Shaharning kо‘cha yо‘l elementlarini loyihalash.
Tarixan shakllangan shaharlarda, hattoki bugungi zamonaviy shaharlarimizda avtomobillarni saqlash joylari muammosi tо‘laligicha yechilmagan. Buni Toshkent shahri misolida ham kuzatish mumkin.
Sо‘nggi 10-15 yil ichida transport vositalari(ayniqsa shaxsiy avtomobillar soni)ning keskin darajada oshib ketishi, shaharning barcha tarkibiy qismlarida, bozorlar, savdo markazlari va rastalari, madaniy-maishiy obyektlari va boshqa kо‘pgina joylarda tirbandlikni vujudga keltiribgina qolmay, alohidagi maxsus maydonlarning yetishmasligi tufayli kо‘cha qatnov qismining chetki polosalari tuxtab turish joylariga aylanib qolmoqda. Natijada bu narsa ushbu kо‘chaning о‘tkazish qobiliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatib, yо‘l-transport hodisalarini ortishiga olib kelmoqda.
Turarjoy binolaridan ochiq avtomobillar saqlash joyigacha esa 200m dan oshmasligi kerak. Bu talab shimoliy rayonlarda 150 m gacha belgilanadi. Meyoriy xizmat radiusini saqlagan holda garaj va ochiq avtomobillar saqlash joylari sanoat zonalari bilan sanitar-himoya zonalarida, temir yо‘llarga ajratilgan hududlarda, relyefi keskin bо‘lgan qurilish uchun noqulay maydonlarda joylashtirilishi mumkin.
Kо‘p qavatli turarjoy tumanlarida ochiq avtomobillar saqlash joylari kamida 25-100 avtomobilga mо‘ljallash taklif etiladi. Bunday maydonlarda quyosh nuridan saqlash uchun soyabonlar, atroflariga himoya uchun kо‘kalamzorlar rejalashtiriladi (7-rasm).
7-rasm. Yо‘lovchilar zonasi transportdan himoya qilingan xolda magistral kо‘chalar tomondan avtostoyankalarni joylashtirish sxemasi.
- qurilish mumkin bо‘lgan zona; 2- yо‘lovchilar uchun ajratilgan zona; 3- avtostoyankalar zonasi R; 4- yashil polosa; 5- jamoat transporti bekatlari; 6- turli satxdagi piyodalar kesishmasi.
Shahar hududini tejash maqsadida 25-100 о‘rinli yer osti garajlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday inshootlarni loyihalashda mavjud maydondagi qurilishning xususiyatlarini, kо‘kalamzorlashtirish, relyef, yer osti muxandislik tarmoqlari va gidrogeologik sharoitlarni inobatga olish zarurdir. Ba’zi hollarda, yer osti sharoitidan kelib chiqqan holda 2-3 qavatli yer osti garajlarini loyihalash mumkin. Yer osti garajlari kо‘p qavatli yer usti garajlariga nisbatan qurilish bir qancha qimmat bо‘lishiga qaramay, u о‘ziga xos afzalliklarga ega, bu avvalombor shahar maydonlaridan samarali foydalanish bо‘lib, qolaversa, turarjoy tumanlarining normal hayotiga hech qanday halaqit bermaydi va aholi uchun ham qulaydir.
Yangi qurilayotgan turarjoy tumanlarida, garajlarni binolarning pastki qavatlarida, yertо‘la qavatlarida rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Yengil avtomobillarni korxonalar oldida vaqtinchalik tо‘xtab turishi quyidagi joylarda tashkillashtirilishi mumkin:
- avtomobillarni vaqtinchalik tо‘xtab turish joyi – korxonalar, muassasalar va boshqa shunga о‘xshash binolarning (ishchi va xizmatchilarning, kelib-ketuvchilarning mashinalari uchun), stadionlarning, teatr, kinoteatr, konsert, tomosha va kо‘rgazma zallarining oldilarida joylashtiriladi (kelib-ketuvchilar avtomobillari 2-4 soatgacha saqlanadi);
- avtomobillarni vaqtinchalik tо‘xtash joylari – vokzallar, dо‘konlar, bozorlar, savdo markazlari, maishiy xizmat obyektlari oldilarida joylashtiriladi (kelib-ketuvchilar avtomobillari 1 soatgacha saqlanadi).
|