|
www.scientificprogress.uzBog'liq gazlarni-quritish-usullari-va-jarayon-parametrlariwww.scientificprogress.uz
Page 601
qobiliyatini pasaytiradi, kompressorga ortiqcha yuklama tushiradi, quvurlar,
jihozlarning korroziyasiga sabab bo’ladi.
Gazlarni qurtish jarayonining asosiy ko’rsatkichi gazlardagi namlik miqdori
orqali ifodalanadi.
Quritish – gazdan bug’simon namlikni ajratish jarayoni. Gazdagi qoldiq namlik
miqdori quritilgan gazning shudring nuqtasi orqali ifodalanadi.
Gaz sanoatida suyuq yutuvchilar yordamida gazlarni quritish keng qo’llaniladi.
Gazlarni quritish qurilmada glikollarni qo’llash ikki ko’rinishda bo’ladi: gaz oqimiga
glikolni purkash va absorbsion.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Gaz gidratlari doimiy tarkibga ega bo’lmaganligi bois, nostexiometrik birikmalarga
mansub sanaladi.
Gidrat hosil qiluvchi komponentlar asosan tabiiy gaz tarkibidagi yengil
uglevodorodlar – metan, etan, propan, izobutan, shuningdek, azot, uglerod ikki oksidi
va vodorod sulfid hisoblanadi. Tabiiy gaz gidratlari quyidagi formulaga egadir (1-
jadval):
metan geksagidrati–
etanning oktagidrati–
propan geptadekagidrati–
izo-butan geptadekagidrati–
vodorod sul’fidi geksagidrati –
azot geksagidrati –
uglerod dioksidi geksagidrati –
Gidratlar ko’rishini – oq kristal moddalar bo’lib, hosil bo’lish sharoitiga ko’ra muz
yoki zichlashtirilgan qorga o’hshaydi. Uglevodorodli gaz gidratlarida suvli kristall
panjara katta qismi suyuq propan va izobutan to’la bo’ladi, kichik qismida esa metan,
etan, azot, vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi bo’ladi.
Gazdagi ushbu qo’shimchalar uzatish quvurlarida gidrat hosil bo’lishiga sabab
bo’ladi hamda uni uzatish va qayta ishlash jarayonini qiyinlashtiradi.
Sanoatda gaz ta’minoti tizimida bunday salbiy oqibatlarni bartaraflash maqsadida
gazlar talab darajasiga qadar quritiladi. Quritish chuqurligi soha standart talablariga va
kelgusi qayta ishlash texnologiyasiga ko’ra aniqlanadi.
Sanoatda gaz va siqilgan uglevodorodlarning quritishning keng tarqalgan quyidagi
usullari mavjud:
- suyuq yutuvchilar – glikollar (mono, di, tri etilen glikollar)
- qattiq yutuvchilar – (aktivlangan alyuminiy oksidi, silikagel, boksitlar) sintetik
seolitlar va boshqalar.
Tabiiy gazlarni quritish usullari sifatida kondensatsion quritish, absorbsion
quritish, glikol purkab quritish va adsorbsion quritish usullarini sanab o’tish mumkin.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
|
| |