5-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Shahar transport maydonlari va chorrahalari tahlili. Darsning maqsadi




Download 0,73 Mb.
bet3/5
Sana03.02.2024
Hajmi0,73 Mb.
#151018
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Amaliy mashg\'ulot

8-rasm. Ochiq tо‘xtab turish joylarida avtomobillarni joylashtirish.


Xizmat kо‘rsatuvchi obyektdan avtomobillarni vaqtinchalik tо‘xtash va tо‘xtab turish joylarigacha bо‘lgan masofalar quyidagidan:
- vokzallarning kutish zallaridan, temir yо‘l platformalaridan, savdo va maishiy muassasa obyektlaridan -150 m dan;
- boshqa barcha turdagi aholiga madaniy-maishiy xizmat kо‘rsatuvchi muassasalar va jamoat binolaridan, istirohat bog‘lariga kirish joylaridan, kо‘rgazma va stadionlardan – 300 m dan oshmasligi lozim.
Shaharning markaziy qismlarida avtomobillarning vaqtinchalik tо‘xtash va tuxtab turish joylari uchun birinchi navbatda ochiq maydonlar zarur (9-rasm).



9-rasm. Ochiq tо‘xtab turish joylarida avtomobillarni joylashtirish.


Ochiq tо‘xtab turish joylari, odatda, qatnov qismidan, ya’ni tranzit harakatdan himoyalangan, alohida yо‘lak bilan kiriladigan maxsus maydonlarga joylashtiriladi.
-transport va piyodalar bilan kо‘lay aloqa imkoniyatga ega bо‘lgan ma’muriy, muhandislik-texnik va madaniy-maishiy bino va inshootlarga ega jamoat markazlari;
-jamoat transportlari bekatlari bilan qulay bog‘langan ishlab chiqarish obyektlari oldidagi maydonlar, о‘tish joylari;
-avtomobillar uchun ajratilgan maydonlar va h.k.
Harakat xavfsizligini ta’minlash borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun birinchi navbatda yо‘l elementlarining haqiqiy о‘lchamlarini aniqlash zarur. Foydalanishdagi yо‘l elementlarining о‘lchamlari vaqt о‘tishi bilan о‘zgarib boradi. Yо‘l elementlarining о‘lchamlari tо‘g‘risidagi ma’lumotni tо‘laligicha loyiha hujjatlaridan olish mumkin, lekin yuqorida aytganimizdek, bu kо‘rsatkichlar vaqt о‘tishi mobaynida о‘zgarishi, ba’zan loyiha hujjatlari yо‘qligi yoki yetishmasligi sababli yо‘l elementining haqiqiy о‘lchamlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar kо‘rik davomida dala sharoitida aniqlanadi.
Yо‘lning rejadagi va kesmalardagi geometrik elementlarini о‘lchashda uzunlik о‘lchovi (20, 10 metrli) lentalar, geodezik asboblar (nivelir va teodolit), aerofotosyomka hamda avtomobilь-laboratoriyadan foydalaniladi.
Yо‘llarda joylashtirilgan jihozlarning - yо‘l belgi chiziqlari, yо‘l tо‘siqlari, yо‘naltiruvchi qurilmalar, svetofor obyektlari, yoritish tizimi, avtobus bekatlari va harakatga xizmat qiluvchi inshootlarning barchasini kuzatuv о‘tkazish davomida yо‘lning jihozlash sxemasiga aniq piketlar bо‘yicha joylashtirilishi kо‘rsatiladi. Shu sxemada jadval tuzilib, unda mavjud meyoriy hujjatlariga asosan qanday jihozlar notо‘g‘ri joylashtirilganligi va qanday yо‘l belgilari yoki inshootlar yetishmasligi kо‘rsatiladi.
Yо‘l jihozlarining mavjud yо‘llardagi holatini aniqlashda asosan kо‘z bilan kuzatib aniqlanadi va kuzatuv natijasida sxema, jadval hamda sharoitni baholovchi tushuntirish xati tuziladi.
Yо‘lning geometrik о‘lchamlarini aerofotosyomka yordamida aniqlash uchun katta masshtabli 1:500 - 1:200 aerofotosuratlardan foydalaniladi. Bunda о‘lchangan elementlarning aniqligi 12 % tashkil etadi.
Yо‘lni kuzatishning eng qulay, aniq va tezkor usuli avtomobilda о‘rnatilgan laboratoriyadan foydalanishdir. Bunda quyidagi kо‘rsatkichlar aniqlanishi mumkin: yо‘lning uzunligi, m yoki km; rejadagi egri radiusi, m; rejadagi burilish burchagi, grad; bо‘ylama va kо‘ndalang qiyalik, %; bо‘ylama kesimdagi egri radiusi, m; qoplama ravonligi, mustahkamligi, tishlashish sifati; harakat miqdori, avt/soat; tezlanish va sekinlashish, m/s2. Keltirilgan kо‘rsatkichlar yozib boriladi.

Download 0,73 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Shahar transport maydonlari va chorrahalari tahlili. Darsning maqsadi

Download 0,73 Mb.