MAVZU: MEMBRANA ORQALI MODDA ALMASHINISH.
REJA.
1. Membrana orqali modda almashinish haqida umumiy tushuncha
.
2. Membranalarning asosiy turlari
3. Membranali jarayonlarning fizik xossalari
Xalq xochjaligining ko’pchilik sohalarida suyuq va gazsimon aralashmalarni ajratish
uchun haydash, rektifikatsiya, ekstraksiya, adsorbsiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Biroq
aralashmalami ajratishda eng universal usul hisoblangan membranali usulni qo’llash yaxshi
samara berishi mumkin. Bu usulning mohiyati yarim o’tkazuvchan membranalar orqali modda
o’tkazish jarayonini tashqil etishdan iborat.
Hozirgi paytda membranali usul turli maqsadlar uchun ishlatilmoqda:
1) kimyo va neft kimyosi sanoatida-azeotrop aralashmalarni ajratish, eritmalarni tozalash
va quyiqlashtirish, eritmalardagi tarkibida kichik molekulali komponentlarni ushlagan yuqori
molekulali birikmalarni tozalash yoki ajratib olish va hokazo;
2) biotexnologiya va tibbiyot sanoatida-biologik faol moddalar, voksinalar, fermentlar va
shu kabi boshqa birikmalarni ajratish va tozalash;
3) oziq-ovqat sanoatida meva va sabzavot sharbatlari, sutni quyuqlashtirish, yuqori sifatli
qandni olish va hokazo.
Membranali jarayonlar, ayniqsa suv va suvli eritmalarni qayta ishlash hamda oqava
suvlarni tozalashda keng qo’llanilmoqda.
Keyingi yillari membranali jarayonlar gaz aralashmalarini ajratishda ham ishlatilmoqda.
Masalan, havodan kislorodni ajratib olish, kislorod bilan tochyingan havoni olish, tabiiy gazdan
geliy va
SO
2
ni ajratib olish kabi jarayonlarga membranali usulni qo’llash yaxshi samara
bermoqda.
Sanoatning turli sohalarida qo’llanilayotgan ajratishning membranali usullari quyidagi
turlarga bo’linadi: teskari osmos, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash, dializ, elektrodializ, membrana
orqali bug`latish, membranali distillash, elektroosmofiltrlash, membrana yordamida gazlarni
ajratish. Ushbu jarayonlarning barchasida ajralayotgan aralashma yarim o’tkazuvchan membrana
bilan kontaktda bo’ladi.
Harakatlantiruvchi kuchning turiga ko’ra membranali jarayonlar quyidagicha sinflanadi:
1) harakatlantiruvchi kuch sifatida bosim gradienti ishlatilganda
baro-membranali
jarayonlar (teskari osmos, manofiltrlash, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash);
2) harakatlantiruvchi kuch sifatida konsentratsiya gradienti qabul
qilinganda. Diffo’zion-
membranali jarayonlar (dializ, membrana orqali bug`lanish, membrana yordamida gazlarni
ajratish va boshqalar);
3) harakatlantiruvchi kuch sifatida elektr potensiali qo’llanilganda
elektromembranali
jarayonlar (elektrodializ, elektroosmos va boshqalar);
4) harakatlantiruvchi kuch — harorat gradienti bo’lsa
termo-membranali jarayonlar
(membranali distillash va boshqalar).
Ba`zi bir membranali jarayonlarda ikki yoki uch xil harakatlantiruvchi kuchlar birga
bo’lishi mumkin.
Membaranadan ochtgan mahsulot
permeat deb ataladi, ajralayotgan aralashmaning
membrana oldida qolgan qismi
retant (ayrim paytlarda konsentrat) deb yuritiladi.