Namlikning material ichida siljishi




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/51
Sana06.01.2024
Hajmi1,41 Mb.
#131018
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
1-Maruza

Namlikning material ichida siljishi. Materialning tashqi yuzasidan namlikning 
bug`lanishi natijasida material ichida namlik gradienti paydo bo’ladi, bu gradient ta`sirida 
materialning ichki qatlamlaridan uning yuzasiga qarab yo’nalgan namlikning harakati ichki 
diffo’ziya deb ataladi. Quritishning birinchi davrida (quritish tezligi o’zgarmas bo’lganda) 
material ichidagi namlikning o’zgarishi katta bo’ladi, bunda quritish tezligiga asosan material 
yuzasidan namlikning bug`lanish tezligi (ya’ni tashqi diffo’ziya) ta`sir qiladi. Biroq material 
yuzasidagi namlik kamayib borib gigroskopik namlikka etganda va undan keyin ham kamayishi 
davom etsa, ya’ni quritishning ikkinchi davrida, jarayonning tezligiga asosan ichki diffo’ziya 
ta`sir qiladi. Quritishning ikkinchi davrida jarayonning tezligi doim kamayib boradi. 
Quritishning birinchi davrida material ichidagi namlik (kapillyarlardagi namlik va osmotik 
birikkan namlik) suyuqlik holatida tarqaladi. Ikkinchi davrning boshlanishida material 
yuzasining ayrim joylarida har xil shakldagi chuqur zonalar paydo bo’ladi va materialning ichida 
bug`lanish yo’z beradi. Bunda kapillyarlardagi namlik va adsorbsiya yo’li bilan birikkan 
namlikning bir qismi materialning ichida bug` holida siljiydi. Keyinchalik materialning yuza 
qatlami to’la qurib bo’lgandan sochng, bug`lanishning tashqi yuzasi borgan sari materialning 
geometrik yuzasidan kamayib ketadi. Bunday sharoitda namlikning ichki diffo’ziya yordamida 
siljishining ahamiyati ortadi. Ikkinchi davrning quritish tezligi turlicha kamayadigan bosqichida 
material bilan mustahkam bog`langan adsorbsiya namligi qattiq faza ichida faqat bug` holida 
tarqaladi. 
Namlikning qattiq material ichida tarqalish hodisasi namlik o’tkazuvchanlik deb ataladi. 
Namlik o’tkazuvchanlikning tezligi yoki namlik oqimining zichligi namlik konsentratsiyasi 
gradientiga proporsionaldir: 


gn
gc
D
m
м


(30.8) 
bu yerda, D
M
 — namlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti. 
Bu ifodaning ochng tomonidagi minus ishora namlikning konsentratsiyasi katta bo’lgan 
qatlamdan konsentratsiyasi kichik bo’lgan qatlamga qarab siljishini ko’rsatadi. Namlik 
o’tkazuvchanlik koeffitsienti D
M
ning (m
2
/s) fizik machnosi namlikning materialdagi ichki 
diffo’ziya koeffitsientini 
ifodalaydi va issiqlik o’tkazish jarayonidagi harorat o’tkazuvchanlik koeffitsientiga 
ochxshaydi. Namlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyentining qiymati namlikning material bilan 
birikish turiga, quritish haroratiga, materialning namligiga bog`liq bo’lib, faqat tajriba yo’li bilan 
aniqlanadi. 

Download 1,41 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish