• Quvursimon membranali qurilmalar.
  •  — flanes; 2 — membranali elementlar; 3 — yo’naltiruvchi shtangalar




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/51
    Sana06.01.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #131018
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
    Bog'liq
    1-Maruza

    1 — flanes; 2 — membranali elementlar; 3 — yo’naltiruvchi shtangalar; 
     4 — tayanch plastinalari;5 — membranalar; 6 — o’tkazuvchi halqa;
    7 — qulflovchi halqa; 8 — yopib qochyuvchi pona; 9 — shianga; 10 — 
    permeat uchun kollektor 
    Tekis membranali qurilmalarning asosiy kamchiliklari: 
    membranalarning qurilmaning 1 m
    3
    hajmiga nisbatan olingan solishtirma yuzasi kichik 
    (60-300 mVm
    3
    ); qurilmalarni yig`ish va membranalarni almashtirish qo’l kuchi bilan amalga 
    oshiriladi. Bunday turdagi qurilmalarni loyihalash uchun quyidagilar tavsiya etiladi: membranali 
    elementning shakli-tochg`riburchakli; maqbul gidrodinamik rejim tashqil etish uchun qurilma 
    seksiyalardan yig`ilgan bo’lishi kerak; 


    qurilmaning qobiqsiz modeli eng maqbul hisoblanadi. 
    Quvursimon membranali qurilmalar. Bunday qurilmalarning asosini g’ovaksimon 
    quvurning ichki yoki tashqi yuzasiga mikrog’ovakli material bilan birga joylashtirilgan yarim 
    o’tkazuvchi membrana tashqil etadi. Mikrog’ovakli material ajralayotgan eritmaning ish bosimi 
    ta`sirida membranani quvurning kanallariga bosib kirgizishining oldini olishga xizmat qiladi. 
    Quvursimon elementli qurilmalar ichida membranasi quvur ichida joylashgan turlari ko’p 
    tarqalgan. Bunday qurilmalarning afzalliklari: qobig`ining yo’qligi sababli uni tayyorlash uchun 
    material kam sarflanadi; teshikli kanalning uzunligi kam bo’lganligi uchun permeat oqimiga 
    bo’lgan gidravlik qarshilikning qiymati kichik; membrananing ishlashi uchun yaxshi 
    gidrodinamik shart-sharoitlar yaratilgan; membrana elementlarini mexaniq usul bilan tozalash 
    imkoniyati mavjud; quvursimon membrana elementlarini qurilma ichiga joylashtirish qulay
    qurilmaning zichligi ishonchli. 
    Bunday qurilmalar bir qator kamchiliklardan ham xoli emas: qurilmadagi membrananing 
    solishtirma yuzasi kichik (60-200 mVm
    3
    ); g’ovakli qolipning ichki yuzasini yuqori aniqlik bilan 
    tayyorlash va mexaniq qayta ishlash kerak bo’ladi; membranani tayyorlash jarayonini nazorat 
    qilib turish imkoniyati yo’q. 
    Membranalari quvursimon bo’lgan qurilmalar cho’kma hosil qiluvchi eritmalarni 
    ultrafiltrlash va mikrofiltrlash usullari bilan ajratish hamda tarkibida ko’p miqdorda to’zni 
    ushlagan suvlarni teskari osmos usuli bilan chuchuklashtirish maqsadlari uchun keng 
    qo’llanilmoqda. 

    Download 1,41 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     — flanes; 2 — membranali elementlar; 3 — yo’naltiruvchi shtangalar

    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish