• Sug’urta brokeri
  • 2.Sug’urta munosabatlarini yuzaga keltiruvchilar : *Sug’urtalovchi
  • Sug’urtalanuvchi
  • Sug’urta polisi
  • Xaydarov najmiddin topshiriqlar Sug’urta fondini tashkil etish bilan bog’liq quyida keltirilgan terminlarga izoh bering




    Download 14.4 Kb.
    Sana15.04.2024
    Hajmi14.4 Kb.
    #196447
    Bog'liq
    1- Topshiriq
    appointment, removal, duties,rights of auditors, Шартнома4, PEPSICO, Фирменный бланк (6), Филиаллар, Боковое изображение РАВНАҚ, 2-Topshiriq

    SM – 80
    XAYDAROV NAJMIDDIN
    Topshiriqlar
    1.Sug’urta fondini tashkil etish bilan bog’liq quyida keltirilgan terminlarga izoh bering:
    *Sug’urta vositachilari – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun vositachi tegishli vositachilik haqini oladi.
    *Sug’urta brokeri – sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs
    ~ sug’urta shartlariga o’zgartirish kiritadigan shaxs;
    ~ sug’urta ob’ektini ko’zdan kechiruvchi mutaxassis;
    ~ sug’urta syurveyeri.
    2.Sug’urta munosabatlarini yuzaga keltiruvchilar:
    *Sug’urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi.
    *Sug’urtalanuvchi – sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan va tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
    *Sug’urta mukofoti – sug‘urta xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan haq. Sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida sug‘urta mukofoti aniq pul birligida ko‘rsatiladi.
    *Sug’urta polisi – sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: sug‘urta kompaniyasining yuridik manzili, sug‘urtalanuvchining nomi, sug‘urta obyekti, sug‘urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.
    Download 14.4 Kb.




    Download 14.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xaydarov najmiddin topshiriqlar Sug’urta fondini tashkil etish bilan bog’liq quyida keltirilgan terminlarga izoh bering

    Download 14.4 Kb.