quyidagi talablarga javob berishi lozim:
a) konsentratsiya, bosim va haroratning keng oralig’ida yuqori yutuvchanlik
qobilyati;
b) bug’lanish hisobiga yo’qotishlar sezilarsiz bo’lishi uchun to’yingan bug’
bosimi past bo’lishi;
c) yutilgan suvni quritgichdan sodda usullarda ajrata olish uchun qaynash
harorati suvning qaynash haroratidan farq qilishi;
d) sodda usullarda aniq ajralishni ta’minlash uchun absorbentning zichligi
uglevodorodli kondensatning zichligidan farq qilishi;
e) absorber, issiqlik almashtirgichlar va boshqa modda almashinish jihozlarida
gaz bilan yaxshi kontaktlashish imkonini berishi uchun ekspluatatsiya sharoitida quyi
qovushqoq bo’lishi;
f) gaz komponentlariga nisbatan yuqori tanlovchanlik namoyon etishi ya’ni, ular
bilan pat eruvchan bo’lishi;
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 605
g) qo’llaniladigan ingibitorlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi ya’ni,
neytral xossaga ega bo’lishi;
h) korrozion faolligi past bo’lishi;
i) gazli aralashmalar bilan kontakt sharoitida quyi ko’piklanishi;
j) oksidlanish va termik parchalanishga qarshi yuqori turg’unlilik.
Absorbent-glikol absorberda xomashyo gaz bilan kontaktida suvga to’yinadi.
Bundan tashqari glikolning tizim bo’ylab sirkulyatsiyasi davomida turli qo’shimchalar
yig’ilib qoladi.
MUHOKAMA
Gazlarni qazib olish jarayonida suyuqlik tomchilari, kern zarralari, burg’ilash
eritmasi qoldiqlari va shu kabi qatlamdan keluvchi boshqa qo’shimchalarning zararli
oqibatlarini bartaraflash maqsadida konlarda tomchili suyuqlik va mexanik
qo’shimchlardan tozalovchi kirish separatorlari qo’llaniladi.
Tomchili suyuqlik – qatlam suvi tarkibida muayyan miqdorda asosan natriy
xlordan tarkib topgan erigan tuzlar saqlaydi. Bu tarkibda undan tashqari tuz tarkibida
kal’siy xlor, kal’siy va natriy karbonatlari, magniy xloridi va shu kabilar uchraydi.
Kirish separatorlarida tomchili suyuqlikning gazdan to’liq ajralishiga erishib
bo’lmaydi. Suyuqlikning bir qismi gazni suv bug’laridan xalos qilishda absorbent
sifatida foydalaniladigan glikolga yutilib, absorberga o’tadi. Shu vaqtning o’zida
glikolda og’ir uglevodorodlar, quritish qurilmasi jihozlarining korroziyalnish
mahsulotlari va glikolni o’zining smolalanish hosilalari va shu kabilar yig’iladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi DEGda qo’shimchalarning mavjudligi gazlarni quritish
qurilmasi ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, qizdirish va regeneratsiyalash
jarayonlarida kristallik tuzlar, mexanik qo’shimchalar, gilmoya zarralari, qum va okalin
(metal sirtida hosil bo’ladigan oksidlanish mahsulotlari), smolali mahsilotlar
jihozlarning issiqlik uzatuvchi sirtlarida asfal’t kabi konglomerat (lot. conglomeratus —
«yig’ilgan, jamlangan, to’plangan, zichlashgan» turli jinslarning tartibsiz aralashmasi)
aralashma hosil qiladi. Qizdiriladigan sirtlarda bu kabi yotqiziqlarning paydo bo’lishi
issiqlik almashinishni qiyinlashtirib, energiya-xarajatining oshishiga va apparatlarning
issiqlik uzatuvchi sirtlarida ularning kuyishi hisobiga shikastlanib, ishdan chiqishiga
olib keladi.
Glikolda og’ir uglevodorodlarning yetarli miqdorda yig’ilishi qaynoq quvurlar
sirtida uglevodorodlarning bir qismi cho’kib emul’siya ko’rinishida va plyonka paydo
bo’lib, ikki fazali tizim hosil qildi. Bu jarayon devorlarning kokslanishini va natijada
quvurlarning sirti notekis bo’lib qoladi. Quyi joylarida esa yuqori harorat ta’sirida
parchalanadigan glikol va uglevodorodlar yig’iladi. Vujudga kelgan kislota korroziyani
kuchaytirib, jihoz materialini buzilishiga olib keladi. Korroziya mahsulotlari glikolda
to’planib, yuqoridagi muammolarni yanada chuqurlashtiradi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
|