SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 600
GAZLARNI QURITISH USULLARI VA JARAYON PARAMETRLARI
O’lmas Niyoz o’g’li
Namozov
Buxoro muhandislik-
texnologiya instituti
Qayum Karimovich
Jumayev
Buxoro muhandislik-
texnologiya instituti
Saidjon Abdusalimovich
G’aybullayev
Buxoro muhandislik-
texnologiya instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada tabiiy gazlarni namsizlantirish va quritish usullarining tasnifi, quritish
jarayoniga ta’sir qiladigan omillar, ishlatiladigan quritkichlar turlari va tavsiflari
yoritilgan.
Kalit so’zlar: tabiiy gazlar, gazning namligi, qurituvchi absorbentlar, suyuq
quritkichlar, gazlarning shudring nuqtasi, shudring nuqtasi depressiyasi.
GAS DRYING METHODS AND PROCESS PARAMETERS
ABSTRACT
The article discusses the classification of methods for drying and dehydration of
natural gases, factors affecting the drying process, the types of dryers used and their
characteristics.
Key words: natural gases, gas humidity, absorbent dryers, liquid dryers, gas dew
point, dew point depression.
KIRISH
Ma`lumki kondan chiqadigan gaz tarkibida suv bug’lari, N
2
, CO
2
, H
2
S va
meхanik zarralar kabi qo’shimchalar uchraydi. Gazni bunday qo’shimchalarning
tozalash GQIZ ga uzatishda bir qator salbiy holatlarga olib keladi. Chunki, gazlar
sovutilganda yoki, bosimi oshirilganda bug’simon namlik kondensatsiyalanishi va ozod
suv, muz yoki gidrat hosil qilishi mumkin.
Bu esa o’z navbatida gazni qayta ishlash va gaz ta’minoti tizimining jihoz va
quvuruzatkichlarida metallar korroziyasiga; gaz quvurlarida suyuqlik yig’ilib qolishiga;
texnologik
jihozlarning
gidratli
tiqinlar
tufayli
torayishiga
hattoki,
gazni
iste’molchilarga uzatilishining to’xtab qolishiga sabab bo’ladi.
Shunga ko’ra qayta ishlashga yoki, iste’molchiga uzatilayotgan gaz soha standart
talablariga muvofiq, kelgusi qayta ishlash texnologiyasiga ko’ra quritilish talab etiladi.
Gidrat hosil bo’lishi gazning tarkibiga va termodinamik sharoitga (bosim va
haroratga) bog’liq. Shuningdek, gidrat hosil bo’lishi suv tarkibidagi tuzlar miqdoriga
ham bog’liq. Tuz miqdori ortishi bilan gidrat hosil bo’lishi harorati pasayadi. Gidrat
muz yoki zichlashgan qor shaklida bo’ladi. Gidratlar quvurning o’tkazuvchanlik
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
|