Ii qism. Davlat xaridlarini amalga oshrishning tartib-taomillari




Download 19.4 Kb.
Sana28.05.2023
Hajmi19.4 Kb.
#66148
Bog'liq
Elektron dо‘kon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish
10sinf 12 mavzu, Doc1, 3.1-ma\'ruza LAN (86-117), BOSHLANG`ICH ta\'lim , ¹1111111111111111, Academic-Data-351191102355, 2, Rivojlanish 1-MT, 3-MI Uralov Bunyod, Fizika 2 mustaqil ishlar ro'yxati, Uralov Bunyod Mustaqil ishi - Birinchi tartibli differensial tenglamalar, Uralov Bunyod Mustaqil ishi - Birinchi tartibli differensial tenglamalar, confirmation letter., 435973

II QISM. DAVLAT XARIDLARINI AMALGA OSHRISHNING
TARTIB-TAOMILLARI
6-BOB. ELEKTRON DO„KON ORQALI DAVLAT XARIDLARINI
AMALGA OSHIRISH TARTIBI
6.1. Elektron do„kon tushunchasining mohiyati
Elektron do‗kon maxsus talablar tatbiq etilmaydigan iste‘mol
tovarlarining va boshqa tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat
xaridlarini amalga oshirish uchun mo‗ljallangan maxsus axborot
portalidagi maxsus maydonchadir.
Elektron do‗konda:
 bir shartnoma bo‗yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma
besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash
miqdorining ikki ming besh yuz baravarigacha) qiymatdagi tovarlarning;
 bir shartnoma bo‗yicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz
baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash
miqdorining ellik baravarigacha) qiymatdagi ishlarning, xizmatlarning
davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin.
Elektron do‗kon orqali budjet buyurtmachisi tomonidan ayni bir
turdagi tovarlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy
hisoblash miqdorining o‗n ming baravarigacha amalga oshirilishi mumkin.
Elektron do‗kon orqali budjet buyurtmachisi tomonidan ayni bir
turdagi ishlarning, xizmatlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida
bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravarigacha (korporativ
buyurtmachilar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir ming
baravarigacha) amalga oshirilishi mumkin.
Byudjet buyurtmachisi elektron do‗konda ishtirok etish uchun davlat
xaridlari tizimida birja va Moliya vazirligi bilan yo‗lga qo‗yilgan axborot
almashinuvi orqali avtomatik tarzda ro‗yxatdan o‗tkaziladi. Byudjet
buyurtmachisi davlat xaridlari tizimida ro‗yxatdan o‗tgandan keyin,
tashkilot nomiga birjaning Hisob-kitob kliring palatasida hisob varaq
ochiladi.
Korporativ buyurtmachi esa elektron davlat xaridlari tizimida
ro‗yxatdan o‗tish uchun davlat xaridlari bo‗yicha maxsus portal –
xarid.uzex.uz saytiga kiradi. Saytining o‗ng tomon tepa qismidagi
―Ro‗yxatdan o‗tish‖ tugmasi bosiladi. Birjaning barcha savdo
75
platformalarida ro‗yxatdan o‗tishni ko‗zda tutuvchi sahifasida ―Elektron
raqamli imzo bilan‖ doirasiga belgi qo‗yiladi. Davlat xaridlaridagi
korporativ buyurtmachi tanlanadi. Oferta bilan tanishib chiqilgandan
so‗ng, ―qabul qilaman‖ katagiga belgi qo‗yiladi va―Ro‗yxatdan o‗tish‖
tugmasi bosiladi. Ochilgan keyingi sahifada so‗ralgan ma‘lumotlar
kataklari to‗ldiriladi va belgi qo‗yilib, ―Jo‗natish‖ tugmasi bosiladi.
Shu bilan ro‗yxatdan o‗tish jarayoni tugaydi va mijozga Hisob-kitob
kliring palatasida hisobvaraq ochiladi. Elektron davlat xaridlari bo‗yicha
kelgusidagi barcha operatsiyalar elektron raqamli imzodan foydalangan
holda buyurtmachining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
6.2. Elektron do„konda takliflarning joylashtirilishi
Elektron do‗kon ishtirokchilarning takliflaridan shakllantiriladi.
Ishtirokchining elektron do‗konda qo‗yilgan taklifi davlat
buyurtmachilariga yuborilgan ommaviy ofertadir.
