|
Mavzu: Mavhum qaynash qatlamli quritgichni hisoblash Mundarija
|
bet | 1/15 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 304,72 Kb. | | #267865 |
Bog'liq Mavzu Mavhum qaynash qatlamli quritgichni hisoblash Mundarija
Mavzu:Mavhum qaynash qatlamli quritgichni hisoblash
Mundarija
Kirish ...........................................................................................................................
1. Nazariy qism...............................................
1.1.Tunelli quritgich……………………………...........................................................
1.2. Barabanli quritgichlar………………………………………………………….
1.3. Sochib beruvchi quritgichlar…………………………………………………..
1.4. Quritgichlarning maxsus turlari ………………………………………………
1.4.1. Termoradiatsiyali quritgichlar……………………………………………….
1.4.2. Yuqori chastotali quritgichlar………………………………………………...
Hisob qismi...............................................................................................................
Xulosa........................................................................................................................
4. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati........................................................................
Kirish
Respublikamiz mustaqil bo‘lgandan keyin neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ilgarigi o‘z holicha ish yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona tarmoq - “Uzbekneftgaz” milliy xolding korporatsiyasiga birlashtirildi. Bu korporatsiyaning tarkibida neft va gazni kayta ishlash bo‘yicha uchta yirik korxona ishlab turipti. Bular: “O‘zneftni qayta ishlash” davlat sanaoat birlashmasi, Sho‘rtan va Muborakdagi gazni qayta ishlash zavodlari. “O‘zbekneftmahsulot” aksiyadorlik birlashmasi tarkibiga Farg‘ona, Olti Ariq va Buxorodagi neftni kayta ishlash zavodlari kiradi. Sho‘rtan gazni qayta ishalsh zavodining yaqinida gazni kimyoviy usul bilan qayta ishlash kompleksi qurildi. Bu kompleks gazdan polietilen, polimerbenzin va shu kabi maxsulotlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Bu korxonalar uchun xomashyo: neft, gaz kondensati va tabiiy gaz hisoblanadi. gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy tarkibiga o‘xshash bo‘lib, faqat qaynash temperaturasining oxiri bilan farqlanadi /gaz kondensati neftga karaganda birmuncha yengil xisoblanadi/. Shu sababli gaz kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda qayta ishlanadi.
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek Respublikamizda ikkita yirik tabiiy gazni qayta ishlash zavodlari va gazni kimyoviy qayta ishlash kompleksi mavjud. Muborak gazni kayta ishlash zavodda tabiiy gazlarni oltingugurt birikmalaridan (asosan N2Sdan) tozalovchi, gazlarni quyi temperaturada sovutib suv va gaz kondensati tomchilaridan tozalovchi, nordon gazlardan oltingugurt ishlab chiqaruvchi, gaz kondensantini tindiruvchi texnologik qurilmalar ishlab turibti. Oltingugurt ishlab chiqaruvchi qurilmani chiqindi gazlarni kayta ishlab, uning tarkibidagi H2S gazidan qo‘shimcha miqdorda oltingugurt oluvchi “Sulferin” qurilmasi ishga tushishi bilan atmosferaga chiqib ketayotgan gazlarni tarkibi tozalanadi. Shunday qilib, Muborak gazni qayta ishlovchi zavod Xalq xo‘jaligini tovar tabiiy gazi, toza oltingugurt va tindirilgan gaz kondensanti bilan taʼminlaydi.
Sho‘rtan gazni qayta ishlash zavodi asosan Kamoltingo‘gurtli tabiiy gazni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Bu zavodda tabiy gazni sovitib quyi temperaturada
suv va gaz kondensat tomchilaridan tozalovchi; seolitlar va absorbentlar yordamida oltingugurt birikmalaridan (asosan N2S) tozalovchi; nordon gazlardan oltingugurt ishlab chiqaruvchi; gaz kondensanti tindiruvchi; tabiiy gazdan quyi temperaturada propan-butan fraksiyasini ajratib oluvchi texnologik qurilmalar ishlab turibdi.
Hozirgi vaqtda, Sho‘rton gazni qayta ishlash zavodining yaqinida yangi zamonaviy gaz- kimyo kompleks ishlab turibdi. Bu kompleksda tabiiy gazni oltingugurtli birikmalardan (asosan N2S gazidan) absorbentlar yordamida tozalovchi; tabiiy gazni sovitib quyi temperaturada suv va gaz kondensati tomchilaridan tozalovchi; gazni metan, etan va propan - butan fraksiyalariga ajratuvchi; etan fraksiyasini piroliz qurilmasiga berilib, asosan etilen oluvchi; etilendan polietilen maxsulotlarini oluvchi qurilmalarni o‘z ichiga olgan. Zavodning quvvati yiliga 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarish mo‘ljallangan bo‘lib shundan 45 ming tonnasi qo‘shni davlatlarda sotilmoqda.
Xom ashyoni qayta ishlash uchun malakali muxandis xodimlar, texnologlarning o‘rni juda katta. Muxandis - texnolog kadrlarning asosiy mutaxassislik fanlaridan biri bu “Asosiy texnologik jarayonlar va kurilmalar ” fani bo‘lib, ushbu fan yakunida kurs ishi bajarish talabalarga fanni yanada chuqurroq o‘rganish va olgan bilimlarini mustaxkamlashga xizmat qiladi.
|
| |