• NEFTNING TARKIBI VA XOSSALARI
  • KOKSLASHNING MAHSULOTLARI
  • Keys’’ metodi Mavzu: Yonilg’ilarni qayta ishlash texnologiyasi qattiq yonilg‘ilarni tarkibi va xossalari




    Download 52.3 Kb.
    bet1/3
    Sana25.05.2023
    Hajmi52.3 Kb.
    #64756
      1   2   3
    Bog'liq
    behzod
    forma, PISA, 2-mavzu Dia para- va ferromagnetizm tabiati-fayllar.org, 6-mavzu Yorug\'lik nuri tabiati, 2-МАЪРУЗА


    ‘’Keys’’ metodi


    Mavzu: Yonilg’ilarni qayta ishlash texnologiyasi


    QATTIQ YONILG‘ILARNI TARKIBI VA XOSSALARI
    Qattiq yonilg‘ilar yonuvchan (organik) va yonmaydigan (mineral) qismidan tarkib topgan. Organik qismi S, N, O, qisman S, N dan iborat. Yonmaydigan qismi nam va mineral moddalardan tashkil topgan. Mineral qismni temir, kalsiy, magniy, natriy, kaliyning karbonatlari, silikatlari, sulfatlari, sulfidlari tashkil qiladi. Yonilg‘ilar issiqlik berish qobiliyatiga ega-bu yonilg‘ining massa birligi yoki hajm birligini yonishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik miqdoridir.



    Yonilg‘i

    Issiqlik berish qobiliyati


    kJg‘kg

    Yog‘och

    18850

    Torf

    23900

    Qo‘ng‘ir ko‘mir

    25550

    Toshko‘mir

    33920

    Antratsit

    33500

    Yonuvchi slanetslar

    33920

    Koks

    31400-35500

    Neft

    39800-44000



    NEFTNING TARKIBI VA XOSSALARI
    Neft asosan ugleroddan (83-97%) va vodoroddan (12-14%) tarkib topgan bo‘lib, bu elementlar uglevodorodlarning murakkab aralashmasi tarkibiga kiradi. Uglevodorod qismidan tashqari mineral qo‘shimchalar va uglevodorod bo‘lmagan qismi ham mavjud.
    Uglevodorod qismi parafin (alkanlar), naften (siklanlar) va aromatik uglevodorodlardan iborat. С14 uglevodorodlar neftda erigan holatda bo‘ladi. Suyuq parafin uglevodorodlar (C5H1215Н32) neftni asosiy qismini tashkil qiladi. Qattiq uglevodorodlar С16Н34 neftda erigan bo‘lib, undan ajratib olinadi. Naften uglevodorodlari siklopentan va siklogeksandan iborat. Aromatik uglevodorodlar (benzol va uning gomologlari) neftda nisbatan kichik miqdorda bo‘ladi.
    Neftlar tarkibiga ko‘ra yengil, og‘ir, parafinli, naftenli va h.k. larga bo‘linadi.
    Uglevodorod bo‘lmagan qismi oltingugurt, kislorod va azot birikmalaridan iborat. S═0,1-7%, N va O 1,5-2,2%. Mineral qismi-mexanik aralashmalar, mineral tuzlar, kul.
    Neftlarni fraksion tarkibi ularni haydash bilan aniqlanadi. Bunda fraksiyalar qaynar temperaturasi bo‘yicha ajratiladi. Neftning xossalari tarkibiga bog‘liq. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha neft rangi och sariqdan to‘q jigarrangacha o‘zgaradi, zichligi 0,83-0,97 gg‘sm3, yonish issiqligi 39800-44000 kJg‘kg.
    KOKSLASHNING MAHSULOTLARI
    1. Koks-qattiq, qopa-qo‘ng‘ir, g‘ovakli mahsulot. 1 t shixtadan 650-750 kg koks olinadi. Koks asosan metallurgiyada, undan tashqari gazlashda, kalsiy karbid, elektrodlar ishlab chiqarishda va kimyoviy sanoatda reagent va yonilg‘i sifatida ishlatiladi. Metallurgiyada ishlatilishi sababli u yuqori mexanik mustahkamlikka ega bo‘lishi kerak. Uning issiqlik berish qobiliyati 31400-33500 kJg‘kg bo‘lishi kerak. Koksning ko‘rsatkichlari-yonuvchanligi va reaksion qobiliyati (yaxshi qaytaruvchi). Koksdagi oltingugurt miqdori 1,2-1,7%, kul-10-11%.
    2. Koks gazi-1t quruq ko‘mirdan 310-340 m3 hajmda hosil bo‘ladi. Uning tarkibi temperaturaga bog‘liq. Kokslash kameradan to‘g‘ri koks gazi-gaz moddalarning aralashmasi (smola, toshko‘mir va xombenzol bug‘lari) chiqadi. Undan shu moddalar ajratilib olingandan so‘ng teskari koks gazi hosil bo‘ladi,bu esa kimyoviy sintezlar uchun xomashyo, sanoat yonilg‘isi sifatida koks, po‘lat qo‘yish pechlarini qizdirish uchun ishlatiladi.
    3. Toshkumir smolasi-qovushqoq, qora-qo‘ng‘ir, maxsus hidli, 300 ta turli moddalardan iborat bo‘lgan suyuqlik. Uning tarkibida benzol, toluol, fenol, ksilol, naftalin, antratsen, fenantren, piridin va h.k bo‘ladi. Undan buyoqlar, farmatsevtika preparatlari, plastmassalar, kimyoviy tolalar-jami 200 dan ortiq mahsulotlar olinadi.
    4. Xom benzol-uglerod disulfid, benzol, toluol, ksilol va boshqalardan tashkil topgan. Xom benzolning chiqishi ko‘mirning 1,1% ni tashkil qiladi. Uni haydash natijasida individual aromatik birikmalar hosil bo‘ladi. Ayni xombenzol va toshko‘mir smolasi kimyoviy sanoat uchun aromatik uglevodorodlarning manbai hisoblanadi.
    5. Smola ustidagi suv-ammiak va ammoniy tuzlarining kuchsiz eritmasi (fenol, piridin asoslari ham oz miqdorda bo‘ladi). Smola ustidagi suvdan ammiak olinadi va koks gazining ammiaki bilan ammoniy sulfat va konsentrlangan ammiak suvi olish uchun ishlatiladi.



    Download 52.3 Kb.
      1   2   3




    Download 52.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keys’’ metodi Mavzu: Yonilg’ilarni qayta ishlash texnologiyasi qattiq yonilg‘ilarni tarkibi va xossalari

    Download 52.3 Kb.