|
Fakulteti,,moliya va buxgalteriya hisobi
|
bet | 1/10 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 85,01 Kb. | | #242748 |
Bog'liq Amaliyot Hisoboti Muzapparov Javohir
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
,,IQTISODIYOT” FAKULTETI
,,MOLIYA VA BUXGALTERIYA HISOBI” KAFEDRASI
,,MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR” YO’NALISHI BO’YICHA
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOT
HISOBOTI
3-kurs MMT-2201
Bajardi: J.Muzapparov
Qabul qildi: SH.G’afforov
Toshkent – 2023
MUNDARIJA
Kirish
1. Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosini amalga oshirishda Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy (viloyat, shahar, tuman) bo’limlarining o’rni,tashkiliy tuzilishi va vazifalar
2. Yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish, hisobga olish va narxlar monitoringi amaliyoti tahlili
3. Moliyaviy majburiyatlar asosida xarajatlar guruhlari bo’yicha to’lovlarni amalgaoshirish amaliyoti tahlili
4. O’RMV AT va «UzASBO» DM asosidag’azna ijrosi mexanizmini tashkil etishamaliyoti tahlili
5. G’aznachilik bo’limining mamlakatni iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati
6. G’aznachilik bo’limida daromadlarning shallanishi va xarajatlarni taqsimlashda G’aznachilik bo’limilari moliya bo’limining vazifasi va funksiyalari
7. G’aznachilik bo’limida moliyaviy rejashtirish va G’aznachilik bo’limining xarajatlari tarkibi
8. G’aznachilik bo’limining joriy pul oqimlari va xisob-kitoblari
9. G’aznachilik bo’limini moliyalashtirish manbalarning tarkibi va G’aznachilik bo’limining o’z kapitalini boshqarishi
10. G’aznachilik bo’limi moliyaviy aktivlarini boshqarish va G’aznachilik bo’limi daromadi (foydasi) ni soliqqa tortish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Men, 2023-yil 11-sentyabrdan 2023-yil 19-dekabrga qadar ishlab chiqarish amaliyotini Toshkent shahar Yashnobod tuman G’aznachilik bo’limida o’tadim.
Ishlab chiqarish amaliyoti davomida “G’aznachilik” mutaxassisligini amaliyot bilan mustahkamlash, kasb layoqati va ko’nikmalarini shakllantirishga harakat qildim.
Ishlab chiqarish davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim:
- nazariy bilimlarimni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirdim;
- sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim;
- amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'plab, ulardan unumli foydalandim hamda tizimlashtirdim;
- amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilib, omilli bog'liqlikda xulosalar yozdim;
- amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlab, unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini yoritdim. Shuningdek, malakaviy amaliyot o’tash davrida moliya bo’limining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham ishtirok etdim.
Amaliyot davomida universitet tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.
1.Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosini amalga oshirishda Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi G’aznachilik boshqarmasi va uning hududiy (viloyat, shahar, tuman) bo’limlarining o’rni,tashkiliy tuzilishi va vazifalar.
G’aznachilik tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. G’aznachilikni lavozimiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o’rinbosari hisoblanadigan boshliq boshqaradi. G’aznachilik boshlig’i O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
G’aznachilik boshlig’i o’rinbosarlari G’aznachilik boshlig’ining taqdimiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar. G’aznachilikning hududiy bo’linmalari boshliqlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda G’aznachilik boshlig’i taqdimiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. G’aznachilikning hududiy bo’linmalari to’g’risidagi nizomlar O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil qiladi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga va O’zbekiston Respublikasi moliya vaziriga bo’ysunishi va hisobot berishi asosida faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilik o’ziga berilgan vakolatlarga muvofiq o’z hududiy bo’linmalari faoliyati ustidan tezkor boshqaruvni va nazoratni amalga oshiradi. G’aznachilik O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tarkibidagi davlat ijroiya organi hisoblanadi.
G’aznachilikning Qoraqalpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’linmalari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat G’aznachisi rahbarlik qiladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga muvofiq G’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika budjetidan amalga oshiriladi. Bugungi kunga kelib G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari shtatlari shakllantirilgan bo’lib, markaziy G’aznachilikka 92 ta, G’aznachilik hududiy 71 bo’linmalariga 2261 ta, jami G’aznachilik tizimiga 2353 ta shtat birligi ajratilgan. Lekin davlat budjeti g’azna ijrosi bilan qamrab olinayotgan jarayonlarni hisobga oladigan bo’lsak, g’aznachilik orqali budjet daromadlari va xarajatlari ijrosi, budjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning daromad va xarajatlari ijrosi, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari tushumi va sarfi ijrosi amalga oshirilayotganligini, bu bilan bog’liq bo’lgan ish hajmining ortib borayotganligini hisobga olib, G’aznachilik amaliyot boshqarmalari bo’linmalari shtatlari sonini qayta ko’rib chiqish zarurligini e’tirof etish lozim.