Ishtirokchi tomonidan elektron do‗konda joylashtirilgan taklifda
quyidagilar ko‗rsatiladi:
 taklif etilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nomi;
 sotish narxi;
 tovarning eng ko‗p va eng kam to‗pi;
 tovarning rusumi va texnik parametrlari (standartlashtirish
bo‗yicha normativ hujjat, texnik pasport);
 tovarning fotosurati;
 tovar yetkazib beriladigan (ish bajariladigan, xizmat
ko‗rsatiladigan) hudud;
 tovarni ishlab chiqaruvchi va u kelib chiqqan mamlakat
to‗g‗risidagi axborot;
 kafolat shartlari va muddati to‗g‗risidagi axborot;
 tovar ishlab chiqarilgan yil (oziq-ovqatlar va tez buziladigan
tovarlarning ishlab chiqarilgan kuni, oyi, yili);
 tovarning yaroqlilik muddati (kun, oy, yil);
 ishni bajarish, xizmatni ko‗rsatish muddati;
 tovarni (ishni, xizmatni) majburiy sertifikatlashtirish talab
etiladigan hollarda muvofiqlik sertifikati to‗g‗risidagi axborot, shuningdek
sanitariya-epidemiologik, veterinariya, veterinariya-sanitariya,
fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza haqidagi axborot;
76
 qonunchilikka binoan litsenziyalashning yoki ruxsat etish
xususiyatiga ega boshqa hujjat olishning yoxud faoliyatni boshlagani
haqidagi xabarnomani yuborishning majburiy talabi mavjud bo‗lgan
hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoxud
faoliyatni boshlagani haqidagi xabarnoma mavjudligi t o‗g‗risidagi
axborot.
Ishtirokchining ofertasi u elektron do‗konda joylashtirilgan paytdan
e‘tiboran o‗n besh ish kuni mobaynida amal qiladi. Ushbu muddat
tugaganidan keyin ishtirokchi uni yana o‗n besh ish kuniga
aktivlashtirishga haqli.
6.3. Elektron do„konda xarid qilish tartib-taomilini o„tkazish tartibi
Davlat buyurtmachisi elektron do‗konda ishtirokchilarning
ofertalarini o‗rganish yo‗li bilan o‗zi uchun zarur bo‗lgan tovarni (ishni,
xizmatni) tanlaydi va tovar (ish, xizmat) tanlanganidan keyin narxlar
so‗rovi mexanizmidan foydalanadi.
Davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik rejimda, narxlar
so‗rovi mexanizmini amalga oshirgan holda tanlab olingan ofertani taklif
qilgan ishtirokchiga, shuningdek elektron do‗konda o‗xshash tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish
tartib-taomilida ishtirok etish to‗g‗risida takliflar yuborilishini ta‘minlaydi.
Ishtirokchilar narxlar so‗rovida ishtirok etish to‗g‗risidagi taklif
davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan yuborilgan paytdan
e‘tiboran qirq sakkiz soat ichida o‗z takliflarini berishga haqli.
Ishtirokchilarga yuborilayotgan narxlar so‗rovida ishtirok etish
to‗g‗risidagi taklif davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan
ishtirokchining ofertasiga doir havolani o‗z ichiga oladi.
Xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish taklifini olgan ishtirokchi
davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan oferta narxidan pastroq narx
bo‗yicha taklif kiritishga haqli.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx bo‗yicha takliflarni taqqoslash
davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik rejimda amalga
oshiriladi.
Davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va eng past
narxni taklif qilgan ijrochi o‗rtasida tuzilgan bitimni ro‗yxatdan o‗tkazadi.
Ishtirokchilar to‗g‗risidagi ma‘lumotlardan davlat buyurtmachisi
yoki ishtirokchilar yakunlar sarhisob qilinadigan paytga qadar foydalana
77
olmaydi. Ijrochining nomi g‗olib aniqlangan paytda davlat xaridlarining
elektron tizimida aks ettiriladi.
Davlat xaridlarining elektron tizimi shartnomani davlat
buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon
etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan
eng past narxda shakllantiradi.
Xarid qilish tartib-taomillarining yakuniga ko‗ra faqat tanlab olingan
ofertani taklif qilgan ishtirokchigina ishtirok etgan hollarda davlat
xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisiga elektron shaklda
savdolashish imkonini beruvchi so‗rovni yuboradi. Bunda davlat
buyurtmachisida tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchiga u takl if
qilgan narxdan pastroq asoslangan narx so‗rovini yuborish imkoniyati
paydo bo‗ladi. Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi bunday
so‗rovni bir ish kuni ichida qabul qilishi yoki rad etishi mumkin.
Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi narx so‗rovini qabul
qilganda davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va
ijrochi o‗rtasidagi bitimni davlat buyurtmachisi tomonidan yuborilgan
so‗rov narxi asosida ro‗yxatdan o‗tkazadi.
Agar tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi narx so‗rovini
qabul qilmasa yoki rad etsa, davlat buyurtmachisi o‗z xohishiga ko‗ra
mazkur ishtirokchi bilan shartnomani rasmiylashtirishi yoki Qonun
talablariga muvofiq boshlang‗ich narxni pasaytirish uchun o‗tkaziladigan
auksion yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridni amalga oshirishi
mumkin. Bunda javobgarlik davlat buyurtmachisining zimmasiga
yuklatiladi.
