IV. G‘aznachilikning huquq va majburiyatlari




Download 85,01 Kb.
bet8/10
Sana18.05.2024
Hajmi85,01 Kb.
#242748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliyot Hisoboti Muzapparov Javohir

IV. G‘aznachilikning huquq va majburiyatlari
10. G‘aznachilik quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va tijorat banklarida G‘aznachilikning bank hisob raqamlarini ochish va yopish;budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan Davlat budjetini ijro etish jarayonidagi daromadlar va xarajatlarning qisqa muddatli prognozini tuzish uchun zarur bo‘lgan hisobot ma’lumotlarini so‘rab olish;budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan ular tomonidan G‘aznachilikka ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etiladigan shartnomalarning sifatini, maqsadga muvofiqligini va narx yechimlarini baholash uchun barcha zarur hujjatlarni belgilangan tartibda talab qilish;belgilangan tartibda Davlat budjeti bo‘sh mablag‘larini bank depozitlariga va boshqa aktivlarga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek budjet ssudalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga o‘tkazish;budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga xarajatlar smetalarida, qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlarida nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hajmidan oshib ketadigan hajmda budjet mablag‘lari hisobiga haq to‘lanishini nazarda tutuvchi shartnomalarini, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning to‘lov jadvalisiz, sifati, maqsadga muvofiqligi va narx yechimlari bo‘yicha belgilangan talablarga javob bermaydigan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish;budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning schyot-fakturalarsiz hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish faktini tasdiqlovchi yoki budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar zimmasiga budjet mablag‘larini o‘tkazishni yuklovchi boshqa hujjatlarsiz taqdim etilgan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari uchun pul to‘lamaslik;budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning ularning tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan G‘aznachilikda (uning hududiy bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalaridan kelib chiqadigan kapital qurilish yuzasidan majburiyatlari to‘lovi bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ijro etish uchun qabul qilmaslik;narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lovni budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning shartnomalarida nazarda tutilgan summa doirasida cheklash, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar shartnomalari predmetiga muvofiq bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilgan hollarda to‘lovni to‘xtatib turish;budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda ularning budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlari to‘lovini moliya organlari topshirig‘iga binoan to‘xtatib qo‘yish, bu to‘g‘rida tegishli budjet mablag‘larini taqsimlovchilarni, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarni xabardor qilish;budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning G‘aznachilikda (uning bo‘linmalarida) ro‘yxatdan o‘tkazilmagan shartnomalar bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarini hisobga qabul qilmaslik, qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan shartnoma tuzilmasdan moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno;korxonalar va tashkilotlardan bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilardan to‘lov muddati o‘tgan qarzlar summasini budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning bajarilmagan moliyaviy majburiyatlar mavjudligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan yozma murojaatlari asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olish;belgilangan tartibda insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari oluvchilaridan ularning shaxsiy bank hisob raqamlaridan ko‘chirmalar, shuningdek ular tomonidan olingan insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari, shu jumladan nomoddiy shakldagi vositalar to‘g‘risida hisobotlar va axborotlar olish;davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish;
davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish.
11. G‘aznachilik quyidagilarga majbur:
Davlat budjeti xarajatlarini yagona g‘azna hisob hisobvarag‘idan yoki G‘aznachilikning boshqa bank hisob raqamlaridan belgilangan muddatlarda va tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari qoldiqlari doirasida amalga oshirish;budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganda narxlarni oshirib yuborish mavjudligi, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan kreditorlik qarzlar summasining asossiz oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalariga berish.o‘ziga berilgan huquqlardan qonunchilikka muvofiq foydalanish hamda o‘z faoliyatida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
G‘aznachilik qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Download 85,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 85,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. G‘aznachilikning huquq va majburiyatlari

Download 85,01 Kb.