nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar barabanning kesimi bo’yicha materialni bir mechyorda
tarqatish va aralashtirishni tachminlaydi. Bunday sharoitda material bilan qurituvchi agentning
o’zaro ta`siri samarali bo’ladi.
Baraban ichida materialning o’ta qizib ketish darajasini kamaytirish uchun material va
qurituvchi agent (tutunli gazlar yoki qizdirilgan havo) bir-biriga nisbatan tochg`ri yo’nalishda
bo’ladi, chunki bunday sharoitda yuqori haroratli issiq gazlar katta namlikka ega bo’lgan
material bilan o’zaro kontaktda bo’ladi. Mayda sochiluvchan materiallar uchun havoning
baraban ichidagi tezligi 0,5-1,0 m/s, katta bo’lakli materiallar uchun esa 3,5-4,5 m/s dan
ortmasligi kerak. Ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarilishdan oldin mayda changlardan
siklonda tozalanadi. Quritilgan material barabandan tashqariga tushiruvchi moslama orqali
chiqariladi.
Quritilgan material donalarining o’lchamlari va xossalariga ko’ra har xil nasadkalardan
foydalaniladi (31.3-rasm). Katta bo’lakli va qovishib qolish xususiyatiga ega bo’lgan