• KURS ISHI
  • Mm50-guruh talabasi musurmonova charosning




    Download 215.8 Kb.
    bet1/6
    Sana02.11.2023
    Hajmi215.8 Kb.
    #93528
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mm50-guruh talabasi musurmonova charosning
    3 ta mavzu, 1-seminar, 7-Seminar, 1-мавзу-КЎМ 2017 2-Semestr, 2-3 Kurs ishi himoyasi jadvali Kimyo, xAv9JOOeb8mkSMU8QSjtRLgH9rqsx4CBuxoHbXya, Lecture 10 mavzu xom–ashyo va shisha idish yuvuvchi jihozlarni , Attachment, LearnEnglish-Listening-A2-Four-conversations, Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarni ochish-fayllar.org, e5841df2166dd424a57127423d276bbe, TABIIY FANLAR SIRTQI111, ВАЛЮТНАЯ СИСТЕМА РОССИЙСКОЙ ФИДЕРАЦИИ, 21.23.A.Abdusattorov Zafarbekning -Jismoniy tarbiya va sporot menjmenti -Profesanal sport menejmentini rivojlantirish omillari

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
    MOLIYA FAKULTETI

    MM50-GURUH TALABASI MUSURMONOVA CHAROSNING


    MAMLAKATIMIZDA KORPORATIV BOSHQARUVNING RIVOJLANISHI UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR”


    MAVZUSIDA YOZGAN

    KURS ISHI


    Topshirdi: Musurmonova.Ch
    Ilmiy rahbar: Safarova.N
    TOSHKENT – 2022

    MUNDARIJA


    KIRISH.........................................................................................................................3
    ASOSIY QISM
    1.1.Moliyaviy boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlari va uning ahamiyati........................................................................................................................6
    1.2.Korporativ moliyaviy boshqaruvning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi roli hamda moliyaviy boshqaruvchilar zarurligi.................................................................15
    1.3.Korporativ tuzilmalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish yo’llari................21 XULOSA.....................................................................................................................28
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI..............................................30

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi.Ma’lumki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalarning o’rni benihoya yuqoriligi ko’pchilik iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasida allaqachon o’z tasdig’ini topgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda korporativ moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish yo’llari va korporativ boshqaruv standartlarini kiritishda rag’batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
    Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korporativ tuzilmalarni yanada rivojlantirish dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy tehnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.Shu asnoda, bugungi kun yurtboshimiz bo’lgan Sh.Mirziyoyevning ’’O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida’’gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan1 makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori o’sish sur’atlarini saqlab qolish,davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish, korporativ tuzilmalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini oshirish, chet el investitsiyalarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan tashqi aloqalarni kengaytirish, ayrim milliy korporativ tuzilmalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi tadbirlarga firma, korporativ tuzilmalarni tayyorlash, moliyaviy faoliyat yo’nalishlarini barqarorlashtirish muhim ekanligini aytib o’tmog’imiz darkor.
    Shunday ekan, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korporativ tuzilmalarda korporativ boshqaruv tizimini tashkil etish hamda moliyaviy
    boshqaruv sohasini takomillashtirish yo’llarini o’rganish muhim vazifalardan biri sanaladi. Binobarin, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o’zgartirishimiz uning haqiqiy bozor xususiyatlariga ega bo’lishini ta’minlash va konservativ qarashlardan xalos bo’lishida katta hissa bo’ldi”2.
    Shulardan kelib chiqqan holda, korporativ tuzilmalarda moliyaviy boshqaruv tizimini samarali tashkil etish iqtisodiy subyekt moliyaviy barqarorligini oshirish orqali mulkdorlar moddiy farovonligining o'sishiga xizmat qiladi. Korporativ tuzilmalarning moliyaviy barqarorligi o‘z navbatida, mamalakat moliya tizimi barqarorligi hamda aholining moddiy farovonligiga xizmat qiladi.
    Shu asnoda, rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, respublikamizda ham korporativ tuzilmalarda moliyaviy boshqaruv tizimini samarali tashkil etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki, mamlakatimizda hali to’la – to’kis tadqiq etilmagan mazkur sohani iqtisodiyotda keng targ’ib etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda korporativ tuzilmalarning roli va ahamiyatini oshirish borasida hali ko’plab vazifalarni amalga oshirish lozim. Bu esa istiqbolda mazkur boshqaruv shaklidan samarali foydalanish maqsadida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida amal qilib kelayotgan korporativ boshqaruv usullarini teran tahlil etish lozimligini ko’rsatadi.

    Download 215.8 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 215.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mm50-guruh talabasi musurmonova charosning

    Download 215.8 Kb.