• 1.Quritish haqida umumiy tushunchalar. 2. Ramzinning nam havo I-x diagrammasi. 3. Quritish jarayonini tashkil etish usullari.
  • Quritish jarayoni. Suyuqliklarni




    Download 1.38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/22
    Sana30.03.2023
    Hajmi1.38 Mb.
    #47726
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    biologiya-fanidan-5-9-sinf-testlar-1, 25-may senariy, 1-Маъруза, 2) 2021-22-ДАСТУР-ИПИ ва ИТИ, ИС, 5-seminar KP, ehtimollar maruza1, D Xusanov mustakil ishi Davlat soliq xizmati organlarida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari, 1690796889737, anketa, C# asoslari, FOTOELEKTRON EMISSIYA VA UNING QO`LLANISHI, Abduqaxxorov. F, @XHUZB Юрт бўйнидаги қилич ёки истило, Konspekt. Konspekt turlari, xos xususiyatlari Vaqt 2 soat-fayllar.org


    Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
    - 1 - 
    14-Mavzu:
     QURITISH JARAYONI. SUYUQLIKLARNI 
    EKSTRAKTSIYALASH. 
     
    Reja: 
    1.Quritish haqida umumiy tushunchalar. 
    2. Ramzinning nam havo I-x diagrammasi. 
    3. Quritish jarayonini tashkil etish usullari. 
    4. Quritkichlar konstruktsiyalari. 
    5.Suyuqlikliklarni ekstraktsiyalash. 
    6. Ekstraktsiya jarayonini tashkil etish usullari. 
    Qattik va pastasimon materiallarni suvsizlantirish yo’li bilan ularga zarur 
    xossalar berish, transport vositalarida uzatish va uzoq muddat davomida saqlash 
    imkoniyatini beradi. 
    Suvsizlantirishni 3 xil usulda amalga oshirish mumkin: 
    1. Mexanik (siqish, cho’ktirish, filg’trlash, tsentrifugalash va h.); 
    2. Fizik-kimyoviy (suvni o’ziga tortib oluvchi moddalar yordamida (kalg’tsiy 
    xlorid, sulg’fat kislota va h.); 
    3. Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish, yahni quritish. 
    Lekin, yuqorida qayd etilgan usullardan eng samaralisi, issiqlik tahsirida 
    suvsizlantirish, 
    yahni 
    quritishdir. 
    Chunki, 
    quritish 
    jarayonida 
    to’liq 
    suvsizlantirishga erishsa bo’ladi. 
    Qattiq va pastasimon materiallar tarkibidagi namlikni bug’latish va hosil 
    bo’layotgan bug’larni chetga olish chiqishga quritish jarayoni deyiladi. 
    Nam materiallarni issiqlik yordamida quritish - sanoatda eng keng tarqalgan 
    usul. Ushbu usul kimyoviy, oziq-ovqat va bir qator boshqa texnologiyalarda 
    ishlatiladi. Material tarkibidagi namlik dastavval arzon, mexanik (masalan, 
    filg’trlash) usulda, yakuniy, to’la suvsizlantirish esa - quritish usulida olib boriladi. 
    Suvsizlantirishning 
    bunday 
    kombinatsiyalashgan 
    usuli 
    iqtisodiy 
    jihatdan 
    samaralidir. 
    Sanoatda nam materiallarni quritish sun’iy (maxsus quritish qurilmalarida) va 
    tabiiy (ochiq havoda quritish - juda davomiy jarayon) usullar qo’llaniladi. 
    Fizik mohiyatiga ko’ra, quritish jarayoni murakkab diffuzion jarayondir. 
    Uning tezligi, quritilayotgan material ichidan namlikning atrof muhitga tarqalishi, 
    diffuziya tezligi bilan belgilanadi. Ma’lumki, quritish jarayoni bu issiqlik va modda 
    (namlik) ning material ichida harakati va material yuzasidan atrof muhitga 
    uzatilishidir. Shunday qilib, quritish bu issiqlik va massa almashinish 
    jarayonlarining bir-biri bilan uzviy bog’langan majmuasidir. 
    Qattiq, nam materialga issiqlik ta’sir etish usuliga qarab quritish quyidagi 
    turlarga bo’linadi:
    1) konvektiv quritish - bunda nam material bilan qurituvchi eltkich bevosita 
    o’zaro tahsirda bo’ladi. Odatda, qurituvchi eltkich sifatida qizdirilgan havo yoki 


    Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
    - 2 - 
    tutun gazlari ishlatiladi; 
    2) kontaktli quritish - issiqlik tashuvchi eltkich va nam material orasida 
    ajratuvchi devor bo’ladi. Materialga issiqlik shu devor orqali izatiladi
    3) radiatsion quritish - nam materialga issiqlik infraqizil nurlar orqali 
    uzatiladi; 
    4) dielektrik quritish - nam material yuqori chastotali tok maydonida 
    uzatiladi; 
    5) sublimatsion quritish - nam material muzlagan holatda, yuqori vakuum 
    ostida quritiladi. 
    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, istalgan quritish usulida quritilayotgan nam 
    material ko’pchilik hollarda issiq havo bilan o’zaro tahsirda bo’ladi. Konvektiv 
    quritish sanoat texnologiyalarida juda ko’p ishlatiladi. Ushbu jarayonni amalga 
    oshirish uchun nam materialga issiq havo tahsirining ahamiyati katta. SHuning 
    uchun, nam havoning asosiy xossalarini bilish quritish jarayonini o’rganish va 
    hisoblash uchun zarur. 
    Quruq havoning suv bug’i bilan aralashmasi nam havo deb nomlanadi. Nam 
    havo absolyut va nisbiy namlik, nam saqlash, entalg’piya, quruq va ho’l termometr 
    temperaturalari, partsial bosim kabi parametrlar bilan xarakterlanadi. 

    Download 1.38 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 1.38 Mb.
    Pdf ko'rish