• Adabiyotlar Kirish
  • Toshkent kimyo texnalogiyalar instituti




    Download 1.78 Mb.
    bet1/11
    Sana25.09.2023
    Hajmi1.78 Mb.
    #84237
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    shaxboz
    3 kun 1-para. M.Kasimova, 2 kun 1-para. X.Sh.Yunusova, 2023 algebra chiqarishga, abilsalixov, jasur, Tursunov, Agzamov F, nafi, rustam, vino, Эргаш, topshiriq, Coursera 3ZYUYNTDU7CD, Қўштепа т хатлов2

    TOSHKENT KIMYO TEXNALOGIYALAR INSTITUTI


    Fakultet: Menejment va kasb talimi

    KURS ISHI
    Fan: Kimyo va oziq-ovqat injineringi jarayonlari va qurilmalari

    Mavzu: Quritish


    Bajardi: C1B -19 guruhi talabasi


    Tursunov Sh

    Qabul qildi: Radjibaev D


    Toshkent-2022


    REJA
    Kirish
    1. Asosiy tushunchalar va ta’riflar.
    2. Quritgichlarning turlari.
    3. Barabanli quritgichlar.
    4. Mavhum qaynash qatlamli quritgichlar.
    Adabiyotlar

    Kirish
    Sanoatda turli tipdagi quritkichlar ishlatiladi. Quritgichlar bir - biridan turli belgilar bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko’ra quritkichlar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritgichlarga bo’linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug’ ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga ko’ra atmosferali va vakuumli quritgichlar bo’ladi. Jarayonni tashkil qilish bo’yicha davriy va uzluksiz ishlaydigan quritkichlar mavjud. Konvektiv quritgichlarda material va qurituvchi agent bir - biriga nisbatan to’g’ri, qarama - qarshi yoki perpendikulyar harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bo’lgan material donasimon, kukunsimon, pastasimon yoki suyuq holatda bo’ladi. Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy tsirkulyatsiya ishlatiladi. Donasimon materiallar ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavhum qaynash va fontansimon holatlarda bo’ladi. Qurituvchi agent bug’, issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki yordamida isitiladi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni quritkichdan chiqarib yuborish, qurituvchi agentdan takror foydalanish, qurituvchi agentni quritish kameralari oralig’ida qizdirish, qurituvchi agentni quritish kameralariga bo’lib berish, qurituvchi agentni quritish kamerasida qo’shimcha ravishda qizdirish, o’zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma - ket almaShtirib berish) va hokazo.
    Konstruktiv tuzilishiga ko’ra quritish qurilmalari har xil bo’ladi. Sanoatda shkafli, kamerali, koridorli (tunelli), shaxtali, barabanli, trubali, shnekli, tsilindrsimon, turbinali, kaskadli, karuselli, konveyerli, pnevmatik, sochib beruvchi va shu kabi quritgichlarishlatiladi.
    Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritish qurilmalari keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi agentning to’g’ridan - to’g’ri kontakti orqali boradi. Sanoatda kamerali, tunelli, lentali, sirtmoqli, barabanli, mavhum qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa konvektiv quritgichlar ishlatiladi, konvektiv quritgichlar ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan hamma quritish qurilmalarining taxminan 80 % ini tashkil etadi.

    Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug‘lanish yо‘li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug‘) fazasiga о‘tadi.