Agar xarid qilish tartib-taomillari tugaganidan keyin bir ish kuni
ichida davlat buyurtmachisi tomonidan narx s o‗rovi yuborilmasa, davlat
xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va ijrochi o‗rtasidagi
bitimni ro‗yxatdan o‗tkazadi.
Davlat buyurtmachisi tomonidan narxlarni o‗rganish davlat
xaridlarining elektron tizimi yoki boshqa ochiq manbalarning
ma‘lumotlaridan foydalanish orqali amalga oshirilishi mumkin.
78
6.4. Elektron do„konda to„lovni o„tkazish va shartnoma shartlarini
bajarilish tartibi
Shartnoma shakllangandan keyin 10 kun ichida byudjet
buyurtmachisi birjaning G‗aznachilikdagi maxsus hisob varag‗iga pul
o‗tkazadi, korporativ buyurtmachi esa shaxsiy kabinet orqali ―T o‗lash‖
mexanizmidan foydalanib to‗lovni amalga oshiradi.
Birja ijrochiga shaxsiy kabinet orqali 100% to‗lov qabul qilinganligi
to‗g‗risida xabar yuboradi. Ijrochi shartnomada belgilangan muddat ichida
va uning boshqa shartlariga muvofiq tovarni etkazib beradi.
Tovar qabul qilingach, 3 kun ichida byudjet buyurtmachisi byudjet
tashkilotlari buxgalteriya hisobi va hisobotining avtomatlashtirilgan
tizimining dasturiy kompleksi orqali hisob fakturani tizimga kiritadi,
korporativ buyurtmachi shaxsiy kabinet orqali ―Ijro etildi‖ mexanizmidan
foydalanib shartnoma shartlari bajarilganligini tasdiqlaydi.
Tovar to‗liq etkazib berilgandan so‗ng byudjet buyurtmachisining
3% zakalat summasi Hisob-kitob kliring palatasi tomonidan avtomat
ravishda tegishli shaxsiy hisob varag‗iga qaytariladi, korporativ
buyurtmachisining 3% zakalat summasi Hisob-kitob kliring palatasi
tomonidan blokdan bo‗shatiladi.
Elektron xaridlar bo‗yicha tuzilgan barcha shartnomalar ―Mening
buyurtmalarim buyicha shartnomalar ro‗yxati‖ bo‗limida joylashtiriladi.
Buyurtmachi belgilangan muddatda to‗lovni amalga oshirmagan
taqdirda, uning zakalat mablag‗i 3 ish kunida Ijrochining Hisob-kitob
kliring palatasidagi hisob varag‗iga o‗tkaziladi.
Tuzilgan shartnoma bo‗yicha tovarlar etkazib berilganligi to‗g‗risida
ma‘lumot taqdim etilmasa, shartnoma bo‗yicha tovarlarni etkazib berish
muddati yakunlangandan so‗ng 3 ish kuni mobaynida Hisob-kitob kliring
palatasi byudjet va korporativ buyurtmachi tomonidan kiritilgan
mablag‗larni qaytaradi, zakalat mablag‗lari bundan mustasno.
Sud yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‗rib chiqish
bo‗yicha komissiyasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar
buyurtmachi yoki ijrochining zakalatiga band qo‗yadi.
79
Nazorat uchun savollar
1. Elektron do‗konda qanday miqtordagi davlat xaridlari amalga
oshirilishi mumkin?
2. Byudjet buyurtmachilari qaysi savdo platformasida(saytda) elektron
do‗kon orqali xaridlarni amalga oshiradilar?
3. Korporativ buyurtmachilari qaysi savdo platformasida(saytda)
elektron do‗kon orqali xaridlarni amalga oshiradilar?
4. Ishtirokchi elektron do‗konga joylashtirilgan o‗z taklifida nimalarni
ko‗rsatadi?
5. Buyurtmachi lot joylashtirishdan avval qancha miqdordagi
komission yig‗im va avans to‗lovini kiritishi lozim?
6. Buyurtmachi reja jadvalda qanday ma‘lumotlarni kiritadi?
7. Elektron do‗konda qanday parametrlarga ko‗ra qidiruvni amalga
oshirish mumkin?
8. Savdolar jaryonida ishtirokchilar qancha vaqt mobaynida lot
bo‗yicha o‗z takliflarini berishlari mumkin?
9. Shartnoma shakllangandan keyin qancha vaqt ichida buyurtmachi
to‗lovni amalga oshiradi?
10. Buyurtmachi belgilangan muddatda to‗lovni amalga oshirmagan
taqdirda, uning zakalat mablag‗i nima qilinadi?
Download 19.4 Kb.




Download 19.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ii qism. Davlat xaridlarini amalga oshrishning tartib-taomillari

Download 19.4 Kb.