G’aznachilikning tashkiliy tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining Davlat budjetining g’azna ijrosi bo’yicha amalga oshiriladigan faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi Markaziy apparati tuzilmasiga shunday yirik boshqarmalardan biri “Amaliyot boshqarmasi”, “Metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi” va “Davlat budjetining g’azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi” singari boshqarmalar kiradi. PQ-594-son Qaror bilan shuningdek, G’aznachilik hududiy bo’linmalarining tashkiliy tuzilishi ham tasdiqlangan.
Moliya vazirligi G’aznachiligi to’g’risidagi Nizomga muvofiq, G’aznachilikning hududiy bo’linmalari quyidagi ishlarni bajaradi:
budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to’lovlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablag’lari bilan to’lanadigan boshqa to’lovlarni to’lash uchun g’aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag’lar o’tkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga sudning qarori bo’yicha yagona g’aznachilik hisobraqamidan yoki g’aznachilikning boshqa hisobraqamlaridan mablag’lar o’tkazadi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga etkazilgan zararni qoplash uchun mablag’lar o’tkazadi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har kunlik asosida g’aznachilik hisobraqamlarida mablag’larning harakati to’g’risidagi axborotni elektron shaklda taqdim etadi;
budjetdan mablag’ oluvchilarga ular uchun g’aznachilikda yoki uning hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko’chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga budjet mablag’lari o’tkazilganligini tasdiqlaydigan to’lov hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi;
manbalar bo’yicha tegishli budjetlar daromadlari tushumi hisobini yuritadi;
moliya organlarining topshirig’i bo’yicha yuqori budjetlarda nazarda tutilgan rejali dotatsiyalar, subventsiyalar, budjet ssudalari summasini va boshqa to’lovlarni quyi budjetlarning shaxsiy g’aznachilik hisobraqamlariga o’tkazadi;
budjet tashkilotlari va buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar doirasida va maqsadlarga muvofiq tuzilishi ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazadi;
budjetdan mablag’ oluvchilar nomidan ro’yxatga olingan shartnomalarda yoki boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovarlarni etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) ning bevosita bank hisobraqamlariga to’lovlarni amalga oshiradi;
budjet tashkilotlarini, jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan budjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish yuzasidan monitoring olib boradi, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini hamda qoidaga ko’ra, vositachilik xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi;
schyot-fakturalar va tovarlar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi) holatini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar asosida budjet mablag’i oluvchilarning moliyaviy majburiyatlari hisobini yuritadi va boshqa ishlarni amalga oshiradi. Bugungi kunda davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etish borasidagi Prezident qarorlarining ijrosi doirasida Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablag’larini jalb etgan holda davlat budjetining barcha daromadlarini yagona g’azna hisobraqamiga jamlash va undan xarajatlar to’lovini amalga oshirish imkonini beruvchi davlat budjeti g’azna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi.
G’aznachilik boshqarmalari yuridik shaxslar hisoblanadi. Quyidagilar G’aznachilikning asosiy vazifalari hisoblanadi;
- Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o’rtasida taqsimlash, budjet tashkilotlari va O’R QHT, 2016 y., 17-son, 176-modda 65 budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish;
G`aznachilik bo`linmalari davlat moliyaviy nazoratini:
budjet tashkilotlarining va budjet mablag`lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko`rsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg`armalari budjetlari mablag`lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko`rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy ro`yxatdan o`tkazish;
xarajatlar smetalarida va ro`yxatdan o`tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablag`lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig`i bo`yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to`lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to`lov intizomiga rioya etilishini ta`minlash yo`li bilan amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdaga №53–qarori asosida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi to’g’risidagi Nizom” O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2007 yil 28 fevraldagi PQ–594- son qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 25 “O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari” O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-son buyrug’iga ko’ra O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami №2580 64 G’aznachiligining asosiy vazifalari, funktsiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
G’aznachilikning vakolat berilgan lavozimdagi shaxslaridan boshqa hech bir yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs g’aznachilikning yagona hisobraqami mablag’laridan pul o’tkazish uchun bankka to’lov topshiriqnomasini berish huquqiga ega emas. O’zbekiston Respublikasining Markaziy Banki va G’aznachilik o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga taalluqli masalalar ular o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida tartibga solinadi. G’aznachilik yilda kamida bir marta ushbu shartnomalarning tahlilini o’tkazishi shart, agar G’aznachilik fikri bo’yicha shartnomalarni ko’rib chiqish talab etilsa, ikkala tomon talablarini qondirish maqsadida shartnomalarni qayta tuzish tadbirlari ko’riladi.
G’aznachilik o’zining hududiy bo’linmalari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining g’azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi tizimiga bevosita unga bo’ysunadigan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri G’aznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) G’aznachilik bo’limlari kiradi. G’aznachilik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda o’z faoliyatiga tegishli bo’lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. G’aznachilik o’z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda bevosita va o’zining hududiy bo’linmalari orqali amalga oshiradi. G’aznachilik faoliyatini moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. PQ-594-son Qarori bilan Moliya vazirligi G’aznachiligi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi.
G’aznachilik, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri G’aznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) G’aznachilik bo’limlari O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga ega bo’ladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
|
| |