|
Texnika xafsizlik qoidalari
|
Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 256,32 Kb. | | #147863 |
Bog'liq TEXNIKA XAFSIZLIK QOIDALARI
TEXNIKA XAFSIZLIK QOIDALARI
Ma'lumki elektr toki o'tayotgan ochiq simlar, uzgichlar yoki metall qismi yerga ulanmagan elektrotexnika qurilmalariga qo'l bilan tegilsa kishi hayoti uchun havfli hodisa ro'y berishi mumkin. Odam tanasi elektr tokining o'tishiga ma'lum qarshilik ko'rsatadi va uning qiymati odamning ayni vaqtdagi holatiga (tetiklik, asab sistemasining ishi, terining namligi va quruqligi va hokazo) ko'ra har hil bo'ladi. Agar odam tanasining ustki qismi (terisi) jarohatlanmagan, namlanmagan (quruq) bo'lsa, uning qarshiligi 40000-300000 Om, jarohatlangan nam holatda bo'lsa u keskin kamayadi va bir necha yuz Omga teng bo'ladi.
Kishi tanasidan o'tadigan tok kuchi Ie =U/RG formula bo'yicha ifodalanadi va uning qiymati 0,01-0,015 Abo'lsa hayot uchun havfli, 0,08 Adan ortishi esa o'limga olib keladi. Kishi tanasidan o'tadigan kichik tok ham davomli bo'lsa o'lim havfi sodir bo'lishi mumkin. Shu sababli tok ta'siridagi odamga beriladigan tez yordam uni tokdan ajratish bilan boshlanishi zarur. Bunda ulab - uzgichlardan foydalanish imkoni bo'lmasa, uni tok manbaidan uzish yoki darhol yog’och dastali tesha yoki bolta bilan tokli simni chopib tashlash, bo'lmasa biror matodan izolyaciya sifatida foydalanib, jabrlanuvchini tokdan ajratish kerak. So'ngra 4-5 daqiqa o'tmasdan jarohatlangan kishiga sun'iy nafas berilishi kerak.
ELEKTR TOKI TA’SIRIDAJAROHAT OLISHGATA’SIR O’TKAZUVCHI OMILLAR
ELEKTR TOKI TARMOG’IGAIKKI FAZALI BEVOSITA KONTAKT
Odamdan o'tadigan tokning qiymati badan (asosan - teri qatlami) qarshiligidan tashqari, oyoq kiyimi va pol materialining qarshiliklari bilan aniqlanadi. Elektr qurilmalari shartli ravishda yuqori va past kuchlanishlarga bo'linadi. Faza simi bilan er orasidagi kuchlanish 1000 V gacha bo'lganb qurilmalar past kuchlanishlarga kiradi va bunday qurilmalarda ishlashda havfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish kerak. hamda quruq xonalar uchun 36-40 V, nam honalarda esa 12 V kuchlanish inson hayoti uchun havfsiz hisoblanadi.
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI O'TKAZISH XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI
Laboratoriya mashg’ulotlarini o'tkazishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Talabalarning laboratoriya mashg’ulotlarini o'tkazish vaqtida honada o‘qituvchi yoki laborantning bo'lishi shart.
2. Laboratoriya mashg’ulotlarini o'tkazishda talabalarga quyidagilar man qilinadi:
a) asbob yoki uskunalarning tokli qismiga tegish;
b) o‘qituvchi yoki laborantning ruhsatisiz yig’ilgan sxemani elektr tarmog’iga ulash;
g) bosh tarmoqdagi kommutasiya apparatlarini ulash yoki uzish.
3. Biror sababga ko'ra elektr ta'minoti to'htaganda shemani elektr tarmog’idan ajratish va bundan o‘qituvchini xabardor qilish zarur.
4. Laboratoriya ishining mazmuni va xavfsizlik tehnikasi qoidalarini yaxshi o'rgangan talabalar uni bajarish huquqiga ega bo'ladi.
5. Bahtsiz hodisa yoki yong’in sodir bo'lsa barcha talabalar o‘qituvchi yoki laboratoriya boshlig’i ko'rsatmalarini bajarishi shart.
6. Voltmetr, ampermetr, vattmetr va shu kabi boshqa o'lchash asboblarini tanlashda ularning millari asbob bo'linmalarining o'rtalarida bo'lishi hisobga olinishi lozim.
7. Reostat va rezistorlarni tanlashda qarshilik va ruhsat etilgan tok qiymatlari hisobga olinadi.
8. Har bir laboratoriya ishining tajribasini o'tkazishda 7 - 9 talabalardan iborat kichik guruhlar tuziladi.
"Qisqa tutashuv" - elektr zanjirida tokning miqdori keskin ko'payib ketishi hodisasidir. Qisqa tutashuv inson xayoti uchun juda xavfli!!! Qisqa tutashuv paytida elektr uskunalari ishdan chiqishi, yong'in va boshqa holatlar yuzaga kelishi mumkin! Buning oldini olish uchun mutahassis maslahati va nazorati ostida bo'lish kerak
! Y aroqsiz uskuna va tushunmovchiliklarga duch kelganda birinchi navbatda ustozga murajat qilib habar berish kerak. Ish stoli ustiga suv to'ldirilgan stakan qo'ymaslik, ishlash vaqtida stol usti va qo'llar quruq holatda bo'lishligi zarur.
|
| |