Suyuqliklarni ekstraksiyalash.Biror suyuqlikda erigan moddani tanlab ta`sir qiluvchi boshqa suyuqlik yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bunday jarayonda
bir yoki bir necha komponent bir suyuq fazadan ikkinchi suyuq fazaga o’tadi. ekstraksiya
jarayonini amalga oshirish erituvchini tochg`ri tanlashga bog`liq. Erituvchi suyuq aralashma
bilan aralashib ketmasligi kerak yoki bo’lmasa qisman aralashib ketadigan bo’lishligi mumkin.
erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo’lgan suyuqlik zichligidan kam bo’lishi shart.
Ekstraksiya usuli suyuq aralashma tarkibida nisbatan kam miqdorda erigan komponentlarni
ajratib olish uchun ishlatiladi.
Adsorbsiya.Gaz, bug` yoki suyuqlik aralashmalaridan bir xil yoki bir necha komponentlarning g’ovaksimon qattiq moddaga tanlab yutilish jarayoni adsorbsiya deyiladi. Faol yuzaga ega bo’lgan qattiq materiallar adsorbentlar deb ataladi. Teskari jarayon, ya’ni
desorbsiya adsorbsiyadan keyin olib boriladi va ko’pincha yutilgan komponentni adsorbentdan
ajratib olish uchun (yoki adsorbentni regenerasiya qilish uchun) qo’llaniladi. Bunday jarayon
aralashma tarkibida oz miqdorda bo’lgan moddalarni ajratib olish maqsadida ishlatiladi.
Ion almashinish. Elektrolit eritmalari tarkibidagi ionlarni qattiq fazada tanlab yutilish orqali ajratib olinishi ion almashinish deb ataladi. Bunday jarayon paytida ajratilishi lozim
bo’lgan modda suyuq fazadan qattiq fazaga o’tadi. Ion almashinish jarayoni adsorbsiyaning bir
turi hisoblanadi. eritma tarkibidagi ajratib olinishi lozim bo’lgan moddaning konsentratsiyasi
juda past bo’lgan holatda ion almashinish jarayoni qo’llaniladi.
Quritish.Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan bug`latish yo’li bilan ajratib chiqarish quritish deyiladi. Bu jarayon issiqlik va namlik tashuvchi agentlar (isitilgan havo,
tutunli gaz) yordamida olib boriladi. Quritish jarayonida namlik qattiq fazadan gaz (yoki bug`)
fazaga o’tadi. Texnikada quritish jarayoni qayta ishlanayotgan xom ashyo yoki materiallarni
dastlabki suvsizlantirish hamda tayyor mahsulotlarni suvsizlantirish uchun keng ishlatiladi.