• Asosiy qisim.
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana11.12.2023
    Hajmi0,68 Mb.
    #115672
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    shahar-yo-l-transport-tarmog-ini-rejalashtirishning-ilmiy-asoslari

     Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi

    2022 
     
     
     
    Tashkent state transport university
     
    ko‘chalarni harakatlanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha birinchi navbatda 
    bajariladigan bosqich deb qabul qilish kerak. 
    Asosiy qisim. Bugun respublikamiz uchun halqaro va mahalliy yo‘llarni 
    rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki davlatimizning jahon 
    iqtisodiyotiga jadal integratsiyalashish jarayoni bevosita yo‘l tizimining samarali 
    ishlashi bilan bog‘liqdir. 
    Shu bois O‘zbekistonda iste’molchilarni ishonchli, qulay, xavfsiz va 
    rentabelli transport aloqasi bilan ta’minlaydigan transport-kommunikatsiya 
    tarmog‘ini tashkil etish vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi.
     
    Shahar yo‘l-transport tarmoqlarini rejalashtirish rivojlantirishning 
    asosiy maqsadi va vazifalari - bu shaharlardagi transport muammolari: 
    - ko‘cha va yo‘l tarmoqlarini kuchli yuklanish bilan ishlashi; 
    - shahar yo‘llarida transportlarni o‘tkazish qobiliyatini pasayishi; 
    - aholini avtotransportlardan foydalanishida ko‘p vaqt sarflashi; 
    - shahar hududida yangi yo‘llarni qurish uchun hudud muammolarini o‘rganish va 
    tahlil etish; 
    - shahar yo‘llari va ko‘chalari tarmog‘ini loyihalashda shahar transportining ta’siri; 
    shahar ko‘cha va yo‘llardan suvni chetlatish tarmoqlarini loyihalash; 
    - shahar hududiy sharoitlarini hisobga olgan xolda muhandislik yer osti 
    tarmoqlarini loyihalash; 
    - shahar ko‘cha va yo‘llarda xavfsiz harakatni tashkil etishdan iboratdir; 
    -shahar ko‘cha va yo‘llarini loyihalash atrof-muhit va ekologiyaga zarar 
    etkazmaslik. 
    Shaharsozlik nuq`tai nazaridan shahar deb, ma’lum chegaralangan hududda 
    turar joy, boshqaruv organlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshka binolar, 
    hamda turli korxonalar, ijtimoiy, madaniy, sog‘liqni saqlash va boshqa muassasalar 
    jamlangan joyga aytiladi. 
    Transportlarni rivojlantirish nuqtai nazaridan shahar bu - temir yo‘l va 
    avtomobil yo‘llari, havo va suv transportlari tugunlari joylashgan markazdir.
    Transport tugunlari hududida yo‘lovchilarni va yuklarni harakati va 
    taqsimlanishi jarayonlari sodir buladi.
    Shahar ko‘chalari tarmoqlarining rejasi ishlab chiqarish korxonalari, turar 
    joy mavzelari, jamoat binolari, vokzallar, pristanlar, shuningdek, shahar 
    tashqarisidagi yo‘llarning tutashishlarini joylashtirish bilan belgilanadi.
    Eski 
    shaharlarning 
    rejalashtirilishi 
    ijtimoiy, 
    topografik 
    va 
    iqlim 
    sharoitlarining ta’sirida tarixan yuzaga kelgan (tarkib topgan).
    Yangi shaharlarni rejalashtirishda aholi uchun eng yaxshi qulayliklar 
    yaratishdek asosiy tamoyildan kelib chiqiladi. Yangi shaharlarni rejalashtirish
    mavjud shaharlarni rivojlantirish va qayta qurish kabi, sanoat, transport aloqalarini 
    joylashtirishni, turar joy mavzelari uchun eng yaroqli uchastkalar tanlashni va 
    yashil massivlar yaratishni har tomonlama o‘rganishga asoslanadi. Ishlab chiqarish 
    korxonalari, muassasalar, vokzallar, pristanlar va jamoat foydalanadigan joylarning 
    joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, yuk oqimlarining yo‘nalishi va 
    miqdori belgilanadi.



    Download 0,68 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korporativ boshqaruv modellarining transformatsiyasi

    Download 0,68 Mb.
    Pdf ko'rish