tezligi 
Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb 
ataladi.
Bu jarayonda namlik bug`lanish yuli bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug`) fazasiga 
o’tadi. Nam materiallarni quritish jarayonining sanoatda tashqil etish katta ahamiyatga ega. 
Quritilgan materiallarni transport vositasida o’zatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari 
yaxshilanadi, qurilma va quvurlarning korroziyaga uchrashi kamayadi. Materiallarni uch xil 
usulda: mexaniq, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin.


Mexaniq usul
bilan suvsizlantirish tarkibida ko’p miqdorda suv to’tgan materiallarni 
quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda 
markazdan qochma kuch ta`sirida ajratib olinadi. Odatda mexaniq yul bilan namlikni ajratish-
materiallari suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexaniq suvsizlantirishdan sochng 
yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yuli bilan 
ajratib chiqariladi. 
Fizik-kimyoviy usul
bilan materiallarni suvsizlantirish, asosan laboratoriya sharoitlarida 
ishlatiladi. Bu usul suvni o’ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid) dan 
foydalanishiga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material 
joylashtirish yuli bilan uni suvsizlantirish mumkin. 
Issiqlik ta`sirida suvsizlantirish
(quritish) sanoatning turli sohalarida keng ishlatiladi. 
Quritish ko’pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon 
hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat 
bo’lib, namlik avval arzon jarayon hisoblangan mexaniq usul bilan, sochngra qolgan namlik esa 
quritish yo’li bilan ajratiladi. Bunda jarayonning samaradorligi ortadi. 
Quritish ikki xil (tabiiy va sunchiy) yo’l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda 
suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon o’zoq vaqt davom etadi. Sanoatda 
materiallarni suvsizlantirish uchun sunchiy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritkich 
qurilmalarda olib boriladi. 
Quritilishi lozim bo’lgan materiallar uch turga bo’linadi: 
qattiq (donali, bo’lak-bo’lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar, suspenziyalar). 
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o’zaro kontakt qilish usuliga 
ko’ra quritish quyidagi turlarga bo’linadi: 
1) konvektiv quritish nam material bilan qurituvchi agent tochg`ridan-tochg`ri o’zaro 
aralashadi; 
2) kontaktli quritish issiqlik tashuvchi agent va nam material o’rtasida ularni ajratib 
turuvchi devor bo’ladi; 
3) radiasiyali quritish issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi; 
4) dielektrik quritish material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi; 
5) sublimatsiyali quritish material mo’zlagan holda, yuqori vakuum ostida suvsizlantiradi. 
Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari 
deb yuritiladi. Sanoatda asosan quritishning konvektiv usuli keng qo’llaniladi. 

Download 1,41 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish