|
Mavzu: Mavhum qaynash qatlamli quritgichni hisoblash Mundarija
|
bet | 5/15 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 304,72 Kb. | | #267865 |
Bog'liq Mavzu Mavhum qaynash qatlamli quritgichni hisoblash Mundarija1.1.Tunelli kurtgich
Sanoatda konvektiv usul bilan ishlaydigan quritish qurilmalari keng tarqalgan. Bunday qurilmalarda quritish jarayoni nam material bilan qurituvchi agentning to`g’ridan - to`g’ri kontakti orqali boradi. Sanoatda kamerali, tunelli, lentali, sirtmoqli, barabanli, mavhum qaynash qatlamli, sochib beruvchi, pnevmatik va boshqa konvektiv quritgichlar ishlatiladi. Konvektiv quritgichlar ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan hamma quritish qurilmalarining taxminan 80 % ini tashkil etadi.
Tunelli quritgichlar. Bunday tipdagi quritgichlar to`g’ri tӯrtburchak kesimiga ega bo`lgan uzun kameradan (koridordan) iborat bo`ladi (1-rasm). Kamera ichida vagonetkalarning sekin harakatlanishi uchun temir yo`l izlari o`rnatilgan. Koridorga kiruvchi va undan chiqadigan eshiklar zich yopiladi. Vagonetkalarga nam meterial joylashtiriladi. Qurituvchi agent ( havo) kaloriferlarda isitilib beriladi. Havo oqimi ventilyatorlar yordamida nam materialga nisbatan to`g’ri yoki qarama–qarshi yo`nalishda harakatga keltiriladi. Vagonetkalar esa mexanik chig’irlar yordamida harakatlanadi. Tunelning balandligi 2,0-2,5 m bo`lib, uzunligi 25-60 m gacha etadi.
1- rasm. Tunelli kurtgich: 1-kamera; 2- vagonetkalar; 3-ventilyator; 4-kalorifer.
Tunelli quritgichlarda qurituvchi agent qisman retsirkullyatsiya qilinadi. Bunday qurilmalar katta o`lchamli donasimon materiallarni quritish uchun ishlatiladi.
Kamchiliklari: quritish tezligi kichik, jarayon uzok vaqt davom etadi, quritish bir me`yorda bormaydi, qo`l kuchidan foydalaniladi.
1.2. Barabanli quritgichlar.
Bunday qurilmalar uzluksiz ravishda turli sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Barabanli quritgich tsilindrsimon barabandan iborat bo`lib, gorizontga nisbatan kichik og’ish burchagi (3–6o) bilan joylashtirilgan bo`ladi (2–rasm). Baraban bandajlari va roliklar yordamida ushlab turilib, elektrodvigatel’ va reduktor yordamida aylantiriladi. Qurilma uzunligining diametriga nisbati L/D=5 - 6. Barabanning aylanishlar soni 5-6 min-1 Nam material ta`minlagich orqali vintli qabul qiluvchi nasadkaga beriladi, bu yerda material aralashtirish ta`sirida bir oz quriydi. So`ngra material barabanning ichki qismiga o`tadi. Barabanning material bilan to`lish darajasi 25 % dan ortmaydi. Barabanning butun uzunligi bo`yicha nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar barabanning kesimi bo`yicha materialni bir me`yorda tarqatish va aralashtirishni ta`minlaydi. Bunday sharoitda materil bilan qurituvchi agentning o`zaro ta`siri samarali bo`ladi.
Baraban ichida materialning o`ta qizib ketishini oldini olish uchun material va qurituvchi agent (tutunli gazlar yoki qizdirilgan havo) bir-biriga nisbatan to`g’ri yo`nalishda xarakat kiladi chunki bunday sharoitda yuqori temperaturali issiq gazlar katta namlikka ega bo`lgan material bilan kontaktlashadi. Mayda sochiluvchan materiallar uchun havoning baraban ichidagi tezligi 0,5–1,0 m/s, katta bo`lakli materiallar uchun 3,5–4,5 m/s dan ortmasligi kerak. Ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarilishidan oldin mayda changlardan tsiklonda tozalanadi. Quritilgan material barabandan tashqariga tushiruvchi qurilma orqali chiqariladi.
Quritilgan material donalarning o`lchamlari va xossalariga ko`ra qurilmalarda har xil nasadkalardan foydalaniladi (3-rasm). Katta bo`lakli va qovushqoq xususiyatga ega materiallarni quritish uchun qurituvchi-parrakli nasadkalar, yomon sochiluvchan va katta zichlikka ega bo`lgan katta bo`lakli materiallarni quritish uchun esa sektorli nasadkalar ishlatiladi. Kichik bo`lakli, tez sochiluvchan materialarni quritishda tarqatuvchi nasadkalar keng ishlatiladi. Mayda qilib ezilgan kukunsimon materiallarni berk yacheykali dovonsimon nasadkalari bo`lgan barabanlarda quritish maqsadga muvofiqdir. Ayrim sharoitlarda murakkab nasadkalardan xam foydalaniladi.
|
| |