    Nam materiallarni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va quvurlarning korroziyaga uchrashi kamayadi.
    Materiallarni uch xil usulda: mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin.
    Mexanik usul bilan suvsizlantirish – tarkibida kо‘p miqdorda suv tutgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrafugalarda markazdan qochma kuch yordamida ajratib olinadi. Odatda, mexanik yо‘l bilan namlikni ajratish – materiallarni suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan sо‘ng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yо‘li bilan ajratib chiqariladi.
    Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni о‘ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid) dan foydalanishga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material joylashtirish yо‘li bilan uni suvsizlantiish mumkin.
    Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) kimyo va energetika sanoatida keng qо‘llaniladi. Quritish kо‘pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bо‘lib, namlik avval arzon jarayon bilan, sо‘ngra qolgan namlik quritish yо‘li bilan ajratiladi. Material tarkibidagi namlikni bunday murakkab yо‘l bilan ajratish usuli jarayonning samaradorligini oshiradi.
    Quritish ikki xil (tabiiy va sun’iy) yо‘l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Kimyo sanoatida materiallarni suvsizlantirish uchun sun’iy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus quritgich qurilmalarida olib boriladi.
    Quritilishi lozim bо‘lgan materiallar uch turga bо‘linadi: qattiq (donali, bо‘lak-bо‘lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (yoritmalar, suspenziyalar).
    Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan о‘zaro ta’sirlashuv usuliga kо‘ra quritish qо‘yidagi turlarga bо‘linadi:
    1) konvektiv quritish – nam material bilan qurituvchi agent tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘zaro aralashadi;
    2) kontaktli quritish – issiqlik tashuvchi agent va nam material о‘rtasida ularni ajratib turuvchi devor bо‘ladi;
    3) radiasiyali quritish – issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;
    4) diyelektrik quritish – material yuqori chatsotali tok maydonida qizdiriladi;
    5) sublimasiyali quritish – material muzlagan holda, yuqori vakuum otsida suvsizlantiriladi.
    Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb ataladi.
    Quritishning turlaridag qat’i nazar, jarayon davomida material nam gaz (kо‘pincha havo) bilan о‘zaro ta’sirlashib turadi. Konvektiv quritish usuli sanoatda keng ishlatiladi, bu jarayonni amalga oshirish uchun materialga nam havo ta’sirining ahamiyati muhim ahamiyatga ega.
    Sanoatda turli turdagi quritish qurilmalari ishlatiladi. Quritgichlar bir-biridan turli belgilari bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga kо‘ra qurilmalar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritgichlarga bо‘linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug‘ ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga kо‘ra atmosferali va vakuumli quritgichlarga bо‘linadi. Jarayonni tashkil qilish bо‘yicha davriy va uzluksiz ishlaydigan qurilmalarga bо‘linadi.
    Konvektiv quritgichlarda material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan tо‘g‘ri, qarama-qarshi yoki perpendikulyar harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bо‘lgan material donasimon changga о‘xshash, pastasimon yoki suyuq holda bо‘ladi. Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy sirkulyasiya ishlatiladi. Donasimon materiallar ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavg‘um qaynash, fontan hosil bо‘lish kabi holatlarda bо‘ladi. Qurituvchi agent bug‘, issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki yordamida isitiladi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni qurilmadan chiqarib yuborish, qurituvchi agentdan takror foydalanish, qurituvchi agentni quritish kameralari oralig‘ida qizdirish, qurituvchi agentni quritish kameralariga bо‘lib berish, qurituvchi agentni quritish kamerasida qо‘shimcha ravishda qizdirish, о‘zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va hok.
    Konsruktiv tuzilishiga kо‘ra quritish qurilmalari har xil bо‘ladi. Sanoatda shkafli, kamerali, koridorli (tunelli), shaxtali, barabanli, quvurli, shenkli, silindrsimon, turbinali, kaskadli, karuselli, konveyrli, pnevmatik, sochib beruvchi va shu kabi quritgichlar ishlatiladi.
    Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritish qurilmalari keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi agentning tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kontakti orqali boradi. Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida kamerali, tunelli, lentali, sirtmoqli, barabanli, mavg‘um qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa konvektiv quritgichlar ishlatiladi.
    Konvektiv quritgichlar ishlab chiqarishda qо‘llanilayotgan hamma quritish qurilmalarining taxminan 80% ini tashkil etadi. Kimyo sanoatida ishlatilinayotgan konvektiv quritgichlarning 40% barabanli qurilmalar qatoriga kiradi. Biroq barabanli quritgichlarda faqat sochiluvchan materiallarni suvsizlantirish mumkin.
    Sanoatda kо‘proq ishlatiladigan quritgichlar qatoriga yana qо‘yidagi qurilmalar kiradi: mavhum qaynash va fontan hosil qiluvchi quritgichlar (solishtirma ulushi 25%); sochib beruvchi quritgichlar (taxminan 10%); pnevmotansport rejimida ishlaydigan quritgichlar (taxminan 7%); materialni qatlamda quritishga mо‘ljallangan polkali, tunelli, lentali qurilmalar (10% dan kо‘proq).
    Kontaktli quritgichlar ichida sanoatda eng kо‘p tarqalgan qurilmalar qatoriga polkali vakuum-quritish shkaflari, barabanli va valsovkali quritgichlar kiradi.
    Barabanli quritgichlar. Bunday qurilmalar atmosfera bosimi bilan uzluksiz ravishda turli sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Barabanli quritgich silindrsimon barabandan iborat bо‘lib, gorizontga nisbatan kichik og‘ish burchagi (3-60) bilan joylashtirilgan bо‘ladi (10.1 – rasm).

    10.1 – rasm. Barabanli quritgich. 1 – yuklash bunkeri, 2 – tarqatuvchi kurakchalar, 3 – bandajlar, 4 – quritgichning qobig‘i, 5 – siklon, 6 – ventilyator, 7 – bunker, 8 – shnek.
    Baraban bandajlar va roliklar yordamida ushlab turilib, elektromotor va reduktor yordamida aylantiriladi. Qurilma uzunligining diametriga nisbati L/Daq5-6. barabanning aylanishlar soni 5-6 min-1. nam material ta’minlagich orqali vintli qabul qiluvchi nasadkaga beriladi, bu yerda material aralashtiish ta’sirida bir oz quriydi. Sо‘ngra material barabanning ichki qismiga о‘tadi. Barabanning material bilan tо‘lish darajasi 25% dan ortmaydi. Barabanning butun uzunligi bо‘yicha nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar barabanning kesimi bо‘yicha materialni bir meyorda tarqatish va aralashtirishni ta’minlaydi. Bunday sharoitda material bilan qurituvchi agentning о‘zaro ta’siri samarali bо‘ladi.
    Baraban ichida materialning о‘ta qizib ketish darajasini kamaytirish uchun material va qurituvchi agent (tutunli gazlar yoki qizdirilgan havo) bir-biriga nisbatan tо‘g‘ri yо‘nalishda bо‘ladi, chunki bunday sharoitda yuqori haroratli issiq gazlar katta namlikka ega bо‘lgan material bilan kontaktlashadi. Mayda sochiluvchan materiallar uchun havoning baraban ichidagi tezligi 0,5-1,0 m/s, katta bо‘lakli materiallar uchun esa 3,5-4,5 m/s dan ortmasligi lozim. Ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarilishdan oldin mayda changlardan siklonda tozalanadi. Quritilgan material barabandan tashqariga tushiruvchi qurilma orqali chiqariladi.


    Download 1.78 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo texnalogiyalar instituti

    Download 1.78 Mb.