Fakulteti,,moliya va buxgalteriya hisobi




Download 85,01 Kb.
bet5/10
Sana18.05.2024
Hajmi85,01 Kb.
#242748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliyot Hisoboti Muzapparov Javohir

I. Umumiy qoidalar


1.Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ–594-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining (keyingi o‘rinlarda G‘aznachilik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. G‘aznachilik o‘zining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) g‘azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tizimiga bevosita unga bo‘ysunadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) G‘aznachilik bo‘limlari kiradi.
4. G‘aznachilik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
5. G‘aznachilik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bevosita va o‘zining hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiradi.
6. G‘aznachilik faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
7. G‘aznachilik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) G‘aznachilik bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmalari yuridik shaxslar hisoblanadi.

Download 85,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 85,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakulteti,,moliya va buxgalteriya hisobi

Download 85,01 Kb.