Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi
1
2022
Tashkent state transport university
SHAHAR YO‘L-TRANSPORT TARMOG‘INI
REJALASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
Maxkamov Dilshodbek, Xabibullayev Muhammadsidiq
Namangan muhandislik-qurilish
instituti (Toshkent, O‘zbekiston)
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Shahar yo‘l-transport tarmoqlarini rejalashtirishning asosiy maqsadi
vazifalari haqida ma`lumotlar yoritilgan, shahar hududi sharoitlarini hisobga olgan
xolda muhandislik yer osti tarmoqlarini loyihalash, yo‘llarda xavfsiz harakatni tashkil
etishdan iboratdir.
Kalit so‘zlar:
Shahar, Shahar yo‘l-transport tarmoqlari, transport tugunlari, ko‘cha va yo‘l
tarmoqlari, urbanizatsiya.
SCIENTIFIC BASIS OF URBAN ROAD TRANSPORTATION PLANNING
Makh
kamov Dilshodbek,
Khabibullayev Mukh
ammadsidiq
Namangan engineering and construction institute (Namangan, Uzbekistan)
Abstract:
This article provides information on the main objectives of the planning of urban road
transport networks, the design of engineering underground networks, taking into account
the conditions of the urban area, the organization of safe traffic.
Keywords:
City, City Roads, Transport Hubs, Streets and Roads, Urbanization.
Kirish
BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistondagi ekspertlarining fikricha, bugungi
kunda yuk va yo‘lovchi tashishning asosiy qismi aynan avtomobil yo‘llariga to‘g‘ri
kelmoqda.
Xususan, avtomobil yo‘llari orqali yuklarning qariyb 85%, yo‘lovchilarning
95%dan ortig‘i tashilmoqda.
Bu shundan dalolat beradiki, avtoyo‘llar mamlakatimizning ijtimoiy-
iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutadi. Shu bois O‘zbekistonda iste’molchilarni
ishonchli, qulay, xavfsiz va rentabelli transport aloqasi bilan ta’minlaydigan
transport-kommunikatsiya tarmog‘ini tashkil etish vazifasi muhim ahamiyat kasb
etadi. O‘zbekiston Respublikasining barcha shaharlarida keyingi yillarda katta-
katta masshtabli “Toshkent siti”, “Olmazor siti”, “Akay siti”, “Namangan siti”,
“Buxoro siti”, “Samarqand siti”, “Xovos siti” va h.k. kabi qurishlar tezkorlik bilan
olib borilmoqda.
Shahar yo‘l-ko‘cha tarmoqlarida bajariladigan eng asosiy vazifalardan biri,
tarmoq bo‘ylab transport, piyodalar va velosipedchilarning havfsiz harakatni
tashkil etish, transport vositalarini tirbandligini bartaraf etish, ko‘chaning o‘tkazish
qobiliyatni oshirish, ko‘cha bo‘ylab optimal tezlikni ta‘minlash va yo‘l-transport
hodisalarini kamaytirish. Sanab o‘tilgan tadbirlarni amalga oshirishda va shahar
yo‘l va ko‘chalarini transport-ekspluatastion ko’rsatkichlarini oshirishda
qo‘llaniladigan usullardan foydalanish nafaqat harakatni to‘g‘ri tashkil etishda,
balki harakat xavfsizligini va ko‘chani o‘tkazish qobiliyatini oshirishga samarali
ta’sir etadi. Shuningdek, yuqorida keltirilgan tadbirlar ko‘chani rekonstrukstiya
qilishga nisbatan arzon bo’lib, kapital ishlarni qilishdan oldin shahar yo‘l va
|