• VI. G‘aznachilik tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish
  • Xulosa
  • Fakulteti,,moliya va buxgalteriya hisobi




    Download 85,01 Kb.
    bet9/10
    Sana18.05.2024
    Hajmi85,01 Kb.
    #242748
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Amaliyot Hisoboti Muzapparov Javohir

    V. Javobgarligi
    12. G‘aznachilik xodimlari:
    o‘zlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada ijro etmaganligi;
    ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
    O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari normalariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganligi;
    boshqa qonun buzilishlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
    VI. G‘aznachilik tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish
    13. G‘aznachilik tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
    14. G‘aznachilikni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi boshlig‘i boshqaradi.
    G‘aznachilik boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining taqdimiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
    15. G‘aznachilik boshlig‘i o‘rinbosarlari G‘aznachilik boshlig‘ining taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
    16. G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda G‘aznachilik boshlig‘i taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
    17. G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
    18. G‘aznachilik va uning hududiy bo‘linmalari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil qiladi hamda quyi boshliqlarning yuqori boshliqlarga va O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga bo‘ysunishi va hisobot berishi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
    19. G‘aznachilik o‘ziga berilgan vakolatlarga muvofiq o‘z hududiy bo‘linmalari faoliyati ustidan tezkor boshqaruvni va nazoratni amalga oshiradi.

    Xulosa
    Men ushbu amaliyot davomida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazrligi qoshidagi Yashnobod tumani G’aznachilik bo`limining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosi davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatar haqida qisqacha tanishdim. Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish,davlat haridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish , xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash; davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish haqida tushunchalarga ega bo`ldim tayyorladim. G’aznachilik bo’limi va undagi budjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining tashkiliy tuzilishi bilan tanishdim. Byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdim.



    Download 85,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 85,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fakulteti,,moliya va buxgalteriya hisobi

    Download 85,01 Kb.