Moliya vazirligi G’aznachiligi va hududiy bo’limlarda ish yuritish va hujjatlar




Download 85,01 Kb.
bet3/10
Sana18.05.2024
Hajmi85,01 Kb.
#242748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliyot Hisoboti Muzapparov Javohir

3. Moliya vazirligi G’aznachiligi va hududiy bo’limlarda ish yuritish va hujjatlar blan ishlash hamda hisobotlar.
Qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to’lovi. I va II guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to’lovi. III guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to’lovi. IV guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish hamda xarajatlar to’lovi. Buyurtmachilarning YaG’Hga mablag’ undirish bo’yicha inkasso topshiriqnomalari va to’lov talabnomalarini ijro etish.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo’yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish hamda to’lovlarni amalga oshirish. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mabla-lari bo’yicha moliyaviy majburiyatlarni ro’yhadan o’tkazish va to’lovlarni amalga oshirish. Byudjetlararo transfertlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish. Cheklar va ularni rasmiylashtirish tartiblari. To’lovlarni amalga oshirishda rasmiylashtirish tartiblarini belgilovchi me’yoriy hujjatlar tahlili. Hududiy g’aznachilik bo’linmalari – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 103 shahri bo’yicha g’aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo’yicha g’aznachilik bo’linmalari.
Davlat moliyasini isloh qilish, davlat budjetining g’azna ijrosini joriy etish, budjet mablag’larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bu jarayonlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594- son (28.02.2007) Qarorining qabul qilinishi muhim qadam bo’lib xizmat qildi. Prezident Qarorining ijro etilishi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat budjetining g’azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi” hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil etildi. PQ-594-son Qaror bilan Moliya vazirligi G’aznachiligi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi:
 davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o’rtasida taqsimlash, budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat budjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish;
 davlat budjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisobraqami, shuningdek tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisobraqamlarini joriy etish orqali boshqarish;
budjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo’naltiriladigan budjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
 xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovar (ish, xizmat) lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisobraqamlariga budjet mablag’lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
 davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, davlat budjeti ijrosi haqida axborot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.
Davlat budjetining kassa ijrosi, daromadlar va xarajatlar ustidan nazorat hamda budjet mablag’larini boshqarish soxasidagi vazifalari.
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushgan daromadlarni turli darajadagi budjetlar o’rtasida taqsimlash, budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat budjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzishdir.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 3-moddasi 104 Davlat budjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisob raqami, shuningdek, tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlari oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish. Shartnomalarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirishdagi vazifalaridir.

Download 85,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 85,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliya vazirligi G’aznachiligi va hududiy bo’limlarda ish yuritish va hujjatlar

Download 85,01 Kb.