Yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish, hisobga olish va narxlar




Download 85,01 Kb.
bet2/10
Sana18.05.2024
Hajmi85,01 Kb.
#242748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliyot Hisoboti Muzapparov Javohir

2. Yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish, hisobga olish va narxlar monitoringi amaliyoti tahlili.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son “Davlat byudjeti g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-son “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Yagona g’azna hisobvarag’ini qo’llash orqali O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlari, shuningdek, boshqa maqsadli jamg’armalar byudjetlarining daromad va xarajatlarining gazna ijrosini amalga oshirish tartibi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 22 dekabrda 2850-son raqami bilan ro’yhatdan o’tgan “O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari” asosida g’aznachilik organlarida xarajatlar smetalari va ularga kiritilgan o’zgarishlarni ro’yhatga olish tartibi. 1-guruh va 2-guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish va hisobga olish tartibi. 3-guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish va hisobga olish tartibi. 4- guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish va hisobga olish tartibi. Byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha yuridik majburiyatlarni hisobga olish tartibi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo’yicha shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish. Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazishda va hisobga olishda narx echimi hamda narxlar monitoringini amalga oshirish tartibi. Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga e’tibor bergan holda, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashda Davlat budjetining ustuvor vazifalari belgilab qo`yildi. Bundan ko`zlangan maqsad respublikamizning kelgusida ijtim oiy-iqtisodiy rivojlanish ravnaqi, ulkan iqtisodiy o`zgarishlarni ta`minlash. sarflanayotgan har bir so`m budjet mablag`i respublikaning kelajak ravnaqi va istiqboli uchun o`z natija va samarasini berishi kerakligidir. G`aznachilikda ko‘zlangan maqsad shundan iboratki, budjet tashkilotlarini uzluksiz moliyalashtirib borish, bosh taqsim lovchilar va budjetdan mablag` oluvchilar tomonidan ajratilgan resurslarni budjet qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, budjet tashkilotlariga yetkazish va ularni topshirig‘iga asosan g‘aznachilik operatsiyalarini yuritishdan iborat. Davlat budjetining g`azna ijrosi Davlat budjetining barcha darom adlarini markazlashgan yagona g`aznachilik hisobvarag`iga kiritishdan, shuningdek, Davlat budjetining xarajatlarini shu hisob varaqdan to'lashdan iborat. G ‘aznachilik tizimida hisobotlar, oddiy hujjatlashtirish va soddalashtirilgan g`aznachilik operatsiyalari orqali Davlat budjeti xarajatlarini to`lashda oshkoralikka erishiladi. Turli bosqichdagi g`aznachilikning boshqaruv organlari - 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G ‘aznachiligi. G ‘aznachilik Boshqarmalari, g`aznachilikning tuman bo`linmalari faoliyat ko`rsatadi.
G`aznachilik va uning hududiy bo’linmalari Davlat budjetining daromad va sarflari g`azna ijrosini, budjet hisobvaraqlari va davlat moliya resurslarini boshqarish funksiyalarini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi. G`aznachilik 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tizimiga tarkibiy bo`linma sifatida kiradi va unga bo`ysunadigan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri G`aznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) G`aznachilik bo’limlaridan iborat. G`aznachilik o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi.
Budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to`lovlar, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan naqd pul mablag`lari bilan to`lanadigan boshqa to'lovlarni to`lash uchun G`aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag‘lar o ‘tkazadi.
Davlat budjetida ular uchun mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlariga sudning qarori bo‘yicha yagona g‘aznachilik hisobraqamidan yoki G‘aznachilikning boshqa hisobraqamlaridan mablag‘lar o‘tkazadi, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi natijasida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun mablag’lar o’tkazadi.
Budjetdan mablag’ oluvchilarga ular uchun G‘aznachilikda yoki uning hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlaridan ko‘chirmalar, ularning xarajatlarini qoplashga budjet mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan to'lov ruxsatnomalari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Davlat budjeti ijrosi jarayonida respublika budjeti daromadlari tushumi va xarajatlarining qisqa muddatli prognozlarini tuzadi.

Download 85,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 85,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish, hisobga olish va narxlar

Download 85,01 Kb.