|
5-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Shahar transport maydonlari va chorrahalari tahlili. Darsning maqsadi
|
bet | 1/5 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #151018 |
Bog'liq 5-Amaliy mashg\'ulot
5-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Shahar transport maydonlari va chorrahalari tahlili.
Darsning maqsadi: Talabalarga transport tugunlari, kо‘cha va yо‘l elementlari, yо‘l belgilari va ularning vazifalari, Shahar transport maydonlari va chorrahalarini loyihalash tо‘g‘risida ma’lumot berish va ularni tahlil qilish kо‘nikmasini shakllantirish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
Tushunchalar tahlili. Transport tugunlari, kо‘cha va yо‘llarning vazifalari, shahar yо‘l elementlari, shaharning kо‘cha yо‘l elementlarini loyihalash tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish.
Mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi usuli.
Muvofiqlikni aniqlash metodi.
Mavzu bо‘yicha xulosalar.
Tayanch sо‘zlar va iboralar: transport maydonlari, garajlar, texnik xizmat kо‘rsatish punktlari, avtovokzal, motel, kemping, aeroport va aerovokzallar, kо‘cha, qatnov qismi, trotuar, obochina, qizil chiziq, yashil polosalar.
Ishni bajarish tartibi:
Tushunchalar tahlili. Transport tugunlari, kо‘cha va yо‘llarning vazifalari, shahar yо‘l elementlari, shaharning kо‘cha yо‘l elementlarini loyihalash tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish.
Nazariy ma’lumotlar:
TRANSPORT TUGUNLARI.
Transport tugunlariga quyidagi obyekt yoki qurilmalarning majmuasi kiradi:
1. Transport maydonlari, garajlar, avtomobillarning ochiq saqlash joylari, texnik xizmat kо‘rsatish punktlari, ta’mirlash zavodlari va yoqilg‘i quyish shahobchalari bilan birgalikda magistral kо‘chalar hamda tezkor yо‘llar.
2. Harakat tarkibiga xizmat kо‘rsatuvchi va harakatni tashkil etish bо‘yicha barcha uskunalarga ega bо‘lgan yо‘lovchi transport (metropoliten, tramvay, trolleybus, avtobus va h.k.)lar tarmog‘i.
3. Avtovokzal, motel, kemping va h.k.larga ega bо‘lgan shahar oldiga, dam olish zonalariga va xalqaro aloqalarga xizmat kо‘rsatuvchi tashqi yо‘llar tarmog‘i.
4. Sanoat stansiyalariga, yuklash va yuk tushirish qurilmalariga, vokzallar va boshqa inshootlarga ega bо‘lgan temir yо‘l tarmog‘i.
5. Barcha bir yoki bir necha portlardan, vokzallardan, alohidagi tо‘xtash joylaridan, suv transporti yuruvchi kanallar va qurilmalardan iborat dengiz yoki daryo port tarmoqlari.
6. Aeroport va aerovokzallar.
Transport tarmog‘ida barcha turdagi transportlarning о‘zaro aloqadorligiga ma’lum bir talablar quyuvchi yaxlit xarakterdagi qonuniyat xukm suradi, bundan tashqari, ularning sanoat, turarjoy tumanlari, ma’muriy-jamoat va madaniy-maishiy tashkilotlar bilan uzviy bog‘langanligidir.
О‘z navbatida, har bir transport tarmog‘ini yaratish uning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlari xususiyatidan, yо‘lovchi va yuk tashish yо‘nalishi va salmog‘idan kelib chiqadi.
Bosh rejada transport tarmog‘ining muhim tarkibiy qismi sifatida, tranzit oqimlari harakatini aholining havfsizligiga va shahar xо‘jaligi faoliyatiga xalaqit bermaydigan holatda ta’minlash tashkil etadi.
Transport tugunining bosh rejasini ishlab chiqishda, shaharning о‘sishi bо‘yicha tarmoqning ham о‘sishi imkoni boricha kо‘zda tutilishi lozim.
|
| |